Ahmad Tabibiy (1869-1911)

Ahmad Tabibiy (taxallusi; asl ismsharifi Ahmad Ali Muhammad o‘g‘li, 1869—Xiva—1911) — shoir, tarjimon, tabib. Xiva madrasalaridan birida o‘qigan. Otasidan va zamonasining mashhur tabibi Yaxshimurodbekdan tabiblikni o‘rgangan, Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida tabiblik qilgan. She’riyatda shuhrat qozongan.

O‘zbek va fors-tojik tillarida, mumtoz adabiyotning an’anaviy janrlarida ijod qilgan. She’rlaridan 5 devon — «Tuhfat us-sulton», «Munis ul-ushshoq», «Hayrat ul-oshiqin» (o‘zbek tilida), «Mir’ot ul-ishq», «Mazhar ul-ishtiyoq» (fors-tojik tilida) tuzgan. Ularda real hayotni, sof muhabbatni ulug‘lagan («Aylading», «Ozoridur» va b.).

Tabibiy o‘zbek adabiyotida muxammas janrini rivojlantirgan: Navoiy, Sa’diy, Jomiy, Zebunniso, Munis, Ogahiy, Mirzo G‘olib va boshqaning g‘azallariga 518 ta muxammas bog‘lagan. Xorazm shoirlari haqida «Majmuat ush-shuaroi payravi Feruz Shohiy», «Majmuai muxammasoti ash-shuaroi Feruz Shoqiy» (1909) tazkiralarini tuzgan. Ikkinchi majmuasi, asosan 33 shoir muxammaslaridan tashkil topgan. Unda dastavval Ogahiy g‘azallariga, so‘ng Feruz she’rlariga boglangan muxammaslar, keyin esa Feruzning «Oromijon nigorim, sarvi ravon nigorim» g‘azaliga taxmis, muxammas va musaddaslar keltirilgan. Xotima qismida esa shu to‘plamga kirgan Umidiy, Doiy va Xayoliyning vafoti haqida xabar, Bayoniyning «Majmuat ush-shuaroi payravi Feruz Shohiy»ga yozgan taqrizi berilgan.

Tabibiy «Vomiq va Uzro» qissasining o‘zbekcha she’riy (masnaviy) variantlarini yaratgan (8100 bayt). Fuzuliyning «Haft jom» asarini forstojik tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan. «Etti ravza» nomli asar ham yozgan. Asarlarining bir necha qo‘lyozma va toshbosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

G‘AZALLAR

Falak zoliki andoq bordurur bir turpa ayyora,
Ki harkim juft anga bo‘lsa qilur albatta avvora.

Demay yaxshi-yomon tokim gadou shah, chekarda tig‘,
Bu yanglig‘ ko‘rmadi hech kimsa jallodi sitamkora.

Nechuk ummid etarsan mehribonlig‘ rasmin andoqkim,
Nazar shakliga qilsang xolidur oqu, yuzi qora.

Riyozat birla yetkur nafsinga, orif esang, ta’dib,
Ki hargiz ma’rifatga boshlamas yo‘l nafsi ammora.

Xaloyiq ko‘ngliga achchig‘ so‘zung nishin yeturmakim,
Qabuli marham etmas hech bir vajh ila bu yora.

Topilg‘ay bu sifat gulkim qilur ko‘nglung pisand etmas,
Ochib ibrat ko‘zin qilsang jahon bog‘iga nazzora.

Arusi dahr makridin, Tabibiy, ehtiyot etkim,
Saning(dek) nechani qayd ichra chekti ushbu makkora.

* * *

Bu olamda kishikim pok qalbu sof botindur,
Hamisha faqr kunjida qanoat birla sokindur.

Birovkim bo‘lmasa ko‘nglida oni beshu kam fikri,
Tashovishi havodis vahmidin albatta emindur.

Qocharsan ta’nadin gar ixtilot etsang xaloyiqg‘a,
Ki olam xalqi yaksar bir-biri haqqida toindur.

Netong gar ko‘rmasa rohat yuzini dahr aro ulkim,
O‘ziga pesha aylab kizb atvorini xoyindur.

Agar odam esang og‘ritma odam ko‘nglini zinhor,
Ki ahli ma’rifat nazdida ka’ba qalbi mo‘mindur.

Ilohiy, gar Tabibiy hamrohini qilmasang tavfiq,
Anga azm aylamoq rohi fano sori na mumkindur.

* * *

Olamga boqsang hosili boshdin-ayoq, kulfat erur,
Bir rohatnning keynida behaddu son mehnat erur.

Bir oshiqikim lahzai topsa visoli dilbarin,
Doim hamul bechorag‘a, so‘ngra g‘ami furqat erur.

Har kimsakim komi dilin gar topsa ondin har nafas,
Oning nasibi borho hirmon bila hasrat erur.

Yo‘qdur jahong‘a z’timod ushbu jihatdin, ey ko‘ngul,
Kim inqilob etmak anga davron aro odat erur.

Hargiz Tabibiy ko‘nglinga kelturma fikri beshu kam,
Kim oni sevmas dahr aro har kimikim xushbaxt erur.

* * *

Gar ul oyning bazmi vaslida bo‘lur ag‘yor jam’,
Rashkdin bo‘lg‘usi jonimda g‘amu ozor jam’.

Emdida jam’ aylayin xotir, nechukkim aylamish
Ishvau, nozu, adou, g‘anju, sheva yor jam’.

Bir kecha, ey sho‘x, kelkim maqdaming osorig‘a.
Aylamishdur didai giryon duri shahvor jam’.

Yig‘namish bog‘ingni ko‘nglum ul siFat shavq ila kim.
Hirs ahli aylagaylar dirhamu dinor jam’.

Bordurur yuz fitna chun sharru fasodi boisi,
Dilda kina qilmag‘il, oqil esang, zinhor jam’.

Fazl jam’ et lekin el ozoridin g‘am yemakim,
Tosh yegay boshg‘a yag‘och chun ayladi asmor jam’.

Har biri mas’ud bir farzandi dilbanding erur,
Ey Tabibiy, aylagil jon boricha ash’or jam’.

* * *

Sho‘xlar garchi jahonda bordurur asru malih,
Barchasidin lek erur ul dilbari gulro‘ malih.

Boshqa dilbar vasli ichra shodlig‘idin, ey pari,
Ul parivash ishqida chekkan manga qayg‘u malih.

To tamosho qilmisham qaddin xirom egkan chog‘i,
Yo‘q ko‘zumga jilvai shamshod ila noju malih.

Bazm aro qaysi malohat vasfini aylayki yor,
Nag‘mai mutrib malihu, bodai xushbo‘ malih.

La’lig‘a vah ne sifat kavsar bo‘lur monandkim,
Obi hayvondek qachon bo‘lg‘usidur har suv malih.

Chunki topmish Laylining chashmiga andak nisbati,
Ko‘rinur Majnung‘a ushbu vajhdin ohu malih.

Zohid istar jannatu, men yor kuyin borho,
Ul anga shirin erur, lekin mangodur bu malih.

Tark ishqin ne sifat qilg‘umki, anda bordurur
Husni dilkash, zulfi sunbul, nutqi xush, kulgu malih.

Ey Tabibiy, jahd et bedor o‘zing qil har sahar,
Garchi bordur ko‘zlaringg‘a g‘aflatu uyqu malih.

* * *

Vah ne xush o‘lg‘usi durur aylab karam dildor subh,
Gulshanda ichsa sen bila gar sog‘ari sarshor subh.

Chun subh uyqusi erur albatta nakbat mujibi,
G‘aflatda hargiz yotmag‘il oqil esang zinhor subh.

Har necha qolsang dardu g‘am ichra parishon bo‘lmakim,
Nechunki shomi tiyraning boqsang so‘ngida bor subh.

Ko‘nglingga, eykim, istasang andoza ishrat tuz tarab
Dildorning ilgin tutub sayr aylagil gulzor subh.

Sen ham, Tabibiy, uyqug‘a mayl aylamay olam aro,
Aylab musaffo xotiring qil fikrat-i ash’or subh.

* * *

Qo‘lig‘a bazm aro olg‘ach mug‘anniy nogihon g‘ijjak,
Berur ovozi xush birla ulus jismig‘a jon g‘ijjak.

Ne tong g‘am ko‘hini bir zarra ko‘zga ilmasa hargiz,
Kishikim aylamish ogushida oning makon g‘ijjak.

Ajab yo‘q bandasi bo‘lsa rubobu, barbotu, qonun
Tuzulgan chog‘i mutrib ilgida bir xushbayon g‘ijjak.

Magar bir mutribi ozodani ishqi asiridur,
Ki har majlisda so‘z aylar, qilur asru fig‘on g‘ijjak.

Ajam birla Hijoz ahlini beshak aylagay nola,
Tarannum qilg‘ay «Ushshoqu», «Iroqu», «Isfahon» g‘ijjak.

Bu yanglig‘ nolasi ta’sir qilmas erdi insong‘a,
Falak javru jafosin chekmasa erdi nihon g‘ijjak.

Mug‘anniy, muntazirdur nag‘mai g‘ijjakka bazm ahli,
Tarahhum aylabon soz ayla emdi bir zamon g‘ijjak.

Xush ul bazmini anda tuzsalar tasnif nafas ichra,
Balobonu, dafu, tanburu, changu baston g‘ijjak.

Tabibiy topg‘usidur, do‘stlar, fayzi tarab behad
Qo‘lig‘a bazm aro olg‘ach mug‘anniy nogihon g‘ijjak.

* * *

Makon etgach o‘ziga gar jinondek gulsiton bulbul,
Netong tinmay chekar subhu maso ohu fig‘on bulbul.

Chamanda bor ekan ne-ne sifat fayzu safo doim,
Xaloyiqg‘a qilur jonbaxsh un birla bayon bulbul.

Aningdek qissai ishq o‘ldi tul ahbob andoqkim,
O‘qur har shoxida gul uzra yuz ming doston bulbul.

Bukim dilkash navolar chekkusi tinmay chaman ichra,
Chaman fayzini topmishdur magar behaddu son bulbul.

Netong nazzorai husning manga jonbaxsh esa, ey sho‘x,
Ki gulga boqibon topg‘usi asru toza jon bulbul.

G‘animat anglag‘il bulbulni, ey gul, nag‘masin tun-kun,
Ki gulshan ichra san-san mezbonu mehmon bulbul.

Netong jahl ahli birla tutmasa ilm ahli ulfatkim,
Qachon zog‘u zag‘on birla bo‘lurlar hammakon bulbul.

Meni go‘yo qilursan, ay paripaykar, yuzung ochib,
Ki ochilg‘on gul, ochg‘usi tarannumg‘a zabon bulbul.

Ilohiy, to bahor ayyomi olamda bo‘lur har yil,
Ilohiy, toki bo‘lg‘usidur anda nag‘maxon bulbul…

Tabibiy dahri dun anduhi andoq om olamg‘a,
Ki gul oning jafosidin ne emin, ne amon bulbul.

