Qaldibek Seydanov. Navoiy va Abay
Abay Qo‘nonboyevning Abay darajasiga ko‘tarilib, qozoq poeziyasining mash’ali, yorug‘ yulduziga aylanishida, ayniqsa, Sharq shoirlari, jumladan, Alisher Navoiy ijod durdonalarining ta’siri beqiyos bo‘lgan. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, yozuvchi G‘abit Musrepov: “Qozoqning inqilobdan avvalgi adabiyotiga O‘rta Osiyo klassiklari asarlarining davomi…