Eshqobil Shukur. Gung hikoyasi (video)

GUNG HIKOYaSI

Avaz sukunatning bolasi edi,
Singilday suyardi musichalarni.
Tengdoshlari — odam bolalaridan
Itdan qo‘rkqan kabi bezib yurardi.

Takabbur tengdoshlar goho ermakka
Ovlab o‘ldirardi musichalarni.
Singillar o‘ligin ko‘rganda Avaz
Ovozsiz-ovozsiz hayqirar edi.

Bezib xo‘rliklardan, haqoratlardan
Xilvat go‘shalarga ketardi Avaz.
Ovloqda onasi Sukunat bilan
Uzoq gurunglashar, uzoq o‘ynardi.

Ovloqda Avazning g‘arib boshini
Mehribon silardi buyuk bir ovoz.
Bunda halok bo‘lgan musichalarning
Qanoti ostida kuylari Avaz

Eshqobil Shukur