Bahodir Karimov. Maxtumqulining otasi

Dunyo tamadduniga ulkan ma’naviy-ma’rifiy ulush qo‘shgan muazzam shaxsiyatlar shunchaki, o‘z-o‘zidan dunyoga kelmaydi. Ildizlari, an’analari, geni, iste’dodi, o‘zlarining mehnat-mashaqqatlari ortidan orttirgan bilim va tajribalari ularni yer yuzida bashariyatning bamisoli zulmatni yorituvchi porloq yulduzlariga aylantiradi. Yaratguvchining qismat qalami bunday insonlar manglayini chin davomi…

Govshutkeldi Danatarov. Cho‘rining kulgisi (hikoya)

Bu tragediya o‘tmishning sarg‘aygan sahifasiga aylanib bo‘lgan allaqachon. Buni menga aytib berganlar dunyodan o‘tib ketishdi. Ularga ham “eskilar” gurung bergan ekan. “Yaxshi adab – yaxshi dab, ota-bobo davrabop” deyishgan donolar. Endi gurung berish navbati kaminaniki. Uni to‘qqiz yoshligida isqirt qo‘lidan davomi…

Karimboy Quramboyev. Alisher Navoiy va turkman adabiyoti

Alisher Navoiy turkman adabiyotida hurmat bilan tilga olinadigan ulug‘ siymolardan biri. Shoir asarlarining hozirgi Turkmanistonga kirib borganiga bir necha asr bo‘lgan.  Navoiyning esa  Marv shahrida bo‘lgani, u yerdagi “Xisraviya” madrasasi bevosita shoir tashabbusi bilan qurilgani borasida Xondamir “Makorim ul-axloq” kitobida davomi…

Otajan Tog‘on (1940)

Otajan Tog‘on (Atajan Tagan) 1940 yil 15 mayda Turkmanistonning Mari viloyati Murgap tumanida tavallud topgan. Yozuvchi 1967 yilda Moskva Adabiyot institutini tamomlagan. O‘sha yili Turkmaniston Yozuvchilar tashkiloti uni Moskvaga, SSSR Yozuvchilar uyushmasiga turkman adabiyoti bo‘yicha maslahatchi lavozimiga jo‘natadi va u davomi…

Davlatmamed Ozodiy (1700-1760)

Davlatmamed Ozodiy (Döwletmämmet Azady) — turkman shoiri va ma’rifatparvari. Mahtumqulining otasi. Turkman mumtoz adabiyotining yirik vakillaridan biri. Avval eski maktabda, so‘ngra Xiva madrasasida o‘qigan, arab, fors tillarini o‘rgangan, keyinchalik shu madrasada mudarrislik qilgan. U xalq og‘zaki ijodini, Sharq adabiyotlari ulug‘ davomi…