Faxriddin Sodiq. Tasavvur (hikoya)

Buvisi nevarasiga aytayotgan navbatdagi matalini tugatayapti:— … Shunday qilib, elning og‘zida gap qopti: kuchuk, egamning bolalari ko‘p bo‘lsin, har biri bir burdadan non bersayam, qornim to‘yadi, der ekan. Mushuk bo‘lsa, qaniydi, egamning bolalari yo‘q bo‘lsa, borlariyam tezroq o‘lib qolsaydi, ular davomi…

Husan Karvonli. Qishloq (hikoya)

Og‘ilning tomi har safar loysuvoq qilinganida, gartak xarxasha qilib bo‘lsa-da, tepaga chiqib olardim. Bungacha deyarli yetib bormas edi asli. Kenja bo‘lganim sababli bunday istaklarim so‘zsiz amalga oshardi.Og‘il ustida kichkina qishlog‘imizni — pastqam uylaru og‘il-bostirmalar, tuproq-chang ko‘chalaru sim to‘siqli hoya-hovlilarni bir davomi…

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy o‘gitlari

Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy hozirgi zamonda dunyo jamoatchiligi tomonidan eng ilg‘or demokratik tamoyillarga amal qiluvchi, ilohiyot va dunyoviylikni insonparvar nuqtalarda tutashtirgan, jahonda eng ko‘p muxlisga ega bo‘lgan Xojagon-naqshbandiya tariqati asoschisidir.Mutafakkirning G‘ijduvon shahri tub aholisi tilida faol qo‘llanadigan nomi — Xojayi jahon. davomi…

Said Anvar. Aqli butun odam (hajviya)

Muhiddin qiziq bozor qilib chiqsa, Akram qiziq zir yugurib turganmish-da.— Ha, og‘ayni, tinchlikmi? — so‘rabdi Muhiddin aka.— E, o‘rtoq, kechagina o‘ttiz ming so‘mga yangi velosiped olgandim, shunday bozorga kirib chiqqunimcha o‘g‘irlab ketishibdi, — Akram aka kuyunib oshnasiga tushuntiribdi.— E, o‘zi davomi…

Said Anvar. Qiziqlar va velosiped (hajviya)

Sarlavha didingizga uncha o‘tirishmadi-a? Ammo menga bu ikki so‘z negadir egizakday ko‘rinadi. Bu, hoynahoy, velosipedini o‘g‘irlatmagan qiziqchi bo‘lmaganini surishtirib bilganim va bul haqda qiziqchi bo‘lish uchun velosiped o‘g‘irlatish kerak yo velosiped o‘g‘irlatgan odam qiziqchi bo‘ladi, deya olamshumul xulosa chiqarganim sabab davomi…

Said Anvar. Mamasiddiq (hajviya)

— To‘g‘risini ayt, uka, o‘lib qolsang, ortingdan nechta odam keladi?Bunaqa sovuqdan sovuq gaplar faqat Mamasiddiq akadan chiqadi. Aslida aka juda zo‘r odam. Chekmaydi — birovdan so‘rab olishning iloji bo‘lmaganda. Ichmaydi — uxlaganlarida. Bir zamonlar katta-katta amaldorlarga haydovchilik qilgan. Hozir, endi davomi…

Abdulla Ahmad. To‘y kimniki? (hajviya)

Maslahat yaxshi-da. Nega deysizmi? Obbo, o‘jar odamga o‘xshaysiz-ku! Axir, maslahat xom ishni pishitadi. Kami-ko‘stni to‘ldiradi. Gapning o‘g‘il bolasini aytaymi? Hech kim lo‘nda qilib maslahat berishda To‘zg‘anboyning oldiga tusholmaydi. U shundog‘am foydali maslahatlar beradiki, bitmagan ishingiz bitganday, taqa-taq to‘xtagan yumushingiz yurishganday, davomi…

Ilm pulga sotiladimi?

Xo‘sh, biz ilm deganda nimani tushunamiz? Ma’lumki, dunyo boshidan oyog‘igacha — jumboq. Ana o‘sha jumboqlar eshigiga tushadigan kalit ilmdir. Bu kalitga ega bo‘lmoq uchun esa odam bir qadar poklanmog‘i joiz. Mabodo, ilm ishiga pul aralashsa, mazkur holatning o‘zi zalolat botqog‘i davomi…

Salomat Vafo. Devor (hikoya)

Ilk kelgan mahalim, bu yer ko‘zimga xuddi operatsiya xonasiga o‘xshab ko‘rinardi, dardim bir oz aridi shekilli, keyinchalik ko‘zim o‘rganib ketdi. Ammo palatadagi hamxonam sal g‘alatiroq chiqib qoldi: rangpar, ozg‘in, jonsarak, bir qarashda, odamda qarama-qarshi tuyg‘ular uyg‘otadi, jirkanishmi, rahmdillikmi?.. Aslida, bu davomi…