* * *

Tutmag‘on bo‘lsa manga nazm ichra ruhi Jomiy jom,
Ne uchun sur’at bila degum Navoiydek kalom.

Hofizi Sherozdin fayzi manga yetmas esa,
Bas nedin ash’oridin fayzi manga yetur mudom.

Sa’diyi shirin zabondin topmagan bo‘lsam madad,
Huzn ila xushnudliqni teng nechun ko‘rgum tamom.

Ko‘rmasam Mirzoyi Bedil iltifotin, ne uchun,
Vaqt aro so‘z bila nazm aylagumdur intizom.

Boqmas ersa ishq ichra buki maston shoh manga,
So‘z mayidin bo‘lmas erdim bu sifat masti mudom.

Ruhi qudsiy kimsaga kim qilmas ersa tarbiyat,
So‘ziga ta’sir qaydin olgusidur subhu shom.

Gar masih anfosidin firuza hosil qilmasa,
Qay Tabib o‘lgusi hoziq xastaga, ey neknom.

* * *

Tong ermas to‘n kiyib o‘lsamki yo‘q bu qish manga po‘stin,
Agarchi xotirimda jilvagardur borho po‘stin.

Demay po‘stinnikim o‘zga libosim ham qolin ermas,
Ilohiy, qil manga aylab karam emdi ato po‘stin.

Adamdin to kelib qildim bu qishloq xonani maskan,
Kiyarga topmadim umrim o‘tub man benavo po‘stin.

Ne baxti shumdindurkim, mango yetmas birisi ham,
Agarchi behisobu had erur olam aro po‘stin.

Sovuqdin gah qochib kirsam ichiga qoltirab, qaqshab,
Tanimg‘a parvarish qilg‘ay edi misli ano po‘stin.

Agar po‘stin sovuqda po‘stdin ermas esa, ahbob,
Nedin qishda talab aylar faqiru ag‘niyo po‘stin.

Qish ichra ikkimizga borho maqsad erur bukim,
Otamg‘a orzu chakman, mangadur muddao po‘stin.

Bu qish ichra tarahhum aylabon miskin Tabibiyning
Tani uryonig‘a bergay xudo chakman va yo po‘stin.

* * *

Ne xushdur fasli gul bog‘ ichra bir zebo sanam bo‘lsa,
Aning yonida no‘sh aylarga gulgun jomi jam bo‘lsa.

Tutub gulchehra soqiylar bu bazm ichra payo-pay jom,
Alardin ham nishoti aysh hosil dambadam bo‘lsa.

O‘qub yaxshi g‘azallar necha xush ovoz hofizlar,
Mug‘anniy ham bu suhbat ichra mashg‘uli nag‘am bo‘lsa.

Parivash dilrabolardin olib birdam kanoru bo‘s,
Alarning ham ishi ushshoq xaylig‘a karam bo‘lsa.

Gahi bo‘yniga solib qo‘l, gahi la’lin qilib bo‘sa,
Aningdek lutfidin ishq ahliga raf’i alam bo‘lsa.

Muyassar bo‘lsa tuz suhbat bu nav’ ahbob ila doim,
Ki mundoq bazm mahv aylar ko‘ngul ichra ne g‘am bo‘lsa.

Agarchi majlis ichra ham o‘tursam yor ila, lekin
Mening maqsudum uldurkim raqibi muttaham bo‘lsa.

Bu so‘zlardin manga ne sud hosil, ey ko‘ngulkim, ul
Bo‘lur hosil angakim kisasi mamlu diram bo‘lsa.

Tabibiy, ishq aro har kimki sodiq bo‘lsa tong ermas,
Bu yanglig‘ bazmni topib azizu muhtaram bo‘lsa.

* * *

Mujdakim keldi tuman nazhat bila fasli bahor,
Jannat oso yer yuzining fayzin etti beshumor.

Xulddek bo‘ldi safoda har gulistoni chaman,
Ochilib gullar tarovatlar bila laylu nahor.

Bog‘ sahni ichra bo‘lg‘och jilva oro sarvlar,
Qumrilar jonu dilidin oldi oromu qaror.

Har guli xushrang, bir mahbub yanglig‘ jilvasoz,
Bulbul anvoi ishini qilg‘oli faryodu zor.

Har shajar boshida yafrog‘lar zumurradgun o‘lub,
Ko‘rgan odamlar ko‘zini qildi ravshan har ne bor.

Bog‘ atrofig‘a necha nahrlar jadval bo‘lub,
Jori o‘lmish anda doim obi sofi xushguvor.

Havzlarg‘a borho labrez o‘lub shirin zulol,
Ichkan odam ko‘ngliga yetkurdi tafrihu mador.

Jo‘ylar atrofig‘a sabza bila rayhon tutub,
Dilkusho kelmish durur andoqki xatti la’li bor.

Har daraxt uzra namoyon o‘ldi shirin ming samar,
Kim aning har birisida ming azubat oshqor.

Bu jihatdin nozaninlar sayri gulzor etdilar,
Olgali ushshoqdin bil-kul inonu ixtiyor.

Sho‘xlar noz ila sayr etgach chaman shohidlari,
Bosh egib, ta’zim aylab bo‘ldilar farmon guzor.

Gulshan ichra har taraf esti nasimi jon fizo,
Jismlarg‘a toza jon bermamni qilmoqg‘a shior.

Alg‘araz bo‘lmish ayon bu lahza ahli dahrg‘a,
Oqil ersang, fikr qilsang qudrati parvardigor.

Aysh etarga ushbu mavsumni g‘animat anglabon,
Sen dag‘i kel men bila tuzmakka ishrat, ey nigor.

Ey Tabibiy, xisrovi odil duosin vird qil,
To bahor oso topib xurramlig‘ o‘lg‘ung komgor.

MUSADDAS

Umring o‘tkarma tamoshoi gulu gulshan ila,
Tut barobar onikim oqil esang gulxan ila,
Chekibon ranju balo borini jonu tan ila,
Borho ulfat etib sohibi ilmu fan ila,
Dushman ar qilmasa olamda madoro sen ila,
Sen madoro qilako‘r jahd etibon dushman ila.

Ey jahon ichra o‘zin qilg‘on asiri savdo,
Kom maqsud esa gar rohati jovid sango,
Xalqning yaxshi, yomonig‘a maosh et paydo,
Nechakim ko‘rguzub har lahza sango javru jafo,
Dushman ar qilmasa olamda madoro sen ila,
Sen madoro qilako‘r jahd etibon dushman ila.

Kimki ahbobing esa qil anga lutf ila nazar,
Dushmaningga dag‘i bad so‘z degali ayla hazar,
Ya’ni til uchi bila ko‘nglini shod et yaksar,
Oqibat hosil etar dahr aro bu ikki hunar,
Dushman ar qilmasa olamda madoro sen ila,
Sen madoro qilako‘r jahd etibon dushman ila.

Oz erur mingdin agar ko‘p esa ahbobing,
Dushmaning bir esa ko‘p bo‘lg‘usi panjo to ming,
Bas quloq tut bu so‘zimga tuzubon odobing,
Aylab omoda maosh aylagali asbobing,
Dushman ar qilmasa olamda madoro sen ila,
Sen madoro qilako‘r jahd etibon dushman ila.

Dahr elidin sanga gar yetsa tuman mehnatlar,
Har nafas tushsa g‘ami boshing uza kulfatlar,
G‘am yemakim so‘ngida bo‘lg‘usidur ishratlar,
Emdi pesha qilibon sabr bila toqatlar,
Dushman ar qilmasa olamda madoro sen ila,
Sen madoro qilako‘r jahd etibon dushman ila.

Ey Tabibiy, nafase aylamayin nodonlig‘,
Qil mani bekas ila emdi takallumronlig‘,
To sango so‘z degaman barcha duri ummonlig‘,
Ki tilar bo‘lsang agar mushkilinga osonlig‘,
Dushman ar qilmasa olamda madoro sen ila,
Sen madoro qilako‘r jahd etibon dushman ila.

RUBOIYLAR

Tokay o‘tadur umr parishonlig‘da,
Dildor jamoli sari hayronlig‘da,
Hijron g‘ami ranji bila giryonlig‘da,
Mahzunu, g‘amginu ham bag‘ir qonlig‘da.

* * *

Tokay yurayin hajr aro faryod aylab,
Kel kulbama emdi xotirim shod aylab,
Tutg‘il manga o‘z ilking ila bir sog‘ar,
Ko‘nglumni alam qaydidin ozod aylab.

* * *

Yuz yil agar o‘t ichra bo‘lur mahl manga,
Har nav’ yoqar o‘tdag‘i sahl manga,
Qo‘yg‘il bu sifat o‘tni ki do‘zaxdin ham,
Bo‘lg‘usi batar suhbati noahl manga.

* * *

To bo‘ldi manga suxan chog‘i jonon kaj,
Aylandi mani komim ila davron kaj,
Yolg‘on erur ollida mening rost so‘zim,
Chindur desa gar muddaiyi nodon kaj.

* * *

G‘am bitkali olsam qo‘lima gar kog‘az,
Ko‘z yoshim oqib bo‘lg‘usidur tar kog‘az,
Emdi ani jon safhalig‘ yorg‘utadur,
Kim loyiq emas aning uchun har kog‘az.

* * *

Bu olam aroki hech kishi xurram emas,
Ya’niki hama ahli jahon beg‘am emas,
Har kimsaki avduh aning ko‘nglida yo‘q,
Tahqiq bil ani yaxshikim, odam emas.

* * *

So‘z lazzatini odami nodon bilmas,
Nechunki asal lazzatin hayvon bilmas,
Andoqqi marazi mushkil o‘lur dardi ishq.
Kim oni ilojin aslo Luqmon bilmas.

* * *

Afsuski olam ichra bir hamdam yo‘q,
G‘amxo‘ru, vafodor rafiqim ham yo‘q,
Zinhor vafo istama odamlardin,
Kim rasmi vafoda ustuvor odam yo‘q.

* * *

To kajliq ila bo‘yla mador etti falak,
Fazl ahlini asru xoksor etti falak,
Vasl ichra mani bir nafas etmay xurram,
Hijronda basi zoru nazor etti falak.

* * *

Zohidki qilur nufur ko‘rgach boda,
Gar ko‘rsa edi ichar edi ul boda,
Ko‘rgan chog‘i ham aylasa gar oh andin,
Oning kabi ahmaq yo‘q erur dunyoda.

* * *

Faryodki, el jafosi zor etti meni,
Beshu kam dahr bemador etti meni,
Asbobi hudus beqaror etti meni,
Ya’niki tama’ odati xor etti meni.

* * *

Qildi jigarimni ro‘za qon, ey soqiy,
Ham jonu tannmni notavon, ey soqiy,
Tutmoqni bas etma boda, inshoollo,
Kim kelgusi yili ramazon, ey soqiy.

