Begali Qosimovning “Tanlangan asarlar”i chop etildi

Atoqli adabiyotshunos, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori Begali Qosimovning III jilddan iborat “Tanlangan asarlar”i chop etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“O‘zbek adabiyoti tarixi” deb nomlangan I jildda o‘zbek adabiyotining qadimgi davridan XIX asr oxirlarigacha bo‘lgan adabiy hodisalar, ijodkorlar, ularning asarlari haqidagi tadqiqotlar jamlangan.

II jild “Milliy uyg‘onish davri adabiyoti” deb nomlanadi va unda jadidchilik va jadid adabiyoti ilmiy-nazariy asosda tahlil qilingan.

Adabiy-tarixiy jarayonga bag‘ishlangan III jildda olimning zamonaviy adabiy-tarixiy jarayon bilan bog‘liq maqolalari,  adabiy suhbat hamda safarnomalari jamlangan.

Zabardast olim Begali Qosimovning (1942-2004) o‘ttizga yaqin kitobi va uch yuzdan ziyod ilmiy maqolalari e’lon qilgan.