Umidiy (1835-1905)

Umidiy (Havoiy, Marg‘iloniy — taxalluslari; asl ism-sharifi Muhammadumar qori Ne’matulla oxun o‘g‘li) (1835 — Marg‘ilon shahri — 1905) — shoir, tarixchi. Hayoti Farg‘ona va Marg‘ilonda, Sharqiy Turkiston (Qashqar)da kechgan, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlar bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Ijodiy davomi…

Muntazir (1831-1889)

Muntazir (taxallusi; ismi Yusufqori) (1831, Qo‘qon — 1889, Andijon) — shoir. Qo‘qondagi «Madrasai oliy»ni tugatgach, mudarrislik qilgan. U Nizomiy, Hofiz, Navoiy, Bedil asarlarini chuqur o‘rgangan. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Pisandiy, Muhayyir, Rojiy Marg‘inoniylar bilan yaqindan tanishgan, adabiy hamkorlik qilgan. Xudoyorxon o‘g‘li davomi…

Miriy (1830-1899)

Miriy (taxallusi; asl ism-sharifi Ochildimurod Ne’matilla o‘g‘li) (1830 — Kattaqo‘rg‘on—1899) — shoir va xattot. Kattaqo‘rg‘ondagi Naqibxo‘ja va Buxoro madrasalarida o‘qigan. Kalliqo‘rg‘on mavzeida qozilik qilgan (1888). Miriyning mukammal devoni, ikkita bayozi, qator epik asarlari saqlangan. Miriy ijodining asosiy qismini uning dostonlari davomi…

Do’iy (1824-1909)

Do’iy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoja Muhammad Yusuf Oxund) (1824 — Xiva — 1909) — o‘zbek shoiri. Xiva va Buxoro madrasalarida tahsil ko‘rgan. Xivadagi Arab Muhammadxon madrasasida mudarris, shahar jome masjidida voiz (va’z aytuvchi) bo‘lib xizmat qilgan. Chin sevgi va sadoqat, davomi…

Vozeh (1817-1893)

Vozeh (taxallusi; asl ismi Qori Rahmatullo Bin Ashur Muhammad) (1817/18-1893/94, Buxoro) – o‘zbek shoiri, adabiyotshunos, xattot, geograf. Buxoro madrasalaridan birida o‘qigan (1844 yilgacha). 1853—56 yillarda Karmana hokimi xizmatida bo‘ldi. Saroy muhiti bilan kelisholmay, Buxoroga qaytadi va umrining oxirigacha faqirona hayot davomi…

Shavqiy (1805-1889)

Shavqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Mulla Shamsi mulla Husan o‘g‘li) (1805— hozirgi To‘raqo‘rg‘on tumani — 1889) — shoir, tarixchi. «Devon»ida o‘zbek va fors tilidagi she’rlari jamlangan bo‘lib, ularning asosiy qismini o‘zbek tilidagi she’rlari tashkil qiladi. Shavqiyning asarlari mumtoz she’riy janrlar: g‘azal, davomi…

Jahon tillari haqida eng, eng, englar

Dunyoda nechta til bor? Dunyo xalqlari xilma-xil tillarda gaplashishadi. Biroq fan aniqlikni yaxshi ko‘radi. Shu tufayli vaqti-vaqti bilan tilshunoslar tillar sonini hisobga oladilar va o‘z ma’lumotlarini e’lon qilishadi. Raqamlar odatda bir biriga doimo mos tushavermaydi. Chunki u yoki bu tilni davomi…

Etti xazina

Xalqimizning ma’naviy va madaniy merosi shunday boy ummonki, unga qancha chuqur sho‘ng‘iganing sayin yanada noyob javohirlarga duch kelaverasan. Buyuk bobokalonlarimiz dunyo tamadduniga nafaqat o‘zining ilmiy salohiyati bilan, balki yuksak insoniy odob-axloqi, madaniyati bilan ham katta hissa qo‘shganlar.