“VOMIQ VA UZRO”DAN

Shoh Vomiq bir kecha Azroni tushida ko‘rib tozadin oshiftalig‘da yagona bo‘lg‘oni va Azroning hama ahvolin so‘rub yuz shavqu zavq bila yo‘lg‘a ravona bo‘lg‘oni.

Xush ulkim baxtni bedor topg‘ay,
Agar uyquda vasli yor topg‘ay.

Hamul kim ishq ilmida mudarris,
Edi ham nuqta fannig‘a muhandis.

Bu yanglig‘ qildi bu yerda hikoyat,
Ki Vomiq uyquda qilg‘ach farog‘at.

Tushida ko‘rdikim mahbubi Azro.
Hamul kecha dog‘i chodirda, ammo—

O‘tirmish o‘zi birla suhbat aylab,
Takallum behadu beg‘oyat aylab.

Boqib chun ko‘rdi ul ishqi jahongir,
Erur Azro ayoqi uzra zanjir,

Balo zindonida mahbus bo‘lmish,
Ko‘zi ham qonlig‘ ashki birla to‘lmish.

Ko‘rub Azroni ul shohi vafokesh,
Oyoqda qayd ila g‘amgin dili resh.

Qilib hayratni bermas hechgah yod,
Ki topg‘ay band poyi sarv ozod.

Magar oshiq erur zanjiri avbosh,
Ki zulfidek oyoqig‘a qo‘yar bosh.

Qilib bu vajhdin zulfin parishon,
Ki o‘pgay soqini zanjiri pechon.

Ko‘rub Vomiq, bu yanglig‘ mojaroni,
Chekib afsus ila ohu navoni.

Dedi: «Key halqai zulfing girihgir,
Sani kim qildi mundoq poy zanjir?

Nedindur tavq bandi siym soqing,
Bu zindon ne uchun bo‘ldi visoqing?

Qafasda rasm erur band o‘lsa bulbul,
Kishi hargiz qafasda ko‘rmamish gul.

Bu dam ko‘rdum ajab rasmi digargun,
Ki Layli bastai zanjiri Majnun.

Sen o‘lmishsen chu zanjir ila basta,
Anga loyuq meni majnuni xasta.

Seni qilg‘uncha bu zanjir dilgir
Mening bo‘ynimg‘a tushgay erdi zanjir».

Dedi Azro bo‘lub xun ashk afshon:
«Ki, ey mehru vafo shahrida sulton.

Ham ul tunkim bo‘lub shavqim ziyoda
Qo‘lingg‘a bermisham bir jom boda.

Bo‘lub andin pari ranju anolig‘,
Topib ishqing g‘amig‘a mubtalolig‘.

Manga tushdi bu ikki band mushkil,
Oyoq zanjir toptiyu, girih dil.

Etushdi behadu son ishq dog‘i,
Balo bazmida ichdim davr ayog‘i.

Vale sen saltanatda shod bo‘lg‘il,
Xilofat taxtida obod bo‘lg‘il.

Buni bil lekkim g‘amxonai ishq,
Na g‘amxona, buyuk koshonai ishq.

Emas g‘ammozdin bir lahza xoli,
Gar oshiq dun erur, yo‘q ersa oliy.

Erur paydo jinu ins ichra hosid,
Qilurg‘a o‘rtada raddi maqosid,

Bu vajh ila manga ham bir jamoat,
Hasad aylab ayon behaddu g‘oyat.

Eturdilar qilib ko‘nglumni g‘amlig‘,
Otam nazdida asru kuttahamlig‘.

Bo‘l emdi voqif, ey shohi yagona,
Eshitsang bor uzun munda fasona.

Meni ishq ayladi bu nav’ pobast,
Balou, dardu, anduh ila hamdast.

Sening ishq ichra ahvoling nechukdur
De, o‘tgan moh ila soling nechukdur?

Mening hijronda dardu mehnatim ko‘p.
Mashaqqat birla dog‘u hasratim ko‘p.

Sening holing nechukdur dardu g‘amdin
Firoq ichra nihoyatsiz alamdin?

Meni qildi sipohi dard pomol,
Sanga hijron g‘amidin nedur ahvol?

Agarchi men erurman g‘amda poband,
Bo‘lub sen saltanat taxtida xursand.

Mayi ishratni doim aylagil no‘sh,
Meni ham qilma yodingdin faromush.

Rahmi mehri vafo tarkini tutma,
Meni bechorani dog‘i unutma».

Chu Vomiq dilbari holini bildi,
To‘kub ashkin base faryod qildi.

Debon behaddu son va hasratolar,
Huzun aylab, chekib ohu navolar.

Darig‘o, bu nechuk bordur alomat,
Alomat dema, bal ro‘zi qiyomat,

Ki andoq nozanini moh siymo,
Yuzi gul, qomati sarvi dil oro,

Meningdek bir gadoni shomatidin,
Judo bo‘lsa bu yanglig‘ rohatidin,

Alo ey dilbari yaktoi davron,
Jamoling nash’a baxshi sog‘ari jon.

G‘ami ishqing erur dardim davosi,
Tanimg‘a jon berur ko‘ying havosi.

Rahi ishqingda zoru bekas erdim,
Firoqning otashi ichra xas erdim.

Seni ko‘rdum bu hol,at birla mahzun,.
G‘amu dardu malolim bo‘ldi afzun.

Bor erdim dardi hajringda fitoda,
Bu dardim barchadin bo‘ldi ziyoda.

Ne yanglig‘ aylagum bu ishga chora,
O‘lay yo xud qilay o‘zimni pora.

Fido bo‘lsun yo‘lingda jismu jonim,
Sanga bo‘lsun tasadduq xonumonim.

Erur ishqing manga o‘lguncha pesha,
Sening yodingda bo‘lg‘umdur hamisha.

Qilib lutfu muruvvatlar huvaydo,
Dedi Vomiqqa ushbu lahza Azro:

«Ki, ey mehru vafo shahrig‘a sulton,
Xilofat masnadi uzra Sulaymon.

Bani odam arosidin mani zor,
Seningdek ko‘rmadum yori vafodor.

Necha ko‘rsang dog‘i ranju mashaqqat,.
O‘zingg‘a aylamishsen sabr odat.

Vafo yo‘lidin o‘lmay inhirofing,
So‘zingda bo‘lmadi aslo xilofing.

Hamul kunkim muabbad sorig‘a san,
O‘qur erding borib ilm ila fan.

Ochib men ishq jangidin varaqlar,
Olur erdim vafodin ko‘p sabaqlar.

Edi mehringg‘a jo ko‘nglum harimi,
Bo‘lub jonim aro hajringni biymi.

Manga ul kunki ishq o‘ldi murabbiy,.
O‘qur erding sen ul kunda «alifbe».

Muabbad bir emastur ustoding,
Mening xattim bila chiqdi savoding.

Hamul vajh ila men o‘z suratimni.
Qilib tasvir shaklu hay’atimni.

Sanga qilmish edim men oni irsol,
Seni to oshiq etgay deb bu timsol.

Yana o‘zni qilib bir dilkash ohu,
Chiqib ul dam sening qoshingg‘a o‘tru.

Judo sendin qilib lashkarlaringni,
Parishon aylabon askarlaringni,

Olib chiqdim seni men ul arodin,
Sanga bo‘lmay xabar bu mojarodin.

Seni ul tungi bazmimga chaqirdim,
O‘z ilgim birla bir sog‘arni berdim.

Hamul lahza manga qilding nazora,
G‘amim tig‘i yuraging qildi pora.

Bu minnat uzrini men to qiyomat,
Qila olmon ado, ey moh tal’at.

Bo‘lub ishqing bila men ham alamlig‘,
Otam yonida topdim muttahamlig‘.

Erur ko‘nglum g‘aming qaydi bilan band,
Bo‘lub dardingda jonim necha parkand.

Umidim emdi sendin bor erur bu.
Ki jahd et men sari kelmakka o‘tru.

Nechunkim kelmasang men sorig‘a gar,
Yetushgusi manga kulfat muqarrar».

Dedi Vomiq chekib afg‘onu faryod:
«Ki, ey shirin liqo yori parizod,

Sening ne nav’ yetgum xizmatingg‘a,
Musharraf ne nav’ o‘lg‘um suhbatingg‘a.

Bila olmon sening nomu nishoning,
Ne yerda erkanin joyu makoning.

Agar bilsam sening manzilgahingni,
Qilurman bosh bila xoki rohingni».

Dedi Azro anga: «Ey. mardi komil,
Maqomim topmoqingdur asru mushkil.

Agar mashriq sori bo‘lsang shitobon,
Bo‘lursen vosili xurshidi tobon».

Eshitgach ushbu so‘zni shoh Vomiq,
Bo‘lub qon ko‘ngli andoqkim shaqoyiq.

Hanuz etmay savol oning diyorin,
Dog‘i majmu’i sirri koru borin.

Ko‘zi uyqudin aning bo‘ldi bedor,
Ko‘zidin sochib ashkini matar bor.

Qilib yuz nav’ tashvir oshkoro,
Dedi: «Yo layta mutut qabla hozo».

Minib otig‘a ul Shohi yagona,
Rahi mashriq sori bo‘ldi ravona.

Tong otg‘uncha yo‘l uzra azm qildi,
Mashomig‘a nasimi subh keldi.

Zamiri g‘arq o‘lub fayzu safog‘a,
Dedi diqqat bila bodi sabog‘a:

«Alo, yo ey nasimi subhi ravshan,
Shamimim atrbaxshi fayzi gulshan.

Bo‘lub shab zinda doru dasht paymo,
Sahar ishq ahlig‘a sen qilg‘ung iymo.

Bo‘lub har subhidam doim saharxez,
Erursen gulistonlar ichra gulrez.

Maqomingdur gahi og‘ushi g‘uncha,
Gahi gul uzra urg‘ung koj muncha.

Gahi qilg‘ung esib oroyishi gul,
Bo‘lub mashshotai gisuyi sunbul.

Urub gah bazmning sham’ini barham,
Urarsen gul yuzig‘a gohi shabnam.

Havodoring gulu sarvi guliston,
Sanoxoning bori nasrinu rayhon.

Erur sahni guliston sayrgohing,
Bo‘lub rayhonu nasrin farshi rohing

Shamiming atri birla tav’amondur,
Bahori bog‘ aro hukming ravondur.

Eshit bu multamas men notavondin,
Baloyi ishq ila ozurda jondin.

Ki nogah sayr etib har dashtu vodiy,
Guzargoh aylasang mashriq savodi,

Kezib sayr aylagil mashriq diyorin,
Tamosho ayla bog‘u ko‘hsorin.

So‘rog‘ aylab, qilib har yon taku po‘,
Tajassus birla qilg‘il jahd asru.

Topib ul hur paykarning makonin,
Yetishgach mendin o‘pkil ostonin.

Adab birla topib ondin ijozat,
Bajo kelturgil odobi tahiyat.

