Abdulla Qahhor. Ayb kimda? (hikoya)

Hamroyev kechki ovqatdan keyin birpas cho‘zilmoqchi bo‘lgan edi, to‘g‘ri kelmadi: narigi uy to‘polon — bolalar bir-bi-rini yostiqbilan urib o‘ynayotibdi; soat sakkiz yarimda majlisga borish ham kerak. Kecha Hamdam ota-onalar majlisi bo‘lishi to‘g‘risida maktabidan qog‘oz olib kelgan.Hamroyev hech qachon majlisga borgan davomi…

Iskandar Al-Huriy (Misr)

ZAYTUN DARAXTI Zaytun daraxtidan munis nima bor? Zaytun daraxtidan to‘kis nima bor? Qara shoxlariga, mevasiga boq, Yellarda shildirar minglarcha yaproq. O zaytun daraxti, sendan tushmaymiz: Hosilingni yig‘ib ko‘ngil xushlaymiz. Zumrad mevalaring quyoshda pishar. Yeb ko‘rsak, hovlimiz jannatga o‘xshar. Zaytunjon, sen davomi…

Mahmud Koshg‘ariy maqollaridan

«Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur» («Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa qo‘tir bo‘ladi»). Mahmud Koshg‘ariy izohlashicha, «bu maqol o‘z elini, urug‘ini va mamlakatini yomonlovchilarga qarata aytiladi». * * * «Erik erpi yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘» («Tirishqoqning labi yog‘lik, erinchoqning boshi davomi…

Oybek. Quyosh qoraymas (roman)

BIRINChI BOBTim qorong‘i izg‘irinli kecha. Yomg‘ir xuddi jonga igna sanchiganday ezib, muttasil savalardi. O‘rmon bo‘ylab cho‘zilgan katta yo‘lda, jiqqa ho‘l bo‘lgan batalon loy sachratib, mudroq holda og‘ir odim otardi. Oldingi qatorda Asqar polvon bilan Bsktemir; eng oxirgida, hamma vaqtdagidek, safdan davomi…

Oybek. Ulug‘ yo‘l (roman)

BIRINChI BOBI Kun sovuq. Quyosh dam ochilib, ko‘ngillarni yoritib yuboradi, dam yopiladi-da, tumshayib oladi. Daraxtlardan to‘kilib ulgurmagan yaproqlar ora-sira shirt-shirt uziladi, salqin havoda bir-ikki aylanib tun izg‘irinida qatqaloqlangan, endi esa sumalaklana boshlagan ko‘cha loyiga g‘aribona yaslanadi.Kun sovuq, lekin bozor qaynaydi. davomi…

Oybek. Qutlug‘ qon (roman)

BIRINChI BOB I Vaqt peshindan oqqan edi. Iyul oyiniig quyoshi hamma yoqni olov seli bilan to‘ldirgan, havo allaqanday oq alanga bilan jimgina yonganday… Keng dala yo‘lida qatnovchilar siyrak: eski kir qalpog‘ini burniga qadar tushirib, issiqdan mudragan va horg‘in oriq otining davomi…

Oybek. Navoiy (roman)

Birinchi bob Bahor quyoshi ko‘kning tiniq feruzasida Hirotning Gavharshod madrasasining haybatli gumbazi ustida porlar, gumbazning azamat peshtoqlarining naqshlari sho‘lalarda jonli, havoiy bir chamanzor kabi turli-tuman olov ranglar chaqnatar, kabutarlar dam uchib, dam sirpanib qo‘nib, gumbaz tevaragida quvonch bilan inoq o‘ynashar davomi…

Oybek. Bola Alisher (qissa)

Kaftiga quyosh qo‘ndirilganday charaqlagan, keng chorxari mehmonxonada yangi yavmud gilam ustida tig‘iz davra qurgan qo‘noqlar, yaqin do‘stlar samimiy suxanvarlik ila suhbat qilurlar. Katta kashmiriy shol dasturxon uzra pista-bodom, mag‘iz, asal, xilma-xil holvalar to‘kilgan. Mehmonlar oshab ichish ila turli qiziq voqealardan davomi…