Mirzakalon Ismoiliy. Qaysar bolaning hayoti (qissalar)

Mirzakalon Ismoiliy. Qaysar bolaning hayoti: Qissalar: [O‘rta yoshdagi maktab bolalari uchun]. — Toshkent, Yulduzcha, 1988.

«Qaysar bolaning hayoti» nomi bilan chop etplayotgan ushbu kitobga taniqli yozuvchi Mirzakalon Ismoiliyning «Bizning roman» va «O‘zingdan ko‘r» qissalari kiritildi. Qissalarda sho‘xlik, beboshlik tufayli yomon yo‘lga kirib ketgan va buning oqibatida jinoyatga qo‘l urib qora kursida o‘tirgan To‘la degan bolaning boshidan kechirganlari hikoya qilinadi. To‘la oxirida o‘z xatolarini tushunadi, yaxshi odamlar yordamida hayotda o‘z yo‘lini topib oladi.