Odil Abdurahmon 1944 yilda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Ma’murobod qishlog‘ida tug‘ilgan. Andijon davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. Viloyat, respublika teleradiokampaniyalarida xizmat qilgan. “Oltin vodiy” gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishlagan.
Shoirning “Quvnoq bolalar”, “Salom, quyosh”, “Oyga remont tusharmish”, “Ildiz nima deydi?”, “Azim kichik armiyasining xazinasi”, “Quyoshni yumalatib”, “Bolalik qolgan joylar”, “O‘zbeklar yurti”, “Miltiq otilmadi”, “Chandiqli kishi”, “Jalolobod tomonlarda” singari yigirmadan ortiq kitoblari chop etilgan.
Odil Abdurahmon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi.
2023 yil 30 yanvarda vafot etgan.
TAROQ
Ishlariga yaradim,
Sochlarini taradim.
Bilib qilsam ishimni,
Sindirdilar tishimni.
JO‘XORI
Jo‘xoriman,
Jo‘xoriman.
Sizdan bo‘ydor
Yuqoriman.
Qo‘ltiqlagan
Bolalarim,
Eb qo‘yishdi
Xolalarim.
LOLA
Odamlardan
Qochdim men.
Tog‘da ko‘zim
Ochdim men.
Topib olib
Kulishdi,
Chiroyli deb
Yulishdi.
JAG‘-JAG‘
Men jag‘-jag‘man.
Jag‘-jag‘man.
Bahor bilan
Chog‘-chog‘man.
Odamlar
Suyib turib,
Boshimdan
Tuyib turib,
Barg-badanim
Chopdilar.
Somsa qilib
Yopdilar.
QUYoShNI YuMALATIB
Don orqalab qumursqa,
Majol qolmay yurmakka —
To‘xtab qoldi duch kelib,
Ko‘z yoshiday ko‘lmakka.
Qumursqa der: — Qanday koi,
Bu yoilarda yo‘q tartib.
Quritmoqqa kelsammi,
Quyoshni yumalatib.
NON
Bug‘doy nonman,
Oppoq ko‘pgan.
Peshanamdan
Dehqon o‘pgan.
Terib yegin,
Tushsa ushoq.
Men GERBda,
Oltin boshoq.
O‘ZBEK ELIM
O‘zbek elim,
Bek elim.
Senga nasib
Erk elim.
Peshanangga
Nur tegib,
Kamol topgin
Baxt emib.
O‘zingning o‘z
Tug‘ing bor,
Mustaqillik
Cho‘g‘ing bor.
Bobom Temur
Suygan xalq,
Dunyo uzra
Yayrab balq.
O‘zbek elim,
Bek elim,
Senga nasib
Erk elim.