Shahzod Ahmad (1932-2012)

Shoir va faylasuf Shahzod Ahmad (شہزاد احمد) Hindistonning Amritsar shahrida tug‘ilgan. Keyinchalik Pokistonga ko‘chib kelgan. 1956–1958 yillarda Lahor universitetida psixologiya va falsafa fanlari bo‘yicha magistrlik darajasini olgan. U ko‘plab she’riy va ilmiy kitoblar muallifi. Bir qator jahon she’riyati namoyandalarining asarlarini davomi…

Vazir Og‘a (1922-2010)

Vazir Og‘a (وزیر آغا‬‎) – shoir va yozuvchi, essenavis, Lahorda nashr qilingan adabiyot jurnali muharriri. Uning ko‘plab she’riy va adabiy tanqid haqidagi kitoblari nashr qilingan. Pokistonning zamonaviy shoirlari Vazir Og‘ani ustoz sifatida e’zozlashadi. U Nobel mukofoti nominanti bo‘lgan. ChANGALZORDAGI QUShLAR davomi…

Jo‘sh Malihobodiy (1898-1982)

Shoirning to‘liq ismi – Jo‘sh Shobir Hasanxon Malihobodiy (جوش ملیح آبادی). Agradagi kollejda arab va fors tillari bo‘yicha tahsil olgan. 1958 yilda Hindistondan Pokistonga ko‘chib kelgan. Shundan keyin Jo‘sh taxallusi bilan g‘azallar yoza boshlagan. Uning “Naqshlar va suratlar”, “Alanga va davomi…

Parashuram. Kim ketadiyu kim qoladi (hikoya)

Botteshshor Shikdar − san’atga butkul berilgan taniqli yozuvchi, bir so‘z bilan aytganda, adabiyot uning kasb-kori. Odatda yozuvchilik bilan kun ko‘radigan insonlar muhtojlikda yashaydilar, lekin Botteshshor Shikdar badavlat odam. U o‘quvchilar ozg‘iga tushgan katta-katta romanlar muallifi, kichik hikoyalar, maqolalar, she’rlar, sayyohatnomalar davomi…

Muhabbat Yo‘ldosheva. Tungi hamrohlar (mistik hikoya)

To‘y yaxshi-da! Bir yaxshi, serzavq, chiroyli to‘y bo‘ldi-ki! Yetti nafar aka-ukalar ichida eng kattasi bo‘lgan Kamol, akasi o‘g‘lini uylantirishi munosabati bilan rosa “yayragan” bo‘lsa-da, Murod boshqalarga o‘xshab es-hushini yo‘qotmadi. Yarim tunga yaqin to‘yning “cho‘g‘”i pasayib, kelin-kuyovning dam olishiga ruxsat berilgan, davomi…

Karimberdi To‘ramurod. Jalasoyga muxbir keldi (hikoya)

1 Jalasoyni kichkina qishloq demang, ko‘zingizga do‘ppidekkina ko‘ringani bilan kunchiqari Shulluklidan kunbotari Kelingo‘zargacha, kungay beti Qozonariqdan tungay beti Shomqochdigacha Jalasoyning yerlari. Jalasoyni andak-mundak qishloq ham demang, birodar, Jalasoydan yozuvchi chiqqan. “O‘zingniki o‘zagingni yeydi”, deganlaridek, hozircha faqat o‘zimizning jalasoyliklarni yozib yurgani davomi…

Ernst Begmatov, Suyun Qorayev. Bizga familiya kerakmi? (1991)

Mamlakatimiz barcha fuqarolarining familiyalari bor. Familiya — bu qonuniy jihatdan rasmiylashtirilgan va otadan bolaga meros qoladigan shaxsiy nomdir. Pasportimizga, tug‘ilish, nikoh haqidagi guvohnomalarga ham familiyamiz yozib qo‘yilgan. Biron hujjat — buyruq, guvohnoma, shahodatnoma ham familiyasiz yozilmaydi. Lekin o‘zbek tiliga davlat davomi…