Nazira O‘roqova (1969-2020)

Nazira O‘roqova 1969 yilning 3 iyunida Qarshi shahrida tug‘ilgan. 1991 yilda Qarshi davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

Uning “Muattar dunyo” (2002), “Olisdagi xayol” (2014) she’riy kitoblari nashr etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Uzoq yillar Qarshi shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori bo‘lib ishlagan.