![](https://ziyouz.uz/wp-content/uploads/2013/06/izzat-sulton-160x200.jpg)
Izzat Sulton (1910-2001)
Yirik adabiyotshunos, iste’dodli dramaturg Izzat Sulton 1910 yil 21 noyabrda O‘sh shahrida hunarmand oilasida tug‘ildi. Otasi vafotidan keyin bolalar uyida tarbiyalandi. 1924 yilda u Toshkentga o‘qishga keladi. Avval «Namuna» ish maktabi, so‘ngra ta’lim-tarbiya texnikumida o‘qiydi. Texnikumni tamomlagach, maktablarda o‘qituvchilik qiladi. davomi…