Agar topsang huzurini bayakbor,
Duo birla salom et mendin izhor.

Degil: «Ey oftobi za~rraparvar,
Malohat gulshani ichra guli tar.

Bor erkandur sanga majnuni g‘amnok,
G‘ami ishqing bila aftodai xok.

Zabun o‘lmish yo‘lingda holizori,
Bo‘lub afsurda jismi xoksori.

Erur zikri tilida guftugo‘ying,
Jabini sajdagohi xoki ko‘ying,

Seni deb taxti tojidin kechibdur.
Sharobi shavq yodingda ichibdur.

Kelur po‘ya urub aftonu xezon,
Qayon borurni bilmay asru hayron.

Vale bilmas sening manzil-makoning,
Kishi topmas kito so‘rg‘ay nishoning.

Uzing gar qilmasang lutfu hidoyat,
Aning ahvoli qattig‘dur bag‘oyat».

Sabog‘a bu tariyqa shoh Vomiq,
Yurur erdi debon so‘z so‘yi mashriq.

Banogah o‘ldi mundog‘ amri voqe—
Ki, bo‘ldi sharqdin xurshid tole’.

Tushub kun partavig‘a shoh ko‘zi,
Bo‘lub zohir tilida ushbu so‘zi,

Dedi: «Key muhtasham sultoni xovar,
Falak maydonig‘a surgan takovar,

Sanga zebanda keldi qahramonlig‘,
Musallamdur sanga getistonlig‘.

Seningdek kim ko‘rubdur qahramonni,—
Ki, bir kun ichra olmishdur jahonni.

Kamina chokaring Bahromu Birjis,
Nadimi xilvating Isoyi o‘ris.

Jahon ochmoq uchun bo‘lsang suvora,
Sipohing bo‘lg‘usi mohu sitora.

Sen o‘lmay tarbiyat birla muovin,
Emas komil nabototu maodin.

Sening nuring bila ravshandur ofoq
Qilursen partavingdin oy yuzin oq.

Yorutmassen agar ko‘kni hisorin,
Qaro qilg‘ung jahonni ro‘zgorin.

Chu sen tarbiyat aylab oshkoro,
Bo‘lur tarbiyatingdin la’l xoro.

Eshitgil, ey shahanshohi jahongir,
Sanga arz aylaram holimni bir-bir,

Mening ko‘nglumda bor ul boradin g‘am
Ki ishqidur manga bu dam musallam.

Yuzi gul, og‘zi guncha, qaddi shamshod,
Riyozi jannat ichra sarvi ozod.

Jamoli orazingdin olam afro‘z,
Furug‘i sendek aylar shomni ro‘z,

Sanga ul yuzdin o‘ldim mehrpayvand—
Ki, bor ruxsori ruxsoringg‘a monand.

Shoh Vomiqning beqarorlig‘ vajhidin Azrog‘a noma yozg‘oni

Alo, yo ey nasimi subhgohi,
Erursan subhi sodiqning guvohi.

Eturgung har sahar, ey fayzi dovar,
Payomi subh to xurshidi xovar.

Etur Azrog‘a ham payg‘omi Vomiq,
Ki ul xurshid erur men subhi sodiq.

Etur arzim qilib ko‘nglumni masrur,
Bo‘lay chun subhi sodiq matlai nur.

Degil, key Zuhra chehra, Mushtariy ro‘y,
Hilol abro‘, qamar tal’at, suman bo‘y,

Sanga payvasta ko‘nglum erdi mushtoq,
Firoqiig toqatimni ayladi toq.

Qilib mehri ruhing shavqing o‘tin tez,
Vujudim zarra yanglig‘ bo‘ldi nochiz.

Ko‘ngul abro‘yinga mushtoq doim,
Hiloli iyd uchun andoqki soyim.

Quyoshing tole’ et, ey mahjabinim,
Ki to yuz mehr bo‘lsun xo‘shachinim,

Bo‘lurmu muncha hijron shomi jovid,
Tulu’ etmasmu hargiz subhi ummid.

Qachong‘a tegru bo‘lg‘um zoru mahzun,
Qilib ishqing manga chun nasra afsun,

Manga jodu ko‘zungdur sehr payvand
Ki, solmay nasra sehri ul qadar band.

Meni afsuni zulfing qildi bad hol,
Agarchi nasra sehrin qildim ibtol.

Erur ko‘nglum g‘aming tig‘idin afkor.
Firoqing yetkurur jonimg‘a ozor.

G‘amingdin, ey nigori siym g‘abg‘ab,
Qachon farq aylagumdur ro‘z ila shab..

Chekib anduhi kulfat subh ila shom,
«Manga ne xobi rohatdur, ne orom.

Firoqing o‘t solib jonimg‘a asru,
Chekarman ul jihatdin haznu qayg‘u.

Chekarman har nafas faryodu afg‘on,
Bo‘lub bag‘rim g‘aming birla to‘la qon.

Ko‘ngulda dardu olomim fuzundur,
Ko‘zum ashki mudomo lolagundur.

Tilarman borho vaslingg‘a yetmak,
Mayi vaslingdin o‘zni mast etmak,

Qachonkim esgusi bodi sahargoh,
Chekarman tinmay asru nolau oh.

Qaro bo‘lmish jahon sensiz ko‘zimga,
Takallumlar qilurman o‘z-o‘zimga.

Ki, ey bargashta tole’, baxti vojun,
Bo‘lursen tobakay bu nav’ mahzun.

Qilib ishq ichra baxting rahnamolig‘,.
Qachon komingg‘a yetgusi ravolig‘.

Agarchi ishq aro sobit qadamsen,
Vale hijronda pobasti alamsen.

Agarchi o‘zni tutg‘ung mardi komil,
Vale yoring sanga yo‘q lahza moyil.

Nishoti ayshdin begonadursen,
Jahon ichra base afsonadursen.

Agar ko‘rsa nigoring bu maoshing,
Sarig‘ yuz uzra oqg‘on qonlu yoshing.

So‘rar erdy tarahhum birla holing,
Ko‘rub furqatda o‘tgan mohu soling.

Vale na sudkim ermas xabardor,
Sanga bir lahza ermas dilbaring yor.

G‘araz aylab bu yanglig‘ so‘z namoyon,
Chekarman har kecha faryodu afg‘on.

Sanga aylab bu lahza sharhi ahvol,
Salomu nomani qilg‘umdir irsol.

Salom, ey qoshi you kirpigi o‘q,
Sening hajringg‘a emdi toqatim yo‘q.

Salom, ey nozanini sho‘xi tannoz,
Bo‘lubdur mehnatim ko‘p, rohatim oz.

Salom, ey lablari koni halovat,
Manga yo‘q sensizin xobi farog‘at.

Salom, ey nozparvar nozipiyro,
Nechuk topg‘um visoling bazmin oyo.

Salom, ey ko‘zlari shahlou fatton,
Ani o‘pmakni istab chekkum afg‘on.

Salom, ey jabhasi xurshidi xovar.
Qachon shomimni qilg‘ungdur munavvar.

Salom, ey mahvashi sarvi gulandom,
Qachon ilgingdin ichkumdur to‘la jom.

Salom, ey insu jins ichra yagona,
Mening sori qachon bo‘lg‘ung ravona.

Salom, ey lutfi dardimning davosi,
Yorutg‘ay ko‘zlarim husnin ziyosi.

Salom, ey mehribonim, rozdorim,
Qachon ollingda bo‘lg‘usi qarorim.

Salom, ey hurvash, Iso sifotim,
Bo‘lur oyo qachon g‘amdin najotim.

Salom, ey vaslinga jonim fidodur,
G‘aming tig‘i bila ko‘ksum yarodur.

Salom, ey la’l koni qandu shakkar,
Qachon bo‘lg‘umdur ondin bahra parvar.

Salom, ey noz fanni ichra mohir.
Visoling birla qil xushnud xotyr.

Salom, ey fikri oromi zamirim,
Qolibmen hajr aro bo‘l. dastgyrim.

Salom, ey tal’ating tobanda xurshid,
Qilurman ko‘rmak oni doim ummid.

Salom, ey komi jonu rohati dil,
Manga lutf ila bo‘l bir lahza moyil.

Labingdin ayru ichsam bodai bob,
Topar ondin mazoqim ta’mi xunob.

Yuzing hijronida o‘tdur manga gul,
Soching fikridadur o‘t dudi sunbul.

Tuzar bazm ichra mutrib zer ila bam,
Quloqimg‘a kelur faryodi motam.

Agar partav solur ustimga mahtob,
Qaton yanglig‘ meni o‘rtar o‘shul tob.

Ko‘runur ko‘zuma gul shakli axgar,
Urar gul reshasi jonimg‘a nishtar.

Nasimi jonfizo yetsa mutayyab,
Samum oso yeturgay jonima tab.

Ko‘runsa ko‘zuma miynoyi gulrang,
Topar ul lahza ko‘nglum shishasi zang,

Etibdur jong‘a bas anduhi g‘amdin,
Yuzum kohi erur dardu alamdin.

Qilib lutfu karam, ey sho‘xi dilkash,
Meni chekkil o‘zingga kahrabovash,

Iloji vasl uchun aylab chu tadbir,
Manga qilding ishorat azmi tasxir,

Qilib lutfu inoyat hayyi yazdon,
Tamomi mushkil ishlar bo‘ldi oson.

Vale bordur bu mushkil uzra mushkil,
Ki ko‘rmasmen qilib ko‘yingda manzil.

Kecha-kunduz bo‘lib ko‘yungda zoyir,
Zamone bo‘lmadim husningg‘a nozir,

Qilurmen jon bila, ey g‘ayrati hur,
Yana bo‘lsam ne yanglig‘ ishga ma’mur,

Chu Vomiq nomasi Azrog‘a yetdi,
O‘qub sirridin o‘zni ogah etdi.

Olib ilgiga Azro ham qalamni,
Javobig‘a bu nav’ etti raqamni.

Azroning shoh Vomiq nomasig‘a javob yozib Bahrom bila Bejodaning ham siyosat bila qatlg‘a yetmagin iltimos qilg‘oni

Ne hush farxunda soatdur bu ayyom,
Ki yetdi yordin jonbaxsh payg‘om.

Saharkim aylabon iqbol ta’yid,
Yetushmay subhg‘a payg‘omi xurshid.

Hanuz ogoh bo‘lmay shohi xovar,
Ki vaqt o‘ldiki qo‘yg‘ay boshg‘a afsar.

Eturdi bas nasimi subhi sodiq,
Hazin Azro uchun payg‘omi Vomiq.

Bo‘lub bu baxti xob oluda bedor,
Manga nogah yetushdi va’dai yor.

Erur ul nomai dildori gulchehr,
Muhabbat bar muhabbat, mehr bar mehr.

Etib ul noma qildi xotirim shod,
Ki g‘am ilgidin erdi xatti ozod.

Oritdi xotirimdin gardi kulfat,
Hazin ko‘nglumga yetkurdi masarrat.

