Ilhom Zoyir. O‘qiladigan to‘yona (hajviya)
Ochig‘i, gap o‘g‘irlashni yoqtirmayman, bu yaxshi emas. Ammo avtobusda, qiy-chuv ichida bir davra ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan hayratangiz hangomani beixtiyor eshitib qoldim. Ko‘z — daryo ko‘radi, teshik quloq eshitadi-da. Endi bu gaplarni ichimda saqlasam, nomim o‘g‘riga chiqishi turgan gap. Qolaversa, davomi…


Ilhom Zoyir 1961 yil 2 iyulda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1987). «Tarsaki» (1995), «Elpatak» (1997), «Tabassum bekati» (2000), «Qoidasi shunaqa» (2002), «To‘g‘ri so‘zning to‘qmog‘i» (2003), «Sehrli qalam» (2005), «Sichqoncha Tabuning sarguzashtlari» (2006), «Uchovlonning sarguzashtlari», «Holva yemagan bola» (2007) kabi hikoya va qissalar to‘plamlari, «Yuz tillo mojarosi» (2008) romani nashr etilgan.Sinken Xoppning «Sehrli bo‘r» (2004), Yan Ekxolmning «Sofdil Mallavoy» (2006) ertak-qissalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.«Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan (2009).