Muhammad – Britaniyadagi eng mashhur ism

Buyuk Britaniya Milliy Statistika xizmati Angliya va Uelsda 2014 yili chaqaloqlarga eng ko‘p berilgan ismlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqdagi xabarda aytilishicha, o‘g‘il bolalar orasida Oliver, qizlar orasida Ameliya ismi ikkinchi yildirki, Angliya va Uelsdagi eng mashhur nomlar bo‘lgan. Statistika davomi…

O‘zbekistonda Ramazon hayiti 18 iyul kuni nishonlanadi

2015 yil 14 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi. Qarorda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat ayyomi bo‘lmish muborak Ramazon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini inobatga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida, O‘zbekiston musulmonlari idorasining davomi…

Shayx Muhammad Sodiq rahimahullohning «Mo‘minning najoti» hamda «Otkrыtoye poslaniye» kitoblari chop etildi

14 iyul kuni «Hilol-nashr» matbaa-nashriyotida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Mo‘minning najoti» deb nomlangan mufassal zakot kitobi hamda «Ochiq xat» kitobining ruscha tarjimasi – «Otkrыtoye poslaniye» kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot marosimiga O‘zbekiston musulmonlar idorasi Fatvo bo‘limi mudiri Abdulhamid davomi…

O‘zbek imomi Masjidul Haramda ish boshladi

Ramazonning 20-kechasi Makkai mukarramadagi Masjidul Haramda o‘qilgan tarovih namozining dastlabki o‘n rakatiga asl millati o‘zbek bo‘lgan Shayx Hasan bin Abdulhamid Buxoriy imomlik qildi. Shayx Buxoriyga uning shogirdi, asli o‘zbek Shayx Ahmad Yunus Xo‘ja tablig‘chilik qildi (tablig‘ – haramaynda imomdan so‘ng davomi…

Amerikalik o‘zbeklar iftorlikda yig‘ilishdi

Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasi tomonidan AQShning Nyu Jersi shtatida vatandoshlarimiz uchun iftorlik dasturxoni yozildi. Iftorlik ziyofatiga uzoq-yaqindan vatandoshlarimiz tashrif buyurishdi. Mehmonlarga milliy taomimiz bo‘lmish osh tortildi. Turkiston-Amerika Assotsiatsiyasi nodavlat-notijorat madaniy tashkiloti sobiq Ittifoq davrida vatandan chiqib, Amerikaga kelib qolgan turkistonliklar tomonidan 1958 davomi…

Shayx Muhammad Sodiq rahimahullohning “Ochiq xat” kitobi to‘ldirilib, qayta chop etildi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh qalamiga mansub «Ochiq xat» kitobi qayta ishlanib, to‘ldirilgan ikkinchi nashri sotuvga chiqarildi. Ushbu nashrda kitobning so‘nggiga «Tarixning musulmonlarga ochiq xati» deb nomlangan yangi bob ham qo‘shilgan. Kitobda “Islom – tinchlik dini”, “Terrorning tarixi”, “Islom davomi…

Saudiyalik o‘zbeklar iftorlikda yig‘ilishdi

Saudiya Arabistonida yashayotgan o‘zbeklar Jidda shahrida iftorlik dasturxonida yig‘ilishdi. Mahalliy matbuotning yozishicha Jidda shahridagi Buxoriy mahallasida 35 yildan beri mana shunday iftorliklar tashkil etiladi. Saudiya Arabistonilik o‘zbeklardan Abdurahim Nazarbekning aytishicha, bunaqa tadbirlar yana ko‘p marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tasdiqlanmagan turli ma’lumotlarga davomi…

Ramazondagi Umra safariga O‘zbekistondan 670 nafar ziyoratchilar yuboriladi

Joriy yilning 6 iyulidan 11 iyul kuniga qadar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining zamonaviy avialaynerlarida o‘zbekistonlik ziyoratchilarni Ramazon oyidagi umra safariga yuborish rejalashtirilgan. Bugungi kunda fuqarolarimizning hujjatlari Saudiya Arabistoni Podshohligining Toshkentdagi elchixonasiga viza rasmiylashtirish uchun tayyorlanmoqda, deya xabar beradi Din davomi…