Ochib ko‘rgach savodin oshikora,
Nishoti ishratim bo‘ldi du bora.

Xatidin topdi afzoyish nishotim,
Rumuzi qildi afzun inbisotim.

Manga hosil bo‘lub baxtu saodat,
Jahon andar, jahon komi murodat.

Alo, ey xisravi xurshid afoar.
Sarafrozi salotin banda parvar.

Ko‘rub nomang‘ni bo‘ldi toza jonim,
Balolardin erur oxir zamonim.

Demishsankim g‘ami hijron qilur sho‘r
Balou dardi furqat kelturur zo‘r.

Nechuk men kelturay bu so‘zga toqat,
Ki menda yo‘qdur aslo omnu rohat.

Bahar surat sanga yetsun payomim,
Sabo birla yetushgan chog‘ salomim.

Salom, ey qomati sarvu sanubar,
Sanga bormen kanizi zoru kamtar.

Salom, ey husni mehri olam aro,
Aning hajrida shomim tiyra ammo.

Salom, ey mardlar farzona mardi,
Rahi ishq ichra ushshoq ahli fardi.

Salom, ey xotirim ichra nishotim,
Xayoling birla bordur inbisotim.

Salom, ey ishqning mulkida sulton,
Salom, ey zubdai oli Sulaymon.

Salom, ey zoyiri dargohi taqdis,
Kelib sen nisbati ahfodi Bilqis.

Salom, ey nisbati pokiza gavhar,
Qachon vasling manga bo‘lg‘ay muyassar.

Salom, ey ishq ahlin pokbozi,
Jamiyi poklarning sarfarozi.

Salom, ey qomati sarvi ravonim,
Zamirim quvvati, jism ichra jonim.

Salom, ey quvvati jismi nizorim,
Habibim, mehribonim, rozdorim.

Salom, ey fazlu hikmat ichra yakto,
Sanga yo‘qdur jinu insonda hamto.

Salom, ey mahjabini shahd guftor,
Eshitmakka kaloming bo‘lmisham zor.

Salom, ey ishq ichra sobit aqdom,
Visolingdin manga yo‘q o‘zga bir kom.

Salom, ey lutf pesha mehr bunyod,
Musallam der sanga ishq ichra Farhod.

Salom, ey sohibi mehru muhabbat,
Erur oshiqlig‘ing har kimga musbat.

Meni sendin fuzundur ishtiyoqim,
Tutashqon sarbasar o‘tdur visoqim.

Mening ilgimda bo‘lsa chorai kor,
Bo‘lur erdimmu muncha xastai zor.

Sening birla bo‘lub payvasta hambar,
Hamog‘ush o‘lmag‘ay erdimmu yaksar.

Qilur erdim bu ishda sa’y ila jahd,
Labim la’lingdin o‘lg‘ay erdi pur shahd.

Qilib jon javharin har dam nisoring,
Ko‘zumga to‘tiyo aylab g‘uboring.

Qilib sarving bila sarvimni hamdo‘sh,
Niholing birla shamshodim ham og‘o‘sh.

Gulu bulbul kabi bo‘lsak, chamanda,
Masarratdin bo‘lub labriz handa.

Tarabgoh o‘lsa vuslat gulistoni,
Nishimin bo‘lsa vuslat oshiyoni.

Topib vaxdat mayidin kom payvast,
Gar o‘lsaq g‘aybati bazmida sarmast.

Visol o‘lsa aro yerda agar kom,
O‘zing sa’y aylasang topg‘ay saranjom.

Bu dam bo‘l vasl ishig‘a chora pardoz,
Visol ohangin emdi aylagil soz.

Bu dam elga sening hukming ravondur,
Buyurmoqlig‘ hamon butmak hamondur.

Sening farmoningga eldur musaxxar,
Nega vuslat ishin qo‘yg‘ung muaxxar.

Yana qilg‘um bir ish sendin tavaqqu’,
Xusulidin base qilg‘um tazarru’,

Ki ul Bejodau Bahromi nammom,
Ki qildilar meni ishqingda badnom.

Alardin chekmisham doim taallum,
Alam andog‘ yeturmas moru kajdum.

Base ochdilar abvobi xusumat,
Adovat nishidin yetkurdi zahmat.

Chekib tig‘i zabonu xanjari ta’n,
Havolat ayladilar dashnai la’n.

Qilib bo‘hton, urub jonimg‘a yuz nish
Malomat birla ko‘nglum qildilar resh.

Aningdek qildilar shonimda bo‘hton,
Ki qatlimg‘a alardin bo‘ldi farmon.

Manga axtar olardin bo‘ldi manhus,
Ki men bo‘ldum balo sajnida mahbus.

Bu holatda meni gar ko‘rsa gardun,
Qotig‘ holim uchun yig‘lar edi xun.

Sen emdi qil manga lutfu inoyat,
Alarni qil sazovori siyosat.

Alar kirdorig‘a loyiq jazo ber,
Sazovor o‘lsa qaysi ish sazo ber.

Agar sen qilmasang bu ishni mafqud,
Visolimdin yetushmas bo‘yi behbud».

Chu noma shoh Vomiq sori yetti,
Bu holatg‘a base afsus etdi.

Taassuf aylabon behad ayon ul,
Bu yanglig‘ nuqtalar qildi bayon ul:

«Ki ul muddatki aylab no‘sh boda,
Maqomim erdi bog‘i dilkushoda.

Chun aylab bu xabar ko‘nglumni noshod,
Qasam bu ish uchun qilmish edim yod.

Ki gar topsam parilar mulkiga dast,
Alarni qilg‘amen tufroqg‘a payvast.

Olurman intiqomi yor alardin,
Ki ko‘rmish ranju g‘am bisyor alardin,

Niholi davlatimkim topdi bolish,
Kerak dushmang‘a bersam emdi molish».

Shoh Vomiqning malik Shahbolg‘a nasihat berib, Bahrom bila Bejodaning siyosat bila qatlg‘a yetkurgoni

Sen, ey nafsim sitamkeshi sitamkor,
Nechun muncha yeturgung elga ozor,

Ichirgung elga doim javr ila qon,
Bu ishdin bo‘lmag‘ung hargiz pushaymon.

Bu savdo hech sanga behbud qilmas,
Sanga aslo nasihat sud qilmas.

Oshiqma, bir kuni bo‘lg‘ung sazogir,
Nekim qilding kelur olingg‘a bir-bir.

Ko‘rursen harna bergan zahmatingni,
O‘zing ichkung ichurgan sharbatingni.

Kishi har yerda sochsa tuxmi xanzal,
Tama’ qilsa shakar, bil oni ajhal.

Bo‘lur, bas, ul nafas Vomiq g‘azabnok,
Turub o‘z manzilidin chustu cholok.

Shahi Shahbol sori bordi filhol,
Ko‘rub bu holin aning shoh Shahbol.

Dedi lutf ila: «Key farzona farzand,
Jabiningg‘a nedindur qahr payvand.

Aning gar boisin qilsang izhor,
Mening holingdin ar qilsang xabardor.

Nekim daf’idurur qilg‘um tadorak,
So‘zini aylab o‘zga toji torak».

Dedi Vomiq: «Shaho, olam panoho,
Faridunfar. Skandar dastgoho,

Bu dargoh ichra ikki shum niyat—
Ki, durlar shohg‘a arkoni davlat.

Alar chun mardi davlatxoh emaslar,
Bilingkim loyiqi dargoh emaslar.

Alarni shah tutubdur garchi ma’fu,
Bu ish shahlarg‘a loyiq keldi asru,

Vale qilmoq ul ikkini siyosat,
Kelibdur sizga qonuni riyosat.

Bu ikki kim erurlar shahg‘a badxoh,
Alarni hushturur qatl aylasa shoh».

Malik Shahbol eshitdi chun bu so‘zni,
Qilib g‘arqi xijolat ul ham o‘zni,

Dedi Vomiqg‘a: «Bersang har nekim pand,
Barisidin bo‘lurmiz biz barumand,

Burundin ham manga bu ishda Tayfur
Nasihat birla taklif etti mavfur.

Bu ishda men va lekin aylab ehmol,
Xato birla o‘turgum moh ila sol»,

Debon bu so‘zni andoq qildi farmon,
Ki qatl ettilar ul ikkini ul on,

Bas ondin so‘ngra Vomiq birla Azro
Tashakkur sajdasini qildi barjo,

Ko‘ngulni aylabon shodonu xurram,
Sharobi aysh ichdilar damodam.

Shoh Vomiq o‘z mansublari birla Chin shahrida qolib malik Shahbolning Jobilso kishvarig‘a murojaat qilg‘oni

Chu topti to‘yning ayyomi itmom,
Dog‘i aysh ila o‘tdi necha ayyom.

Ki Vomiq oldi hoqondin ijozat,
Bilodi Chindin etmakka azimat.

Dedi Vomiqg‘a onda shoh Fag‘fur
Ki ey ko‘nglum visoling birla masrur!

Bilodi Chin ajab dilkash makondur,
Jahondin o‘zga bu ham bir jahondur.

Erur onda nihoyatsiz ajoyib,
Ajoyibdin dog‘i ko‘bdur g‘aroyib.

Nishoti aysh erur anda farovon,
Jahon sayri erur bir yon, bu bir yon.

Turub qil munda sayru ishrati bazm,
Chu bir yil o‘tkarib so‘ng aylagil azm.

Bo‘loli necha kun hamsuhbatu yor,
G‘animatdur bu dam bir-birga diydor».

Shahi Vomiq chu bu so‘zni eshitdi,
Qolurni shahri Chinda jazm etdi.

Nechunkim Chinni sayriyu, havosi,
Ko‘ngulda erdi doim muddaosi.

Vale Shahbol ila o‘zga necha shoh,
Hama qildilar o‘zni ozimi roh.

Malik Shahbol Jobilsog‘a ketdi,
Bori shah o‘z bilody sori yetdi.

Qolib Chin uzra Vomiq shodu xurram,.
Chekib bazm ichra tun-kun sog‘ari jam.

Taxayyul mujibatidin uzub qayd,
Tuzub gah bazmu gohi aylabon sayd.

Gahi Azro bila xilvatda erdi,
Gahi ahbob ila ishratda erdi.

Gahi sayr etdi bog‘i dilkushoda,
Tuzub bazm onda, oshom etdi boda.

G‘araz shohi Naimu, shoh Vomiq,
Ham Osafi soniy — uch yori muvofiq.

Haram ahli bila bir necha muddat,
Qilib Chin mulki sayrin ikki navbat.

Nekim anda esa asbobu ashyo,
Borisin qildilar yaksar tamosho.

Bu sayr ichra ajoyib ko‘rdilar ko‘b,
Tilsimotu g‘aroyib ko‘rdilar ko‘b.

Xudo turluk ajoyib qildi ijod,
Qoyu birni ko‘rubdur odamizod.

