“Hayrat ul-abror” arab tilida chop etildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy qalamiga mansub “Hayrat ul-abror” dostonining nasriy bayoni va g‘azallari sharhini arab tiliga tarjima qildirib, chop ettirdi.

Tarjima O‘zbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimi Ilyosxon Bahromov tomonidan amalga oshirildi. Ijodiy jarayonga filologiya fanlari doktori, professor Shorustam Shomusarov rahbarlik qildi.

“Xamsa”ning ilk dostoni bo‘lmish “Hayrat ul-abror” (1483) pand-nasihat, ta’limiy-axloqiy va falsafiy ruhdagi asardir. Doston 3988 bayt va 64 bobdan tashkil topgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2021-2023 yillar davomida mumtoz shoirning “Xamsa” asari ozarbayjon, qozoq tillariga to‘liq tarjima qilinib, Boku va Olmaotada nashr qilindi. 2019 yilda esa “Farhod va Shirin” dostoni Shanxayda xitoy tilida, “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari Pokistonda urdu tilida chop etildi.

Mavzuga doir:

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 7-jild: Xamsa: Hayratul-abror. T.: «Fan», 1991.