2021 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan maqolalar, hikoyalar, mualliflar

Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Ziyouz portaliga tashriflar soni 5 531 679 tani (www.ziyouz.com — 4 107 127; www.ziyouz.uz — 1 424 552) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 15 155 kishi). Tashrif buyurganlarning 80 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (5%), Qozog‘iston (5%), Qirg‘iziston (3%), Tojikiston davomi…

Habibulla Zayniddinov. Ibn Battuta (1989)

«Men shaharga yetib kelib, uning tashqarisida to‘xtadim. Hamrohlarimdan biri shahar qozisi Sadr Abu Xafs al-Bakri degan kishining huzuriga yo‘l oldi. U menga o‘z noibi Nuril Islomni yubordi. Nuril Islom kelib men bilan salomlashib hol-ahvol so‘rashgach, o‘z xo‘jasining oldiga qaytib ketdi. davomi…

Dilmurod Saidov. Moziy haqiqati (1990)

Xalqimizning ma’naviyati tarixiga xolisanillo nazar tashlasak, bu yurt ne-ne fozillaru shoirlar, oqinlaru sohibqironlarning yurti bo‘lganligiga guvoh bo‘lamiz. O‘z boshidan achchiq sitamlarni kechirgan, ammo falakning yozmishi ekan, deb bo‘yin egishni o‘ziga or bilgan ajdodlarimiz jasoratidan haqli suratda faxrlansak arziydi. Afsuski yillar, davomi…

Habibulla Zayniddinov. Ahsikat (1989)

Samarqanddagi Afrosiyob tepaligi kabi qadimiy arxeologik yodgorliklardan biri — ko‘hna Axsikat eramizdan oldingi VI—V asrlarga oid ma’lumotlarga ko‘ra eramizning to XIX asr o‘rtalarigacha ham shu nom bilan atalgan. Uning xarobalari hozirgi Namangan muzofotining To‘raqo‘rg‘on mavzesi, Shahand qishlog‘i chegarasidadir. Unga Zadaryo davomi…

G‘ulomxon G‘afuriy. Bozor — adolat tarozisi (1991)

Ko‘hna Sharq tarixi — bu nafaqat jangu jadal yoxud bir-biriga qilich qayragan sulolalar yodnomasi, balki yuksak deqqonchilik va hunarmandchilik, tijorat madaniyati tarixi ekanligi haqida muarrixlar, allomalar, sayyohlar ajoyib insholar yozib qoldirmishlar. Afsuski, hanuz Sharqning, xususan, Turkistonning o‘tmishdagi savdo aloqalariga oid davomi…

Abdusattor Jumanazar. Tiriklik yombisi

Borliqdagi barcha mavjudot, jonzot, voqea, jarayonni Kuch harakatga keltiradi. Usiz Borliq to‘xtab, quyosh muzga aylanardi. Usiz Borliqning qiyofasi yo‘q, millat, davlat, jamiyat, shaxs, oila, yurt, muhabbat kabi muqaddas tushunchalar ham dunyoga kelmasdi. Ajdodlarimiz ilm orqali qachonlardir bu Kuchning nimaligi, qandayligi, davomi…

Sirojiddin Ahmedov. Xalqi uchun yongan (1990)

Sanjar Siddiq hayotiga bir nazar O‘zbek matbuoti, teatr tanqidchiligi namoyandalari haqida gap ketganda, beixtiyor, Sanjar Siddiqning siymosi kishi ko‘z oldiga keladi. Zero, uning tarjimonlik, tanqidchilik, muxbirlik faoliyati hozir ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Sanjar Siddiq — Bosit Siddiqovning adabiy taxallusi. U davomi…

Mirzaahmad Azamatov. Otoyi va uning avlodlari (1989)

Mavlono Otoyi o‘zbek klassik shoirlarining mo‘tabar va mashhurlaridandir. U XIV asr oxiri va XV asrda yashab ijod qildi. Bu davrda o‘zbek adabiy tili hali shakllanib ulgurmagan edi. Alisher Navoiyning ko‘rsatishicha, bu paytda Mavlono Ahmadiy, Mavlono Muhammad Sakkokiy, Mavlono Muqimiy, Mavlono davomi…

Buyuk mutafakkir Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi dunyo bo‘ylab keng nishonlanmoqda

Jahon adabiyotining yetuk namoyandasi, buyuk ozarboyjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) tavalludining 880 yilligi dunyo bo‘ylab keng tantana qilinmoqda. O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida ham  “Nizomiy Ganjaviy – Sharqning buyuk shoiri” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz davomi…