Aleksandr Faynberg (1939-2009)

Aleksandr Faynberg  1939 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Uning   nomi va ijodi o‘zbek kitobxonlari, she’riyat ixlosmandlariga qadrli. O‘ndan ortiq she’riy to‘plamlari Toshkent, Moskva va Sankt – Peterburgda nashr etilgan. Shoir qalamiga mansub yettita  badiiy filmlar stsenariysi o‘ziga xosligi va hayotiyligi bilan ajralib davomi…

G‘ulom Karimiy. Muhabbat va taqdir (hikoya)

Rassom do‘stimiz Abdusattor O‘zg‘ur  serqirra iste’dod  sohibi. Qozon kabobni qoyillatishi-yu devziradan oshni san’atkorona damlashini qo‘ya turaylig-u, ijodiy qobiliyati ham turfarang. Moskva San’at universitetida tasviriy san’atdan tahsil olgan do‘stimiz ko‘p yillardan beri Toshkentda hunarmand rassom sifatida faoliyat yuritadi. To‘g‘rirog‘i, tirikchilik uchun davomi…

Shukur Xolmirzayev. Xumor (hikoya)

Assalomu alaykum!.. Rahmat. Yo‘lda tushaman. Termizga yetmasdan. Statsionarga boryapman. Rangimni ko‘rib, hayron bo‘ldingizmi? Kasalim yuqumli emas. Ishonavering… Rahmat-e. Avtobusga yetib borgunimcha jo‘nab qoldi… Kuz tushib qoldi-ya. Ah, qanday yaxshi fasl. Shoirlarning sevgan fasli. Abdulla Oripovni yaxshi ko‘rasizmi? Menga juda yoqadi. davomi…

Said Ahmad. Azroil o‘tgan yo‘llarda (hikoya)

Sobiq sho‘ro tergovchilari qo‘lida azob chekkan yurtdoshlarimga bag‘ishlayman Zo‘r kurash ko‘ramiz, deb kelganlarning hafsalasi pir bo‘ldi. Birinchi davradayoq kurash alanga olmay, cho‘g‘ligicha qoldi.Ikki polvon yarim soatdan beri hadis olib, tomoshabinlarni zeriktirib yubordi. Davrada o‘tirganlarning toqati toq bo‘ldi.—    Ajrim qivoringlar, kurash davomi…

Yozuvchilar adabiyot to‘g‘risida

Adabiyot — fikr, tuyg‘ularimizdagi to‘lqinlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to‘lqinlarni yaratmoqdir. Bu ta’rif adabiyotning to‘g‘ri ta’rifidir. Shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asar deyiladir.FITRAT

Buyuklar so‘zi

Odam o‘z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday sababni topadi, o‘z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o‘z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat o‘zining QO‘RQOQligini o‘ylamaydi.Shou