Kechqurun namozshomda bir tulki ketayotsa, bir xo‘roz qo‘ndoqda qo‘nib turgan ekan. Tulkining qorni juda och ekan. Tulki:
— Men hajdan kelayotibman. Meni ziyorat qilmaysanmi? — debdi.
Xo‘roz qo‘noqdan tushishi bilan tulki tappa bosibdi. Shunda xo‘roz qichqirib yuboribdi. Tulki:
— Nega qichqirding? — deb so‘rabdi. Xo‘roz debdi:
— Yoshligimda dadam, seni bir och tulki yeydi, deb aytgan edi. Yana aytgan edilarki, seni yemasdan turib, mening arvohimga fotiha o‘qib, keyin yesin degandilar. Shuning uchun qichqirdim, — debdi.
Shunda tulki fotiha o‘qimoqchi bo‘lib, ikki oyog‘ini ko‘targan ekan, xo‘roz “pirr” etib uchib, daraxtga qo‘nib olibdi. Xo‘rozni qo‘ldan chiqarib yuborgan tulki afsus yeb, o‘z yo‘liga ketgan ekan.