Binali Yildirim: “Turk-o‘zbek qardoshligi ko‘p asrlik tarixga ega”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirimni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar beradi. Muloqotda tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi davomi…

Berdaq (1827-1900)

Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur demokrat shoiridir. U XIX asrda yashab ijod etgan. Shoirning asl ismi Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li bo‘lib, Berdaq uning taxallusidir. Mutafakkir to‘g‘risida ma’lumotlar kam saqlanib qolgan. Uning tarjimai holi va ijodiga oid ma’lumotlarni, asosan, o‘zining asarlarida uchratish mumkin. davomi…

Anvar Suyun. Oqtirnoq (hikoya)

Uni ilk bor G‘o‘bdintog‘ etagida uchratdim. Quyosh nurlari nimjo‘sh rutubatni kesib, tiramaning achimtir issig‘i zabtiga olganida yaydoq dalada lo‘kkillab ketib borardi. Ahyon-ahyonda biyday yalanglikda is olib chopar, gohida bo‘ynini cho‘zib shuvoqlar orasiga hezlanib tikilib qolardi… Ovi baroridan kelmasa, yana somonpoyasi davomi…

Eshqobil Shukur. Ijod (video)

IJOD Sahro qumlarida bir kaltakesak Yetti yuz yil dumin sudradi, yeldi. Oqibat tarixi ne bo‘ldi, desak, Tug‘ildi, yashadi va tug‘di, o‘ldi. Ummonlar qa’rida bitta kapalak Qirq sakkiz lahzada paymoni to‘ldi. Qirq sakkiz lahzaning shirasin yalab, Tug‘ildi, yashadi va tug‘di, o‘ldi. davomi…

Qosimjon Sodiqov. Turfon obidalari

2012 yilning ko‘klamida xizmat safari bilan Urumchida bo‘ldim. O‘shanda menga o‘tmish tsivilizatsiyasining o‘choqlaridan bo‘lmish Turfonga safar qilib, uning eski xarobalarini ko‘rish nasib etdi. Turfon Urumchidan 182 kilometr uzoqliqda joylashgan. Ikkisini bog‘lab turuvchi yangi qorayo‘l (avtomobil yo‘li) qurilgan: Ulovda Urumchidan chiqib davomi…