Shvetsiyada turkiy xalqlarga tegishli 500 dan ziyod qadimiy qo‘lyozma topildi

Shvetsiyaning Uppsala va Lund universitetlari kutubxonalarida turkiy xalqlarga oid 500 dan ziyod (takroriy nusxalar bilan birga 858 ta) tarixiy qo‘lyozma topildi. “Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, qo‘lyozmalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Gulnoza Xalliyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Shvetsiyaga amaliy safari davomi…

Yaponiya Toshkentdagi tibbiy muassasaga yordam ko‘rsatdi

Yaponiya hukumatining “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam” dasturi doirasida Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘ruq majmuasiga jihozlar topshirildi. Marosimda Yaponiya elchisi Takashi Hatori, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova, bosh shifokor Janna Paxomova va mazkur tashkilot vakillari ishtirok etdi. Beg‘araz davomi…

Jasur Kengboyev. Qaltis tanlov qarshisida… (esse)

yoxud tengdoshlarga tasalli Qaysi asrda yashayotganimizni unutmagan holda, bugun oldimizda xuddi so‘yloq tishlarini g‘ichirlatib qayrab, so‘lagini oqizib o‘ljasini kutayotgan bo‘ri misoli pistirmada turgan muqarrar bir fojia haqida so‘z ochishga ahd qildim. Adabiyotda ham fojia bo‘ladimi, dersiz. Bo‘lar ekan, qadrdon, bo‘lar davomi…

Tohir Yo‘ldoshev. Chirmoviq (qissa)

Og‘ir sukunatni mutloq o‘ziga singdirgan qabristonning qo‘rqinchli manzarasi horg‘in nafas olgancha gunohlarga to‘lib-toshgan foniy dunyoni jimgina kuzatib mudraydi. Do‘psaygan qabrlarning u yer-bu yerida bo‘y cho‘zgan yantoq butalari bu sovuq sukunatga bardosh berolmay, yengilgina esgan shabbodaga asta-asta bosh chayqashib, bir-birlarining badanlariga davomi…

O‘zbekistonlik mutaxassislar Malayziya Islom san’ati muzeyida malaka oshirdi

Malayziya Islom san’ati muzeyida O‘zbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi mutaxassislari ishtirokida ilmiy-amaliy trening tashkil  etildi. “Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, o‘quv dasturi davomida muzey boshqaruvining zamonaviy xalqaro standartlari, doimiy va vaqtincha ekspozitsiyalarni shakllantirish, muzey faoliyatida ta’lim dasturlarini joriy qilish va rejalashtirish, davomi…