Ibrohim Haqqul (1949-2022)

Ibrohim Haqqul 1949 yil 28 martda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Talija qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan (1970).

Ibrohim Haqqul 1970-1972 yillarda “Shofirkon haqiqati” gazetasida bo‘lim boshlig‘i va muharrir vazifalarida ishlagan. 1972 yildan Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida faoliyat yuritgan.

Ibrohim Haqqul 1976 yili “O‘zbek adabiyotida ruboiy” temasida nomzodlik, 1995 yili “O‘zbek tasavvuf she’riyatining shakllanishi va taraqqiyoti” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Uning “O‘zbek adabiyotida ruboiy” (1981), “Uvaysiy she’riyati” (1982), “Badiiy so‘z shukuhi” (1987), “Zanjirband sher qoshida” (1989), “She’riyat – ruhiy munosabat” (1989), “Abadiyat farzandlari” (1990), “Tasavvuf va she’riyat” (1991), “Kamol et kasbkim…” (1991), “G‘azal sog‘inchi” (1991), “Ijod iqlimi”, “Mushohada yog‘dusi”, “Navoiyga qaytish” kabi 20 dan ortiq kitoblari bosilib chiqqan.

Ibrohim Haqqul Abdulhamid Cho‘lponning “Bahorni sog‘indim” (1988), Xoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” (1991) majmuasini, Sayfiddin Rafiddinov bilan hamkorlikda “Boqirg‘on kitobi” (1991), “Me’rojnoma” (1995) kabi asarlarni o‘quvchilarga yetkazgan.

2022 yil 28 iyun kuni Boysun shahrida vafot etgan.

Ibrohim Haqqul maqolalari:

Ibrohim Haqqul. Oldingdan oqqan suvning qadri
Ibrohim Haqqul. Mohiyatdan yiroqlashmaylik yoxud tasavvufshunoslikdagi g‘aroyibotlar
Ibrohim Haqqul. Ma’no va tafakkur ziyosi (2009)
Ibrohim Haqqul. Taxminda chalg‘ish bo‘lur (2009)
Ibrohim Haqqul. “Maoniy bog‘ini dono qilur sayr…” (2009)
Ibrohim Haqqul. Tamalsiz talqin g‘alatdir (2010)
Ibrohim Haqqul. Mohiyatga tolib, ruhoniyatga oshiq (2010)
Ibrohim Haqqul. “Ul quyosh oq uydayu men…” (2011)
Ibrohim Haqqul. Ruhoniyat va nafsoniyat tazodi
Ibrohim Haqqul. Shoirlik ma’naviy sabot va sadoqatdir
Ibrohim Haqqul, Nodirxon Hasan. Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat»i va yangi topilgan namunalar
Ibrohim Haqqul, Murtazo Qarshiboyev. XX asrning eng yaxshi asarlari

Ibrohim Haqqul bilan suhbatlar: 

Ibrohim Haqqul: “Shoirlik – ilohiy qismat” (2018)
“Nahot iztirobda doim tafakkur…” (Ibrohim Haqqul va Shahnoza Nazarova suhbati) (2014)
«Agar so‘zi chindur — ko‘rinur yuzi…» (adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul bilan suhbat) (2009)
Muammoning ko‘zi ochilsa (Ibrohim Haqqul bilan suhbat) (2013)
Ibrohim Haqqul: “Chin olim yostug‘in toshdin yaratdi” (2008)