Nusrat Rahmat. «Xonai g‘aribon» (hikoya)
– Daryo yoqalab yuramiz,- dedi xo‘jayin. Ayiq odatdagidek, indamadi. Sukut esa alomati rizo edi. Mashinalar oqimi bir zum tin olmaydigan shohko‘cha yoqalab yurayotgan yo‘llarini o‘zgartirishdi: daryo sohiliga o‘tib olib, yuqoriga o‘rlashdi. Bu – noo‘ng‘ay, mashaqqatli edi: qarshidan bot-bot botqoqliklar, to‘qaylar davomi…