O‘zbek matbuotida o‘z o‘rniga ega otaxon nashr – “Mushtum” jurnali 100 yoshga to‘ldi. Roppa-rosa bir asr avval, 1923 yil 18 fevral kuni jurnalning birinchi soni chop etilgan edi.
Hajviy yo‘nalishdagi jurnalga taraqqiyparvar ziyolilar Abdulla Qodiriy va G‘ozi Yunus asos solgan. Xususan, Qodiriyning o‘zi “Mushtum”ga o‘ndan ortiq taxallusda hajviya va feletonlar yozgan.
O‘z davrida adadi bir necha yuz mingni tashkil qilgan jurnal hozirga qadar jamiyatdagi turli muammo va kamchiliklarni feleton, hajviya va karikaturalar orqali tanqid qilib keladi.
Mavzuga doir maqolalar: