Mirmuhsin Shermuhamedov (1895-1929)

Mirmuhsin (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhamedov Mirmuhsin) (1895 — Toshkent — 1929.4.8) — jurnalist, yozuvchi. O‘zbek matbuotining asoschilaridan biri. 1916—17 yillarda Ufadagi «Oliya» madrasasida o‘qigan. 1917 yili Toshkentga qaytgan. 1917 yili Fevral inqilobi munosabati bilan «Turon» gazetasiga yozgan «Tarixiy ikki voqea» davomi…

Muhammadamin Faxriddinov (1894-1941)

Muhammadamin Faxriddinov (1894 Toshkent — 1941) — o‘zbek ma’rifatparvari, pedagog. Toshkentdagi madrasalardan biri va 2 bosqichli rus-tuzem maktabini tugatgan. 1913—17 yillarda Toshkentdagi rus-tuzem maktablaridan birida o‘qituvchi. Oktyabr to‘ntarishi (1917)dan so‘ng o‘zbek maktablarida o‘qituvchilik qilgan. Muhammadamin Faxriddinov yangi usul maktablari uchun davomi…

Muxtorjon Saidjonov (1893-1937)

Saidjonov Muxtorjon Yo‘ldoshevich (1893, Buxoro – 1937.25.10, Toshkent) — Buxoroda jadidchilik xarakatining namoyandasi, siyosat va jamoat arbobi. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Yosh buxoroliklar partiyasi MK a’zosi (1917 yildan). Kolesov voqeasidan so‘ng, Yosh buxoroliklardan ajralib chiqqan. BXSR ichki ishlar noziri (1920 davomi…

Abdulla Badriy (1893-1936)

Abdulla Badriy (1893, Samarqand — 1936) — o‘zbek dramaturgi. Rus-tuzem maktabini tamomlab, muallimlik qilgan. 1910-yillarda yevropacha usuldagi yangi o‘zbek teatrining shakllanishiga hissa qo‘shgan. O‘zining drama truppasini tashkil etdi. 1914—16 yillarda «Juvonmarg», «Ahmoq», «O‘gay ota», «Boyvachcha» kabi pesalarini yozdi. Ularda o‘zbek davomi…

Vodiliy (1893-1965)

Vodiliy (taxallusi; asl ismi So‘fiyev Abdurahmon) (1893, Farg‘ona, Vodil qishlog‘i — 1965, Toshkent) — o‘zbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvg‘in va ta’qiblarda yashagan. Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan o‘gitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Alisher davomi…

Abdulqodir Muhitdinov (1892-1934)

Abdulqodir Muhitdinov (1892, Buxoro — 1934.1.6, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi, siyosat arbobi. Boshlang‘ich ta’limni Buxoroda olgach, Istanbul madrasasida o‘qidi. Otasi yirik savdogar Mirza Muhitdin Mansurov ilk jadid gazetasi «Buxoroyi sharif»ni moddiy jihatdan ta’minlab turgan, yangi usul maktablariga homiylik davomi…

Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev (1891-1938)

Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev (1891, Toshkent – 1938.4.10) – davlat va jamoat arbobi. Turkistondagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri. Rus-tuzem maktabida o‘qigan (1898 — 1901). «Taraqqiyparvar» tashkilotining a’zosi syfatida jadidchilik harakatida faol katnashgan (1908 — 17). Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Nizomiddin Xo‘jayev va boshqa davomi…

Muhammadjon Xoliqiy (1890-1938)

Muhammadjon Xoliqiy (1890, Qo‘qon — 1938.18.11, Buxoro viloyati) — ma’rifatparvar pedagog. Qo‘qon va Buxoro madrasalarvda o‘qigan. 1910 yili o‘z uyida yangi usul maktabini ochgan va bolalarni o‘qitgan; shoir Charxiy shu maktabda o‘qigan. 1917 yili Qo‘qondagi «Ta’limi maorif» («Maorif tarqatish») jadidlar davomi…

G‘ozi Yunus (1889-1942)

XX asr milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Yunus — Muhammad o‘g‘li G‘ozi Yunusdir. U mohir jurnalist, yetuk hikoyanavis va bir qator xalqona she’rlar muallifi, ko‘zga ko‘ringan dramaturg, hajv ustasi hamda jamoat arbobi sifatida madaniyatimiz tarixida munosib davomi…