Base sayru tomosho ayladilar,
Topib nekim tamanno ayladilar.

Agar bersam olar borig‘a tafsil,
Yetar bu nusxag‘a itlolu tatvil.

Banogah bir kuni majlis edi garm,
Dedi Vomiqg‘a Osaf: «Bu sifat bazm,

Ki erdi mardi neku Sa’d tojir,
Yeturdi bizga turluk naf’ vofir.

Bu muddat ichrakim biz komronmiz,
Topib maqsudi xotir shodmonmiz.

Erur vojib angakim ushbu ayyom,
Muruvvat birla qilmoq lutfi in’om».

Shahi Vomiq bu yanglig‘ qildi farmon,
Ki oni qildilar hozir ham ul on.

Anga aylab muhibbona muloqot,
Maqomin sadri majlis qildilar bot.

Bo‘lub ogoh mundin shoh Fag‘fur,
Anga lutfu karam ko‘rsatdi mavfur.

Ki ya’ni o‘z nadimi xosi etdi,
Vaziri sohibul ixlosi etdi,

Etib chun Sa’d bozirgong‘a davlat,
Musallam bo‘ldi manshuri vazorat.

Ne xush xislat erur axloqi neku,
Nekim qilding kelur ollingg‘a o‘tru.

Muruvvat pesha qilkim hayyi sone’,
Yeturgay, qilmayin ajringni zoye’.

Ketur, soqiy, sharobi behjat anjom,
Ki qilg‘umdur vatan sorig‘a quddom.

Minal imon emish chun hubbul avton,
Bas o‘lg‘umdur vatan sori shitobon.

Shoh Vomiq bila Azro va Osaf soniy bila Shakarduxtlarning shahri Sabog‘a azimat qilib, shoh Naim bila Havroning Tojkan shahriga ruju’ etkanlari

Bu hodisg‘a edi ulkim mubashshir,
Bo‘lub turluk vaqoye’g‘a muharrir.

Qilib izhor lutf ila fasohat,
Bu yerda bu sifat surdi hikoyat.

Ki chun Osaf bila sulton Vomiq,
Qilib bir yilg‘acha ishrat muvofiq.

Chun o‘tdi bo‘yla bir yil guftugo‘ei,
Ko‘ngulga tushdi manzil orzusi.

Xususan shoh Vomiq subh ila shom,
Anosin ko‘rmak etdi maqsadi kom.

Etushdi soniy Osaf ko‘ngliga ham, .
Otosini ko‘rarning shavqi mahkam.

Qilib xohish vatang‘a qilg‘ali azm,
Ketarni o‘zlariga qildilar jazm.

Muni fahm aylagach Sa’d ila Fag‘fur,
Chekib g‘am yig‘ladilar zoru ranjur.

Bo‘lub oxir falak javrig‘a qoyil,
Safar asbobig‘a ne bo‘lsa qobil.

Qumoshu ganju ajnosi xazoyin,
Nafois ham javohir ulcha mumkin.

Bularni tevalar ustiga olib,
Yana necha g‘ulomu cho‘ri olib.

Chu bu lahza yetushdi shoh Shahbol,
Olib yonida ko‘b asbobu amvol.

G‘araz, bo‘ldi xazoyin andoq afzun,
Ki go‘yo erdi yaksar ganji Qorun.

Vale shohi Naim asbobin avval,
Qilib ul yerda tayyoru mukammal.

Burun bo‘ldi hamadin ul yagona,
Bilodi Tojkan sori ravona.

Mahinbonu sanam ham ushbu muddat,
Olib Fag‘furdin ketdi ijozat.

Naimu shoh Vomiq lek ul on,
Bu yanglig‘ ayladilar ahdu paymon:

Ki bir xat bir sori qilg‘aylar irsol,
Qilurg‘a bir-birovdin koshifi hol.

Bas ondin so‘ngra Vomiq birla Azro,
Shakarduxt ila Osaf ruhafzo.

Vido’ aylab olarg‘a shoh Shahbol,
Dog‘i Fag‘furu Sa’di Farrux iqbol.

Necha farsax bo‘lub Vomiqg‘a hamroh,
Ruju’ ettilar ondin so‘ng chekib oh.

Ko‘tarib devlar asbob ila ganj,
Yo‘l aylab qat’i bo‘ldilar qadam sanj.

Chekib gardun uza chatri zar andud,
Quyosh oso edilar roh paymud.

Xiromon bo‘ldi Azro mindi havdaj,.
Nafois kiydiyu bo‘ldi mutavvaj.

Shakarduxt ayladi manzil amori,
Qoshida necha mahvashlar tatori.

Yurib yo‘l sur’at ila devlar tez,
Nechukkim bodi sarsar qildilar xez.

Bo‘lub bori yurarda yo‘l sabuktoz,
Bori payki sabodek po‘ya pardoz.

Qilib sur’at olar andoqki gardun,
Chekib har biri yuz ming ganji Qorun

Amori dar amori ahli nomus,
Nechukkim sham’i mahmil qildi fonus.

Chaman yanglig‘ bari g‘arqi tajammul,
Bo‘lub bori zarafshon o‘ylakim gul.

Maalqissa yurub yo‘l bir necha kun,
Yetushdilar Sabo nazdig‘a bir tun.

Tushub ul yerda maskan ayladilar,
Yotib oromni fan ayladilar.

Vale shahr ichra mujda aylab irsol,
Yubordilar birovni onda ul hol.

Eshitdi chun bu mujda Osafi pir,
Yigit bo‘ldi gar erdi piri dilgir.

Xabar yetgach bo‘lub xurram, nigorin
Topib, behjat zamiri topdi taskin.

Nigorin chun Zulayxoi quhansol,
Du bora zindagonlig‘ topdi filhol.

Tarabdin tuz bo‘lub sarvi xamida,
Guli pajmurda bo‘ldi navdamida.

Chu navmid erdi ondin masnadi oj,
Shaqoyiqdek shukufta boshida toj.

Dedi, xursand o‘lub: tamhidi dovar,
Bihamdullahki, bo‘ldi baxt yovar.

Sabo shahrig‘a bog‘lab toaa oyin,
Yeturdilar hama joyig‘a tazyin.

Bori mavzu’ni qildilar charog‘on,
Edilar muntazir majmui inson.

Bas ondin so‘ng Nigorini yagona,
Istiqbol etgali bo‘ldi ravona.

Vaziri Barxiyo barcha akobir,
Dog‘i shahr ahlidin tokim asog‘ir.

Hama aylab istiqbol, o‘ldi xursand,
Bo‘lub diydor fayzidin barumand.

Ko‘rub chun shoh Vomiq ham anosin,
O‘pub ixlos birla xoki posin.

Ko‘rub Osaf atosini ham ul on,
Quchub bo‘ldi base masruru shodon.

Maqom o‘ldi iki Yusufg‘a Kan’on,
Yetib bemorlar dardig‘a darmon.

Bahor o‘ldi ketib fasli xazoni,
O‘luk tanlarni o‘ldi toza joni.

Vaziri qaddi ham, piri kuhansol,
Alif topdi qadin bor erdi chun dol.

Bas ondin so‘ng qilib ta’yini soat,
Yetushdi kechaning nisfig‘a muddat.

Pariyu odamiy barcha havodin,
Nuzul etdilar atrofu sabodin.

Namoyon aylabon behad tajammul,
Solib aflok uza ovozi g‘ulg‘ul.

Hamul tun xo‘b soat ichra Vomiq,
Xilofat masnadig‘a bo‘ldi loyiq.

Berib Osafg‘a ahkomi vazorat,
O‘zi maskan etib taxti jalolat.

Dog‘i ul dam Shakarduxt ila Azro,
Parido‘xtu malika ruh afzo.

Haram ichra kirib tutdilar orom,
Bo‘lub masrur hosil aylabon kom.

G‘araz borcha el o‘ldi shodu xurram,
Javohirlar qilib iysori maqdam.

Sipohi insu jin tortib tarona
Navozish ayladilar shodyona.

Maqom aylab maloyik xittai xok,
Bo‘lub shahri Sabo bir olami pok.

Nigorin aylabon jon birla parvo,
Ano yanglig‘ Shakarduxt ila Azro.

Qo‘yub xizmatda xizmatkor olarg‘a,
Qilib jon gavharin iysor olarg‘a,

Bo‘lub davlat yangi boshdin muyassar,
Alar vasli ko‘zin qildi munavvar.

Ketib ko‘nglidin anduhu g‘ami ranj,
Nisor etti alarg‘a yuz tuman ganj.

Xush ul soatki har mahjuri bedil,
Chekib g‘urbat qilur mulkida manzil^

Ketur, soqiy, sharobi rohat afzo,
Ki qilg‘umdur vatanda emdi ma’vo.

Kerak ko‘nglimga qilsam shodlig‘ni,
Baliyatdin topib ozodlig‘ni.

Adolat birla tutg‘il emdi boda,
Ki adling keldi mushtoqi ziyoda.

Shoh Vomiq sariri saltanati shahri Saboda qaror tutub dodu adl bunyod qilg‘oni

Chu mindi saltanat taxtig‘a Vomiq,
Aningdek ayladi adli muvofiq.

Ulusni ayladi adl ila masrur,
Jahon mulkida bo‘ldi o‘yla mashhur.

Ki ondin so‘ngragi xayli salotin,
Der erdilar anga anvoi tahsin.

Aning adlini yod aylar edilar,
Stehsonin ziyod aylar edilar.

Qilib Nushravon dog‘i oni yod,
Bilur erdi o‘ziga oni ustod.

Base ko‘rguzdi adli ichra zoye’,
Qilib izhor qonuni badoye’.

Eshitsa nogihondin ohi mazlum,
Berur erdi sazoi zolimi shum.

Libosini qilib har kecha tag‘yir,
Qilur erdi ulus holig‘a tadbir.

Chun ul bu nav’ bo‘ldi shohi odil,
Duosig‘a hama el erdi shog‘il.

Kelibdur xush shiori adl, ori,
Anga vorid bo‘lubdur amri bori.

Bil, ey sohib .sariri mulku davlat,
Madori saltanat keldi adolat.

Shahi bema’dalat zebo emastur,
Imorat beustun barpo emastur.

Agar yetmak tilarsen haqdin imdod,
Raiyatni karamdin aylagil shod.

Desangkim qasru davlat bo‘lsa barpoy,
Saxou adl ila bo‘lg‘il neku roy.

Eshitdim Kisri sultoni dovar,
Dedi Xurmuzg‘a, ey farxunda sarvar,

Raiyat beh erur sulton shajardur,
Shajar beh ila doim borvardur,

G‘arazkim, Barxiyo birla Nigorin,
Qilib shahlig‘ uchun Vomiqni ta’yin.

Va lekin o‘zlari tarki hukumat
Qilib tangriga etdilar ibodat.

Nigorin topshurub Vomiqg‘a avrang,
Ibodatxona sori qildi ohang.

