Inqilob Isoq (1953)

Inqilob Isoq o‘g‘li Rizayev (İnqilab İsaq oğlu Rzayev) 1953 yil 31 mayda Ozarboyjonning Toshkesgan rayonida tug‘ilgan. Shoirning qator she’riy kitoblari nashr etilgan. U Ozarbayjon Yozuvchilar va Jurnalistlar birligi a’zosidir. Asarlari Prezident va xalqaro Rasul Rizo mukomotiga sazovor bo‘lgan. YoLG‘ON TANIShMASMIZ davomi…

Telli Panoh qizi (1954)

Telli Panoh qizi Aliyeva (Əliyeva Telli Panah qızı) 1954 yil 24 mayda Armanistonning Vedi tumanida tug‘ilgan. Shoir, publitsist, nosir. Ozarbayjon yozarlar birligi va Ozarbayjon jurnalistlar birligi a’zosi. Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. “Taraqqiy” medali sohibi. Ozarbayjon Respublikasi milliy radio-televideniyesida ishlaydi. davomi…

Binafsha Toshdili (1954)

Binafsha Toshdili Ibodova (Bənövşə Daşdılı) 1954 yil 29 aprelda Ozarbayjonning Lochin rayonida tug‘ilgan. Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi. “Qizil qalam” media mukofoti sovrindori. Shoiraning “Yurt hasrati”, “Binafshasi so‘lgan Lochin”, “Sendan uzoqda”, “Sen yonimda bo‘lmaganingda”, “Unvonsiz safarga chiqqim keladi”, “Unutdim desam ishonma” davomi…

Rafiqa Abbosova (1954)

Rafiqa Abbosova (Rəfiqə Abbasova) 1954 yil Ozarbayjonning Shamkir rayoni Chinorli qasabasida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1972 yilda Mikayil Mushfiq nomli o‘rta maktabni, 1978 yilda N. Narimonov nomli Ozarbayjon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Kasbi shifokor bo‘lsa ham vaqtli matbuotda, gazeta, jurnallarda uning davomi…

Xonlar Hamid (1954)

Xonlar Hamid (Xanlar Həmid) 1954 yil Ozarbayjonning Lerik rayonining Chayrud qishlog‘ida tug‘ilgan. Pedagogika oliygohini tugatib, maktabda filolog, maktab direktori, davlat xizmatchisi bo‘lib ishlagan. Birinchi kitobi 1990 yil chop etilgan. Qator kitoblari chop etilan. “Avesto” kitobini ozar tiliga o‘girgan. G‘AZAL Gulim, davomi…

Bobo Vaziro‘g‘li (1954)

Bobo Vazir o‘g‘li Mesimov (Məsimov Baba Vəzir oğlu) 1954 yil 10 yanvarda Ozarbayjonning Ismailli rayonidagi Mulla Isoqli qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir, nosir, tarjimon, kinodramaturg. Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Moskvadagi M. Gorkiy nomli jahon adabiyoti institutida tahsil davomi…

So‘lmas Shirvonli (1955)

So‘lmas Shirvonli (Solmaz Şirvanlı) – Odilova So‘lmas Og‘axon qizi (Solmaz Ağaxan qızı Ədilova) 1955 yil 1 fevral kuni Ozarbayjonning Shamaxi rayonida tug‘ilgan. 1977 yildan she’rlar yoza boshlagan. Turli almanaxlarda, vaqtli matbuotda asarlari bilan faol qatnashgan. Asarlari chet tillariga tarjima qilingan. davomi…

Maorif Sulton (1956)

Maorif Sulton (Maarif Soltan) 1956 yil 10 aprelda Ozarbayjonning Ismoyilli tumanida muallim oilasida tug‘ilgan. Shoir, tarjimon, publitsist. Ozarboyjon yozuvchilar birligi a’zosi. 1979-1984 yillarda Moskvadagi M. Gorkiy nomli adabiyoti institutini tamomlagan. She’rlari jahon tillariga tarjima qilingan. Jahon adabiyotidan ozar tiliga tarjimalar davomi…