Nosir Fozilov. Ustozlar davrasida. Hikoyalar, esselar va qissa. — Toshkent, Yosh gvardiya, 1988.
Yozuvchi Nosir Fozilov anchadan beri ustoz adiblarimiz G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Sobit Muqonov, Mirtemir, Muxtor Avezov, Shayxzoda, To‘xtasin Jalolov va boshqa bir talay ustozlar haqida voqeiy hikoyalar, esselar yozib yuribdi. Bu asarlarda avtor ustozlarga ehtirom saqlagani holda ularning hayotida ro‘y bergan va o‘quvchilarga ibrat bo‘larli voqealarni qalamga oladi.
Ma’lumki, o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq adiblari o‘rtasida qadimdan bir ajib qadrdonlik, do‘stlik tuyg‘usi mavjud. Oqsoqollarimiz o‘rtasidagi bu shaxsiy do‘stlik xalqlarimiz o‘rtasidagi katta ma’nodagi internatsional do‘stlikka aylanib ketgan: xalqlarimiz qon-qardosh, adabiyotlarimiz qon-qardosh. Shoir aytganiday, yozuvchilarimiz bir-biriga ustozu bir-biriga shogird. Mana shunday oqibatli, samimiy adabiy do‘stligimiz fonida, ayniqsa, yozuvchilarimiz muloqotlarida g‘alati, ibratomuz voqealar bo‘lmasligi mumkin emas. Yozuvchi mazkur kitobda shunday ibratomuz bir muhabbat bilan ular haqida hikoya qilib beradi.
MUNDARIJA
Hikoyalar, esselar
To‘yona
Do‘stlar
Kenglik
Tanishuv
Xarid
Abdulla akaning aytganlari
Asfaltda o‘tov
Yaxshilarga yondashib
Og‘ajon
Shoirning baxti
«O‘zlaridan so‘rasak»
Saida opamiz
Ulkan adib — mehribon og‘a
Said Ahmad bobo
Odil og‘a
Qissa
Qush qanoti bilan
S. Ahmedov. Nurli xotiralar jilosi