Topib ham Barhiyoi piri ruxsat,
Qilurg‘a go‘shada holiqg‘a toat.

Etib o‘z mansabin soniyg‘a taslim,
Anga ilmu vazorat berdi ta’lim.

Tutub, soqiy, qadah, ko‘nglumni qil shod,
Ki holiqdin tilarman o‘zga avlod.

Erur haq lutfi tavlidu tanosul,
Zamoni qilmog‘il ondin tag‘oful…

Shoh Vomiq salbi va Azroning rahmidin shahzodalar tavallud topib jon ko‘ngli yana tozadin xurram bo‘lg‘oni

Xusho ulkim berib erdi xalafzod,
Ko‘zin ravshan qilur diydori avlod.

Erur maqsud avlod ila farzand,
Iki dunyoda qilg‘uchi barumand.

Ulug‘lardin bu so‘z bordur muqarrar,
Ki har odamda farzand o‘lmasa gar,

Aning bo‘lmas zamiri komi hosil,
Bo‘lur balkim savobi dog‘i zoil.

Qachon bo‘lg‘ay ul odam oti foni,
Ki qolg‘usi xalaf farzandi ohi.

Sadaf oti qolur olamda, ori,
Ki boqiy bo‘lsa durri shohvori.

Chu Vomiq masnad uzra joy tutdi,
Ki bir yil muddati Azrodin o‘tdi.

Xabar topg‘och shahi Vomiq ki Azro,
Ki bo‘lmishdur anga haml oshkoro.

Shukufta bo‘ldi ondin shoh Vomiq,
Nechukkim tong yelidin subhi sodiq.

Oni bu mujda qildi shodu xursand,
Ki asru bor edi mushtoqi farzand.

Chu Azro hamlidin o‘tdi necha moh,
Aningdek bir o‘g‘il tug‘di banogoh.

Ki erdi ul mahi avji najobat,
Yuzidin barqzan nuri saodat.

Nigorin aylabon ondin mubohot,
Onga deb Nosiri soniy qo‘yub ot.

Qilib Vomiq ko‘zin ul nur ravshan,
Guli vaslidin o‘ldi ko‘ngli gulshan.

Bas oni doyag‘a topshurdi ul on,
Ki qilg‘ay parvarish behaddu poyon.

Yana Vomiq yorutdi chashmi ummid,
Qilib Azro necha farzand tavlid.

O‘g‘ul erdi birisi, lekin oni,
Yuzi erdi chu mehri osmoni.

Bo‘lub diydoridin xursandu masrur,
Qo‘yub oning otin shahzoda Mansur.

Birisi oni duxtar edi, ammo —
Otini qo‘ydilar Bilqisi sug‘ro,

Shakarduxt ila Osafdin hamul on,
Bo‘lub farzand tavlidi farovon.

Alar birla jamii shahzoda,
Topib tarbiyat anvoin ziyoda.

O‘qub maktabda asru darsi taqdis
Ki soniy Nosiru Mansuru Bilqis.

Shahi Vomiq alarg‘a erdi ustod,
Berur erdi ulumu ma’rifat yod.

Alar ta’limig‘a ko‘b ayladi jid,
Ki har bir bo‘ldi ustodi Mo‘bid.

Qilib kasbi kamolu fazlu donish,
Bo‘lub har bir charog‘i ahli binish.

Qilib, ey soqiy, altofi inoyat,
Tabibiyg‘a keturgil jomi behjat.

Ki qilg‘usi nasihatgo‘lik izhor,
Jahon ahvolini aylab namudor.

Shoh Vomiq o‘z o‘g‘li Nosir soniyg‘a nasihat bergonining bayoni

Hamulkim bor edi hikmat bayonlig‘,
Bu yanglig‘ qilg‘usidur nuktadonlig‘.

Ki chun shahzoda mayli maktab etdi,
Dog‘i o‘n besh yilg‘a yoshi yetdi.

Basi kasb etdi osori fazoyil,
Ulumu fannu irfonu xasoyil.

Mafavvaz zotig‘a bo‘ldi balog‘at,
Ato aylab anga tengri shijoat.

Shahi Vomiq oning ko‘rgach kamolin,
Ulumu fitratu johu jalolin.

Xayolig‘a bu bo‘ldi oshkoro, .
Ki kecha pand anga qilg‘usi insho.

Rusumi saltanatda toki komil,
Bo‘lub qilg‘ay talab neku xasoyil.

Erur albatta sultonlarg‘a lozim,
Ki avlodig‘a bersa pand doim.

Dog‘i loyiq xirad ogohlarg‘a,
Ki hikmat yod bergay shohlarg‘a.

Hamul vajh ila bir tun shoh Vomiq,
Nasihatg‘a bilib o‘g‘lini loyiq.

Bo‘lub xilvat aro osuda xotir,
Qoshig‘a ayladi Nosirni hozir.

Anga dediki: «Ey farzona farzand,
Quloq solg‘il sanga bergumdurur pand».

Dedi shahzoda: «Aylang amru farmon,
Qiling nekim nasihatdur namoyon.

Necha vaqt o‘ldikim sizdan tilab pand,
Erurman subh ila shom orzumand».

Dedi Vomiq: «Ki, ey ko‘nglum sururi
Eshit avval sanga budur zaruri.

Ki aylab fikr asli xilqatingni,
Ko‘zing ollig‘a keltur tiynatingni.

Ki bir qatra suvdin xalloqi jabbor,
Seni xalq etti, lek ul dog‘i murdor.

Takabbur qilma |oni yodinga sol,
Xudoning birligin bil doim ulhol.

Hamisha tengriga aylab ibodat,
Talab qil doimo ilmu fazilat.

Qachonkim tuzsang oyini hukumat,
Rioya tut anga rohi shariat.

Haris o‘lma jahon molig‘a aslo,
Karamni pesha qil o‘zga mudomo.

Sipah xaylig‘a qil in’omu ehson,
Raoyoni etib lutf yla shodon.

Chu siz necha ini birla ag‘osiz,
Qayu biringki gar sohib sahosiz.

Qilib hosil mening ul lahza komim,
Bo‘lursiz taxt aro qoim maqomim.

Yana bo‘lg‘il hamisha sohib insof,
Zamoni qilmag‘il xarjingda isrof.

Chu oning haqqida bor nassi qote’,
Necha tadqiq ila burxoni sote’.

Yomonlar suhbatidin ijtinob et,
Nako‘lar ulfatiga irtikob et.

Ulum ahlig‘a qil doim muhabbat,
Jaholat ahlidin et asru nafrat.

Shitob etmakdin o‘lsun ehtirozing,
Bo‘lub sabru taammul chora sozing.

Meningdek bo‘lma hargiz moili ishq,
Ki dardi g‘ussa bo‘lg‘ay hosili ishq.

Tuzarda dog‘i oyini hukumat,
Sanga bo‘lsun tunu kun afv odat.

Ki bu sheva erur zebi salotin,
Muning haqqida ham ko‘bdur barohin.

Nizomi mamlakatda subh ila shom,
Siyosat aylamakni o‘zga qil kom.

Nechunkim bo‘lmasa rasmi siyosat,
Yomon el olmag‘usi hech ibrat.

Dog‘i dunyog‘a hartaz bo‘lma moyil,
Ki ondin bo‘lmag‘ay juz g‘ussa hosil.

Anga har nechakim qo‘ysang ko‘ngilni,
Sanga boshqarg‘usi hirmong‘a yo‘lni.

Sanga aylab jahon ahvolini izhor,
Bayon etgumdurur bir necha guftor.

Dahrnoma

Jahonkim bir ajoyib gulsitondur,
Nazarga ziynati behaddu sondur.

Ochilmish gulshanida yuz sifat gul,
Erur har bir bo‘yu rangidin mul.

Kelib rangi nazarlarg‘a tarabxez,
Bo‘lub jonlarg‘a bo‘yi behjatangez.

Erur har gulshani ishratg‘a ma’dan,
Oni qilg‘usidur aysh ahli maskan.

Farovon sahnida ashjori oning,
Bo‘lub lazzatrason asmori oning.

Qelib anhori har sori ravona,
Azubatda bo‘lub ta’mi yagona.

Qachonkim no‘sh qilg‘ay ondin inson,
Berur lazzat nechunkim sharbati jon.

Havosi ruhafzo borcha elga,
Dilorou tanoso barcha elga.

Bo‘lub ko‘zlarga zohir sabzazori,
Yeturmak nur bo‘lg‘usi shiori.

Chun o‘lg‘ay qushlarig‘a zohir alhon,
Eshitkanlarga bergay tozadin jon.

Erur sahni chamanda havz paydo,
Sui sofilig‘ ichra kavsar oso.

Kelib bazmi basy fayzu safolig‘,
Qilib xosiyat ichra jonfizolig‘,

Mayi hayvon sui yanglig‘ guvoro,
Bo‘lub jonu ko‘ngulga rohat afzo.

Tamomi jomii zarrin munaqqash,
Bo‘lub shakl ichra dog‘i asru dilkash.

Hama soqiylari mahbubu gulchehr,
Jabinidin ayondur shafqatu mehr.

Karam qilsa qayu odamg‘a boda,
Bo‘lur tokim abad ayshi ziyoda.

Mug‘annisi gar og‘oz etsa nag‘mot,
Eshitganga berib bir o‘zga holot.

Zamirin qilg‘usidur shodu xandon,
G‘amu anduhini daf’ aylab ul on.

Bori mahvashlari husn ichra ahsan,
Vale bordur necha nozu ado fan.

Ayon bo‘lsa agar nozu adosi,
Bo‘lur ko‘rgan kishi oning fidosi.

Birovkim bo‘lsa ishqining duchori,
Falakka chiqqusi afg‘oni zori.

Agar oshiqqa vasli bo‘lsa hosil,
Nishoti jovidon topg‘usi komil.

Vale hajrig‘a oshiq yetsa nogoh,
Aning holig‘a behad oh ila voh.

Qusuri bordurur chun qasri jannat,
Hama qasri makoni ahli ishrat.

Kelib rif’at aro gardung‘a hamsar,
Bo‘lub ko‘ngullari pur zebu zevar.

Bori devori manqushi muqarnas,
Sutunu sahni ayvoni muassas.

Ochilg‘an har tarafdin bobi oliy,
Emasdur fayzdin bir bobi holi.

G‘araz ushbu gulistoni diloro,
Ki bor shohu gado xaylig‘a ma’vo.

Misoli yo‘q safou nuzhat ichra.
Nishoti fayzu hazzi behjat ichra.

Vale afg‘onki, ermat jovidoniy,
Bo‘lur oxir hama ashyoi foniy.

Bori gulzorida bo‘yi baqo yo‘q,
Gulida hargiz alvoni vafo yo‘q.

Qayu gulshanki holo keldi zohir,
Xazon oshubini topg‘usi oxir.

Tarab jomidin aylab no‘sh boda,
Necha qilsang farax hosil ziyoda.

