Evropa universitetlari o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlarni chorlamoqda

Yana sanoqli kunlardan keyin O‘zbekistonning uch shahrida – Toshkent, Samarqand va Namanganda Yevropa Ittifoqi ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bevosita uchrashuvlar davomida YeIning 9 ta mamlakatidagi 20 ta nufuzli universitetda o‘qish imkoniyati bilan tanishish mumkin.

Ko‘rgazma 9 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida, 11 oktyabr kuni Samarqanddagi “Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universitetida, 13 oktyabr kuni Namangan madaniyat markazida o‘tkaziladi.

“Erasmus Mundus grantlari: magistratura dasturlari uchun grant imkoniyatlari bilan nufuzli Yevropa universitetlariga eshikni oching. Bir yil ichida 2 ta universitet: Erasmus+ orqali har semestr boshqa oliy o‘quv yurtida o‘qing va dunyoqarashingizni kengaytiring!” – deya yoshlarni ko‘rgazmaga chorlagan tashkilotchilar.

Ko‘rgazmalarda Ispaniya, Polsha, Bolgariya, Italiya, Frantsiya, Chexiya, Ruminiya, Germaniya va Slovakiya vakillari o‘zbekistonlik yosh iqtidor egalariga bakalavriat, magistratura va aspirantura dasturlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beradi.

Mavzuga doir maqolalar:

O‘zbekiston–Frantsiya qo‘shma universiteti tashkil etiladi. 18.02.2023

O‘zbekistonda Erasmus+ dasturi doirasida 4,5 million yevrolik yangi loyihalar tanlandi. 15.12.2022

Erasmus+ dasturi 35 yoshga to‘ldi. 24.01.2022