Ismoil Qadariy (1936)

Zamonaviy alban she’riyatining taniqli vakillaridan biri Ismoil Qadariy (Ismail Kadare) 1936 yil 28 yanvarda Albaniya janubidagi Galikastra shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Tiran universitetining til va tarix fakultetida tahsil olgan. Talabalik yillaridan she’r yoza boshlagan. Uning “Yoshlik shijoati” (1957), “Orzular” (1957) davomi…

Andon Zako Chayupiy (1866-1930)

Taniqli alban shoiri Andon Chayupiy (Andon Zako Çajupi) 1866 yil 27 martda savdogar oilasida tug‘ilgan. Shveytsariyada oliy ma’lumot olgan. Uning “Tomori ota” (1902), “Omonat nasihat” (1957) she’riy to‘plamlari hamda “Zamin qahramoni” (1937)dramasi va “Qazodan so‘ng” (1937) komediyasi kitob holida nashr davomi…

Hasan Zuko Kamberi (XVIII-XIX asr)

Hasan Zuko Kamberi (Hasan Zyko Kamberi) 1740 yilda Albaniya janubidagi Starya qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi turk armiyasida xizmat qiluvchi mayda sipohlardan edi. Usmonli turk imperiyasi tanazzulga yuz tutgach, uning xizmatchilari ham qashshoqlashib qoldi. Shoir ham ko‘p umrini sargardonlikda o‘tkazdi. Qariganida davomi…

Nozim Frakulla (1680-1760)

Nozim Frakuliy (Nezim Frakulla) – alban adabiyoti tarixidagi yirik siymolardan biri. U Ibrohim Nozimiy, Nozim Beratiy taxalluslari bilan ham ijod qilgan. 1680 yili Albaniya janubidagi Berata muzofotining Frakul qishlog‘ida badavlat harbiy oilasida tug‘ilgan. Beratada madrasa ta’limini olgach, Istanbulda o‘qigan. Turk, davomi…