Burobiya Rajabova. Mushtarak adabiy hodisalar xususida

Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasida va Zahiriddin Muhammad Bobur  “Boburnoma” asarida yozib qoldirgan adabiyotshunoslikka oid qimmatli ma’lumotlarning ayrimlari biri-biriga juda yaqin yoki har ikki ijodkorga taalluqli bo‘lib, bunday umumiy ma’lumotlarni bir mushtarak ( arabcha: umumiy, ko‘pchilikka taalluqli, o‘rtadagi kabi lug‘aviy davomi…

Marat Hasanov. Turkiston muxtoriyati: haqiqat va uydirma (1990)

Ko‘hna Turkiston tuprog‘i asr boshpariga kelib, ne-ne zulmlarni ko‘rmadi, ne-ne balolarni boshidan kechirmadi. Haq-huquqi poymol etilgan, qullik zanjiri ostida qolgan bobokalonlar har safar milliy ozodlik, farzandlar istiqboli uchun kurashib keldi. Yaqin paytlargacha ular kurashi «millatchi», «turkparast», «islomparast», «vatan xoini» degan davomi…

Ashraf Ahmedov. Volter va Ulug‘bek

Buyuk frantsuz ma’rifatparvari va insonparvar mutafakkiri Volter (Mari Fransua Arue, 1694—1778 yillar) fikr doirasi nihoyatda keng, fanning turli sohalari bo‘yicha bilimdon odam edi. Mushohada ko‘lami fan tarixi, jumladan Sharq fani tarixi masalalarini ham qamrab olgandi. Uning qadimgi davr va o‘rta davomi…

Ota Rahim. Til va el uli (1990)

yoxud qaqragan tilga tiriklik suvi Naql qilishlaricha, asrimiz boshlarida bizning Qorachiq qishlog‘imizda tili chuchuk odam bo‘lgan ekan («s»ni aytolmas ekan). O‘sha odamning bolalarini maktabdoshlari «Sening otang soqov», deya masxaralayverganlaridan keyin, kunlardan bir kuni ular otasining qoshiga kelib xarxasha qilishibdi: «Nega davomi…

Olloyor Begaliyev. A’zam O‘ktam: Bir yo‘l ko‘rinur…

…Kamina xodimingizni ham she’r va shoirlar, umuman she’rxonlik masalalari ko‘pdan bnyon o‘ylantirib keladi. Bu o‘y, mulohazalarni yuzaga chiqarish, ko‘pchilik bilan baham ko‘rish istagi muhtaram shoirimiz A’zam O‘ktamning “Taraddud” deb nomlangan kitobini o‘qiganimdan keyin qat’iylashdi… Uni o‘qidim, ko‘pdan beri o‘ylab, izlab davomi…

Mamatqul Jo‘rayev: Xalq ijodi — boqiy qadriyat (2015)

Mamatqul Jo‘rayev 1956 yilda Qorako‘l tumanidagi Jig‘achi qish­log‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Sehrli raqamlar siri”, “O‘zbek xalq ertak­larida sehrli raqamlar”, “El desa Navoiyni”, “Navro‘z”, “Ipak yo‘li afsonalari”, “O‘zbek xalq taqvimi va mifologik afsonalar”, “O‘zbek xalq samoviy davomi…

Otanazar Matyoqubov. O‘zbek musiqasi

Millat nomi, barhayot kuy va ashulalari hamda ularning ilmiy asoslarini ifodalovchi “o‘zbek musiqasi” so‘z birikmasini ustuvor tushuncha sifatida sarlavhaga chiqarilishining o‘zi zamon talabi va ijtimoiy ehtiyojlar nishonasidir. Darhaqiqat, O‘zbekiston azaldan jahonshumul musiqiy qadriyatlar diyori: bu zaminda asrlar davomida shakllangan mushtarak davomi…