Sa’dulla Siyoyev. Ahmad Yassaviy (roman)
Asarni saqlab olish
Sa’dulla Siyoyev 1939 yil 25 martda Qozog‘istonning Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog‘ida oilasida tug‘ildi.
Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami «Qasam ichmagan yigit» 1970 yilda chop etildi. Shundan so‘ng S.Siyoyevning «Sadag‘ang ketay» (1972), «To‘ylar muborak» (1975), «Oy borib, omon keling» (1976), «Og‘ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar» kabi hikoyalar to‘plamlari bosilib chiqqan.
Keyingi yillarda uning qissa va hikoyalardan iborat «Yorug‘lik» (1986), «Beparvo bo‘lmoqchiman» (1990) kitoblari hamda «Avaz» (1987) romani o‘quvchilar hukmiga havola etildi.
1993 yilda uning «Yassaviyning so‘nggi safari» romanining birinchi kitobi, 1997 yilda esa «Haqiqat yo‘li» deb nomlangan ikkinchi kitobi chop qilindi.
S.Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirg‘iz, tojik tillariga tarjima qilingan. U M.Zoshchenko, L.Lench, A.Arkanov, G.Gorin kabi rus yozuvchilarining hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
2021 yil 20 fevralda Toshkent shahrida vafot etgan.
Asarni saqlab olish
So‘nggi qiynolg‘on yomondur,So‘nggi qiynolg‘on yomon.Erkin Vohidov. Sobiq shirkat raisi Berdiyor Keldiyorov necha kundirki, o‘lim bilan olishib yotibdi. Vujudi o‘t bo‘lib yonadi, a’zoi badani igna sanchganday achishadi. U shiftga boqib, uh tortadi, ingranadi, to‘lg‘onadi. Goho ko‘ziga yosh olib Yaratganga yolboradi:— Muncha davomi…
Kitobni saqlab oling
Bo‘zsuv desa, yunusobodliklarning chehrasiga tabassum yuguradi. Negaki, bu yashil anhor bahordan to qora kuzgacha shaharliklarga rohat-farog‘at ato etadigan go‘zal maskan. Osmon lov-lov yonib turgan yoz chillasida-ku, Bo‘zsuv bo‘ylari chinakam jannatga aylanadi. Yoshu qari birdek sersoya daraxtlar tagida cho‘zilib hordiq chiqaradi, davomi…
Shahardagi ko‘p qavatli uylardan biri. Rohatilla hafsala bilan uyni supurib-sidirdi. Keyin sochiqlarni chayib qo‘ygani vannaxonaga kirdi. Shu payt eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi.— Eshik ochiq, — dedi Rohatilla, — kiraversinlar.Rohatillaning sobiq kursdoshi Sodiqjon bilan uning xotini kirishdi. Sodiqjon dahlizdan ovoz berdi:— Qaydasiz davomi…
BIROVNING PO‘STINI Bir odam teatrga tushdi. Tomoshaning yarmiga borganda zerikdi. Bir tarafdan zal sovuq, uning ustiga sahnada o‘ynalayotgan voqea ham bachkana edi. Ketgisi keldi. Pastga tushdi. Kiyimxonaga borib, po‘stinini so‘radi. Kiyim beruvchi unga yaltoqlanib boqdi. — Ie, ketopsizmi, akamullo? Shundaychin davomi…
Qadamboy Jayronov tog‘li Chosh qishlog‘ida yashaydi. Bu yerlarda olti oy yoz bo‘lsa, olti oy qish. Quyosh tog‘ning ortiga yonboshlaganda choshliklar ham to‘shakka kiradi, ertalab tog‘ning ortidan mo‘ralaganda irg‘ib turishadi. Choshda na telefon, na xolodilnik, na televizor, na radio bor. Shuning davomi…
Bultur Charli Stefford degan chet ellik yigit bilan tanishdim. O‘zi Amerikaning Illinoys degan shtatidan ekan. O‘zbekistonning bir qishlog‘ida yashab, o‘zbeklarning urf-odati, rasm-rusumlari bilan tanishish uchun biz tomonlarga kelibdi. Bir kuni uyda o‘tirsam, tuman rahbarlaridan biri boyagi yigitni boshlab kirdi. Yonida davomi…