Ahmad Donish (1826-1897)

«Ahmad Kalla», «Ahmad maxdum» nomlari bilan zamonasida shuhrat qozongan va ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan Ahmad Donish XIX asr Buxorosining qomusiy ilm egalaridan edi. U Buxoroda shofirkonlik mudarris oilasida tug‘ildi. Otasi madrasasida o‘qidi. Yoshligida naqqoshlik, rassomlik, xattotlik hunarlarini o‘rgandi. davomi…