Dadaxon Nuriy. Niqobsiz Amerika va boshqa manzilgohlar

Dadaxon Nuriy. Niqobsiz Amerika va boshqa manzilgohlar (Qiyomat qo‘ng‘iroqlari). Ma’rifiy-siyosiy roman (Qayta ishlangan oltinchi nashri). Toshkent, 2014.

Dadaxon Nuriy o‘ziga xos janrda ijod qilishni davom ettirib, navbatdagi “Niqobsiz Amerika va boshqa manzilgohlar” ma’rifiy romanini yozib tugatdi. Roman o‘z yo‘nalishiga ko‘ra zalvorli bir necha mavzularni qamrab olgan; okean orti mamlakatining uzoq o‘tmishiga oid hali o‘zbek o‘quvchilariga noma’lum bo‘lgan tarixiy malumotlar, u yerda yashovchi kurrai zaminning turli millat va elatlaridan tashkil topgan fuqarolarning hozirgi paytdagi o‘ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari, tashqi va geosiyosatga oid qarashlari, ko‘plab shtatlar jug‘rofiyasiga dahldor tahliliy chizgilar, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yangi sahifa bo‘lib ochilgan O‘zbekiston – Amerika do‘stlik aloqalari va bunga o‘sha yerdagi taqdir qismati turlicha bo‘lgan vatandoshlarimiz qo‘shgan, qo‘shayogan xayrli ishlar adib tomonidan sodda va ravon tilda, eng muhimi ishonarli tarzda bayon qilib berilgan.

MUNDARIJA

Debocha
Birinchi qism. Safar oldi o‘ylari
Ikkinchi qism. Amerika tuprog‘ida
Uchinchi qism. Amerikadan maktublar
To‘rtinchi qism. Amerikaning birinchi va qirq to‘rtinchi prezidenti
Beshinchi qism. Amerikadan maktublar
Oltinchi qism. Yo‘l adog‘i – jarlik
Tazarru (Xotima)