Farruxbek Olim. Jomiyning farzandlari

9Sharqda kamtarlik, farosat, odob yuzasidan va boshqa sabablar tufayli ijodkorlar o‘z tarjimai hollarini bayon etishmagan. Turli shoirlar hayotiga bag‘ishlangan biografik asarlar, jumladan, tazkiralarda ham asosiy diqqat-e’tibor sohibi qalamning mahoratiga qaratilgan, uning shaxsiy hayoti, asarlariga ta’sir etgan omillar ikkinchi darajaga tushib davomi…

Kamoliddin Behzod (1455-1535)

Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renessans (Uyg‘onish davri) vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, “Sharq Rafaeli”, ulug‘ musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzoddir. Nafaqat musulmon Sharqi xalqlari, balki butun dunyo xalqlari san’ati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyotiga o‘zining barakali hissasini qo‘shgan zabardast davomi…

Burobiya Rajabova. “Ravzat us­salotin”da Amir Temur va temuriylar zikri

Ma’lumki, tarixiy manbalarda Sohibqiron Amir Temur va temuriylarning badiiy adabiyotga, so‘z san’ati hamda boshqa san’at turlariga qaratgan e’tiborlari, yaratgan maktablari, tashkil qilgan kutubxonalari, ular homiyligida yozilgan asarlar yoki ularga atab bitilgan kitoblar va ularning qalam ahli uchun ajratgan mablag‘lari hamda davomi…

Muhabbat To‘laxo‘jayeva. Teatr madaniyatlari mushtarakligi: sharq va g‘arb

“Teatr madaniyati” keng qamrovli tushuncha bo‘lib, eng avvalo, teatr binolari, teatr muassasalari, teatr institutlari, litsey, kollej va hokazolarning yaxlit majmui sifatidagi infratuzilmani anglatadi. Ayni chog‘da teatr madaniyati avloddan-avlodga o‘tib keluvchi teatr an’analari ko‘rinishidagi madaniy merosni bildiradi. Professionalizm, xususan, sahna asarlarining davomi…

Mirxond (1433-1498)

Mir Muhammad ibn Sayyid Burxonuddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Mahmud al-Balxiy — Mirxond o‘rta asr tarix fanining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biridir. Ota-bobolari buxorolik bo‘lib, fiqh ilmida zamonasining yetuk olimlari sifatida mashhur bo‘lgan. Ulardan Mahmud ibn Ahmad al-Mahbubiy (vafoti — tax. 1300) davomi…