Buyuk Karl kim?

8 asr boshlarida Yevropa qirolliklari go‘yo xavfu-xatarlardan xoli edi. Ammo oradan 100 yil o‘tib hamma narsa o‘zgarib ketdi. 711 yilda Vestgot qirolligiga mavrlar (shimoliy Afrika qabilalari) va arablardan iborat musulmon qo‘shinlari kirib keldilar. 720 yilga kelib ular vestgotlarni batamom tor-mor davomi…

Druidlar kimlar?

Eramizdan avvalgi 1 asrda G‘arbiy Yevropaning deyarli butun hududini band etgan qadimiy qabilalar keltlar yoki gallar deb atalgan. Garchi ularda monarx timsolidagi oliy hukumat, davlatchilik bo‘lmasada, ular o‘zlarining ma’naviy dohiylari — kohin druidlarga bo‘ysinganlar. Kohin druidlar qurbonlik qilish marosimlarini boshqarishar, davomi…

Britaniya va Irlandiya keltlari nimasi bilan farq qilardi?

Britaniyaning kelt aholisi Rim madaniyatidan bahramand bo‘lgan chog‘da Irlandiyadagi ularga qondosh qabilalar o‘ziga xos kelt an’analariga sodiq qoldilar. Keltlarning o‘z qirollari bo‘lib, ular qal’a devorlari bilan o‘rab olingan istehkomlardan turib mamlakatni boshqarishardi. Vaqt-vaqti bilan skottlar Britaniyaning g‘arbiy sohillari bo‘ylab cho‘zilgan davomi…

Pravoslav cherkovi qachon paydo bo‘lgan?

10 asr o‘rtalarida nasroniylik katolitsizm va pravoslaviyaga asta-sekin ajrala boshladi. 1054 yildan keyin, papa Lev 9 Vizantiya imperiyasi cherkovini la’natlagach, pravoslaviya mustaqil yo‘nalish sifatida butunlay ajralib chiqdi. Avval boshdanoq pravoslaviyaning yagona markazi bo‘lmagan, chunki Vizantiyadagi cherkov hokimiyati imperiyaning eng katta davomi…

Iisus Xristos kim bo‘lgan?

Bibliya tarkibiga kiruvchi to‘rt Yevangliye (Injil) bo‘yicha Iisus Xristning boshlangich vaqti — xushxabardan tortib chormixga tortib o‘ldirilgunicha hamda tirilib, arshi a’loga ko‘tarilguniga qadar bo‘lgan deyarli butun «tarjimai holi»ni tiklashimiz mumkin. Bu rivoyat ko‘plab apokrifik asarlar bilan to‘ldiriladi. Musulmon olamida Iso davomi…

Rim qachon engilgan?

455 yili, xunnlar ketganidan bor-yo‘g‘i uch yildan keyin Afrikadan vandallar suzib kelishgan. Ular Rimning Shimoliy Afrikadagi barcha mulklarini bosib olishgandi, endi esa Italiyaga hujum qilib, Rimni egallashadi. Aholiga rahm qilishgan bo‘lsa-da, butun shaharni talashadi. Hatto hozir ham be’mani vayronagarchiliklar to‘g‘risida davomi…

Xunnlar kimlar edi?

Xunnlar Yevropada paydo bo‘lgan. Ular Osiyodan kelib, Dunay daryosining o‘rta oqimi bo‘ylab joylashishgan. Ularning rahnamosi Attila bo‘lib, uning nomi hozirga qadar yirtqichlarcha shafqatsizlik ramzi hisoblanadi. 451 yilda Attila o‘z to‘dasini Galliya tomon boshlab boradi. Biroq Mauriakaga yetganda ularning yo‘lini g‘aroyib davomi…