Saidali Ma’mur (1944)

Tojikiston xalq shoiri, Abu Abdulloh Ro‘dakiy nomidagi davlat mukofoti sohibi Saidali Ma’mur 1944 yil 28 dekabrda O‘ratepa(bugungi Istaravshan)ning Yakkabog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. Tojikiston davlat universitetining tarix va filologiya fakultetida ta’lim olgan. O‘qishdan so‘ng radio, nashriyot,gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. Shoirning ilk davomi…

Ozaraxsh (1963)

1963 yilda Ayniy rayonining Urmetan qishlog‘ida tug‘ilgan. 1980-85 yillarda Tojikiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1985-88 yillarda Respublika radio va televideniye komitetida, 1988-92 yillarda Leninobod viloyati teatrlar ittifoqi direktori lavozimida, 1992-2001 yillarda Leninobod viloyati radio va televideniye komitetida ishlagan. davomi…

Mo‘min Qanoat (1932-2018)

Atoqli tojik shoiri Mo‘min Qanoat 1932 yil 20 mayda Tog‘li Badaxshon Avtonom Oblastining Qal’aixum tumanidagi Kurgovad qishlog‘ida tug‘ilgan. «Sharora» (1960), «Er yulduzlari» (1963), «Yo‘llar va qanotlar» (1964), «Dnepr mavjlari» (1964), «Nur karvoni» (1970), «Stalingrad ovozi» (1975), «Men va bedor kechalar» davomi…

Farzona (1964)

Tojikiston xalq shoirasi Farzona (Inoyat Hojiyeva) 1964 yilning 3 noyabrida Xo‘jand shahrida tug‘ilgan. «Kulgi avji»(1987), «Chaqmoq hamlasi»(1989), «Yigirma dona atirgul»(1991, rus tilida), «Ishq oyati»(1994), «So‘ngsizlik qadar»(2000), «Shabnam me’roji»(2001), «Funcha siri», «Osmon gulining muhri» kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Abay, A.Axmatova, davomi…

Loyiq Sherali (1941-2000)

Loyiq Sherali (1941– 2000) – hozirgi zamon tojik adabiyotining yirik vakillaridan. Panjakent tumanidagi Mozori Sharif qishlog‘ida tug‘ilgan. Dushanbe Davlat Pedagogika institutini tugatgan. “Yo‘lovchi”,  “Qadahso‘z”, “Ko‘ngil koshonasi”, “Ko‘zlar manzili”, “Quyosh yomg‘iri”, “Shohnoma”dan ilhom”, “Toshdagi bitik”, “Men va daryo”, “Sassiz faryod” kabi davomi…