Va lekin oqibat maxmur bo‘lg‘ung,
Xumori dardidin ranjur bo‘lg‘ung.

Surudig‘a kelibdur navha mudg‘am,
Sururi zimnida anduhu motam.

Hanuz o‘lmay visoli yordin xash,
Tushub hijronig‘a bo‘lg‘ung mushavvash.

Birovkim qilsa qasri ichra maskan,
Makoni bo‘lg‘ay oxir tiyra madfan.

Kishi yo‘qdurki onda ko‘rmamish nish,
Zamiri bo‘lmag‘an anduh ila rish.

Arusi dahrkim bordur sitamgar,
Gadou shahg‘a zulmidur barobar.

Hamaga javr qilmoq odatidur,
Hamaga shomil oning mehnatidur.

Nekim Odam Atodin toki bu dam,
O‘tubdur dahr aro farzandi odam,

Bori ko‘rmushdurur oning jafosin,
Chekib har lahza ozoru anosin.

Alar yolg‘uz demaykim, o‘zga ko‘b shoh,
Qilib bu dahrni o‘zga maqargoh.

Tunu kun zohir aylab adl ila dod,
Jahonni qildilar adl ila obod .

Bo‘lub ishrat bila sarshori shodob,
Yig‘ib boricha imkon turluk asbob.

Nekim xohishlari erdi jahonda,
Bo‘lur erdi muyassar bir zamonda.

Vale so‘ngra ajal jomin qilib no‘sh,
Borisi bo‘ldilar marg ila madhush.

Alardin qolmadi osor juz ot,
Bularniig holig‘a hayhot, hayhot.

Qani ul sohibi ilmu amallar,
Ki aylab bahs ilm ichra jadallar.

Jahonda qo‘ydilar tasnifu osor,
Alardin qoldi ko‘b atvori guftor…

Qani onlarki erdilar suxandon,
Kalom izhor etib boricha imkon.

Qilib bisyor nazmu nasr ta’lif,
Kutib anvoni, asru etdi tasnif.

Ulumi she’rda mohir edilar,
G‘azal demakda bas shoir edilar.

Alarning so‘zlari erur ravonbaxsh,
Ma’no birla some’larg‘a jon baxsh.

Dedilar nuktlar borcha shakarrez,
Eshitgan kimsalarga behjat omez.

Vale qildi ajal borini abkam,
Sukut ila etib oxirda mudg‘am.

G‘araz har kimki bu olamg‘a keldi,
Anga gardun bu yanglig‘ javr qildi.

Taammul ayla, ey farzona farzand.
Jahondin bo‘lmog‘ing doim barumand.

Senga ro‘zi bo‘lub gar baxti davlat,
Nasibing bo‘lsa tun kun ayshu ishrat,

Bo‘lub umring zamoni tuli ayyom,
Nechukkim Nuh tobsang umrdin kom,

Jalolu johing Afriduncha bo‘lsa,
Zaru moling dog‘i Qoruncha bo‘lsa,

Qilib gardun sening komingg‘a davron,
Hama mushkullaringni qilsa oson,

Ne matlabg‘a tamizing bo‘lsa moyil,
Hamuldam qilsa ne tashvish hosil,

Etushmay xotiringg‘a zangi kulfat,
Husuling bo‘lsa ayshu komu rohat.

Vale bilginki chun paymona to‘ldi,
Bo‘lur sendin hama begona bo‘ldi.

Bular borin qo‘yub oxir ketarsan,
Bas oni orzu aylab netarsan…

Sanga ushbu sifat aylab nasihat,
Bu mavzuda keturgum bir hikoyat.

Hikoyat bar sabili tamsil

Eshitdim Xisravi Parvezi xudkom,
Ki erdi hukmroni davri ayyom.

Maqom aylab o‘ziga masnadi oj,
Qo‘yub boshi uza yuz faxr ila toj.

Tajammul birla ul kishvar xudovand,
Kiyib xil’at zarandudu zar ogand.

Bor erdi toji vazni to‘rt yuzman,
Quyosh toji kabi masquli ravshan.

Yuqoridin osib ul toj dilovez,
Qo‘yub masnad oning ostida parvez.

Bu toj ostida shohi mehr siymo,
Anga yetkurdi farqi farqadonso.

Buzurg Ummid ila yonida Manzur,
Anga dediki: ey farxunda dastur.

Bu toj uzra ne yozg‘um, ey hunarvar,
Ki mendin so‘ngra bo‘lg‘ay yod ovar.

Qolib mendin bu toji zevar obod,
Uqub ul lahza qilg‘aylar meni yod.

Ki qilmay hech bir sohibqironi,
Bu yanglig‘ ishki, men qilmishmen oni.

Erurmen men sazovori sitoish,
Ki Qisro nasli mundoq qilmadi ish.

Menul Xisravki gar razm aylasam kom,
Ki bo‘yimdin kirar go‘r ichra Bahrom.

Urub maydonda tiyg‘i tez ro‘in,
Zabun etdim tuni Bahromi cho‘bin.

Chu gulgun barshi novard yurdim,
Dilovarlar boshin yerga tushurdim.

Mango maydonda chun novard bo‘ldi,
Nasibam ganji bodovar bo‘ldi.

Chu shirin dilbari g‘oratgahi xush,
Bajuz men kimga bo‘lmishtur hamog‘ush,

Buzurg Ummid anga dediki, ey shoh,
Oanga bordur salotin xoki dargoh.

Yaqin bilgim erur, ey mohi nokost,
Bu ma’nilarki dersan, barchasi rost.

Olursan shohlardin toj ila boj,
Bu so‘z zinhor qilg‘il zevori toj.

Ki ey ulkim shahi oliy guhar sen,
Ki mendin so‘ngra bo‘lg‘ung tojvor sen.

Bu toj ila sen o‘lma mastu mag‘rur,
Ki oxir bosh yalang joh qilg‘asen go‘r.

Chu man erdim seningdek komroni,
Ki hukumimda edi xalqi jahoni.

Olib men mulki olam qof to qof,
Ko‘tardim ko‘kka charxi naxvatu lof.

Parivashlar bo‘lub yoru qarinim.
Salotin erdilar dargah nishinim.

Qo‘yub bazm ichra boshim uzra afsar,
Buxuri manqal erdi udu anbar.

Berib komimg‘a lazzat la’li shirin,
Mudom erdi tarab bog‘ida gulchin.

Asosi hashmatim garduncha erdi,
Manolu davlatim Qoruncha erdi.

Qo‘yub borin bugun ovora bo‘ldim,
Qaro yer ostida bechora bo‘ldim.

Qani ul sho‘xi shirini shakar lab,
Qani ul mahluqoi siym g‘abg‘ab.

Qani ul taxti zarrinu kayoni,
Qani ul shavkati sohibqironi.

Qani ayshu nashoti bazmi Jamshid,.
Qani johu jalolu izzu tamjid.

Qani ul dastgohi taxti afsar,
Qani ul xashmatu xuddomu chokar.

Nazargohimdin o‘lmish barcha g‘oyib
Anisim go‘r aro dardi masoyib.

Chekarman tiyra go‘r ichra taallum,
Rafiqim kecha-kunduz moru kajdum.

Tanim sarto qadam kirm ila mashhun,
May gulgun mangodur biym ila xun

Bo‘lub maskan manga tiyra mag‘oki,
Erur afsar manga bir to‘da xoki.

Ne qilg‘um ganji bodovardini yod,
Ki bodovarda ham bo‘lg‘usi barbod.

Gahi qabrim uza bir dam guzar qil,
Mening bu turfa holimg‘a nazar qil.

Taammul qil, ko‘rub holi nizorim,
Bo‘lur ravshan maoli koru borim

Chu mendin qoldi bu toji zarandud,
Sanga ham toji zardin bo‘lmag‘ay sud.

Dog‘i Buzurg Ummid ul holat ichra,
Til ochib asru pandu hikmat ichra,

Skandardin nihon qildi padidor,
Ki ul pand Arastug‘a qildi izhor.

Bu ham dunyo uchun bordur madumat,
Ki qilg‘um oni bu yerda hikoyat.

Hikoyat bar sabili tamsil

Eshitdim Xisravi oliy Skandar,
Arastug‘a bu so‘z qildi muqarrar.

Ki chun bu dahrdin qilg‘um azimat,
Adam dashtig‘a surgumdur janibat.

Quburiston sari boshqar yo‘limni.
Chiqorg‘il na’shdin ul dam qo‘limni.

Ki bilg‘ay zumrai mag‘rur sarmast,
Ki borg‘um dahrdin bu dam tihi dast.

Olib mag‘rib bila mashriqni yaksar,
Borurman bu nafas betoji afsar.

Eshitgach yig‘labon bu so‘zni Parvez,
Dedi, yozg‘il bu so‘zni toj uza tez.

Yana Nosirga boqib shohi Vomiq,
Dedi, qay pand eshitmaklikka loyiq.

Taammul aylakim, ahli xilofat,
Ne yanglig‘ qildilar, pandu nasihat.

Bu foniy dayrkim dunyodur oti,
Aning yo‘qdur qaror ila saboti.

Maoli koridur andishai xom,
Erur pasmoadai har xosu har om.

Emasdur davlati iqboli jovid,
Ko‘rubdur necha Bahrom ila Jamshid.

Dayotin anglag‘il, ey mardi soiy,
G‘ururi jahl naxvatning matoniy.

Barobardur o‘lum shohu gadog‘a,
Tafovut yo‘q gadou podshog‘a.

Ko‘ribmusanki, o‘lgach shohu darvesh,
Olib bormishdururlar juz kafan pesh.

Birov topmishdurur umri abadni,
Ki ul oromgoh etmay lahadni.

Borursen, qolg‘usi farzandi amloku
Maqom etgungdurur oxir tahi xok.

Ulumni yod etu fikri safar qil,
G‘ururi kibru naxvatdin hazar qil,

Qilurdin xobi g‘aflat munfarid bo‘l,
Ketar vaqtingni chog‘lab mustaid bo‘l»,

Shahi Vomiq chu pandin qildi ntmom,
Olib shahzoda Nosir panddin kom,

Ota birla o‘g‘il ul ikki mumtoz,
Bu asnoda qilib ko‘p girya og‘oz.

Dedi, key mushfiqim farzona farzand,
Sanga har neki dedim bu sifat pand,

Oni bir lahza ham qilma faromush,
Ki ersang olam ichra sohibi hush.

Bas ul pandiki, bo‘lmish erdi zohir,
Kitobat aylabon shahzoda Nosir.

Qilib jon bo‘ynig‘a ta’vid oni,
O‘qub har lahza paydou nihoni,

Amal mazmunig‘a qildi hamisha,
Ki to bo‘ldi jahonda nek pesha.

Karam qil, soqiyo, tutg‘il manga may,
Ki qilg‘umdur fano yo‘lin bu dam tay.

Fano yo‘lig‘a mastona etib azm,
Adam mayxonasida tarh etar bazm.