Bobur. G‘urbatta ul oy hajri meni pir qilibtur (video)

G‘urbatta ul oy hajri meni pir qilibtur,
Hijron bila g‘urbat manga ta’sir qilibtur.

Maqdur borincha qiluram sa’yi visoling,
To Tengrini, bilmonki, ne taqdir qilibtur.

Taqdirdur ul yonu bu yon solg‘uchi, yo‘qsa,
Kimga qavasi Sanbalu Tatyir qilibtur?

Bu Hind yeri xosilidin ko‘p ko‘ngul oldim,
Ne sudki, bu yer meni dilgir qilibtur.

Sendin bu qadar qoldi yiroq — o‘lmadi Bobur,
Ma’zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur.

Zahiriddin Muhammad Bobur