Safar Kokilov. Gapdan o‘t chiqdi (hajviya)

U katta xonaga kirib, ikki bukilib, qimtinibgina dedi:
–    Aytmay dedim-u, hech ichimda saqlay olmadim. Bari sizga ko‘nglim yaqinligvdan, sizga kamoli hurmatimdan. Buni qarang, Tunov kuni anovi Qobilov sizni so‘kkanday bo‘lib gapirdi-da… Yo tavba…
–    Yo‘g‘-e?!
–    Ha, ha. Besh-olti kishining o‘rtasida-ya, tag‘in. Odamning olasi ichida deb shuni aytadi-da. Shuni odam qilgan siz-ku, bo‘lmasam… ukamdek deb yurasiz. Odamzod yaxshilikni darrov unutar ekan-da. Ana endi qorni to‘yib, egasini tepayotibdi, bu eshshak. Qo‘ying, xafa bo‘lmang. Og‘zidan chiqib yoqasiga yopishsin. Sadqai sar… Aytmay dedim-u, yana chiday olmadim, desangiz. Eshitgan quyaoqqa yomon ekan-ey.„
–    He, afsus…
U kichkina xonaga qaytib kirib gerdayib, dedi:
–    Hoy, bola, sen ham yuribsan-da, akam bor deb. Sen odam tanlashni bilmas ekansan. Ko‘r ekansan. Seni ko‘rgali ko‘zi yo‘q ekan-ku, akangning. Voy-bu-u… Ishga olganiga ham afsus qilib o‘tiribdi. Ishing chatoq… Aytmay dedim-u, yana ichimga sig‘may ketyapti-da. Senga kamoli hurmatidan, bilsang agar. Tezroq oldini ol. Ustingdan ish qo‘zg‘otmasa go‘rga edi…
–    Nahotki?!
Gapdan o‘t chiqdi.