Otauli. Hisobot (hikoya)
O‘zbekdek o‘ziga o‘zi g‘alva orttirib, o‘z qobig‘iga o‘z ixtiyori bilan o‘ralib, kundalik tashvishlarga ko‘milib yashaydigan xalq bu olamda tag‘in bormi ekan?! Har bir o‘zbekning boshida bir dunyo tashvish – dunyo tashvishi: uylanish, o‘g‘il-qizlarni o‘stirib-undirish, ularga sep yig‘ish-uy qurish, keyin uzatish-uylantirish, davomi…