Ketyapman. Tepamda ko‘p-ko‘k osmon. Qarshimda kirmizi quyosh, botaymi, botmaymi deb, daraxtlarning shoxiga omonat qo‘ngan. G‘ir-g‘ir shabada. Asfalt yo‘lka top-toza, shinam. G‘ivirlab yurgak chumchuklar men yaqinlashganda dik-dik qochadi. O‘rindiqda yigit bilan qiz huzur qilib o‘pishmokda. “Eru xotin — qo‘sh ho‘kiz”, degan gapni eslab kulgim qistaydi: shu do‘mboqqina qizning, savag‘nchdek ingichka yigitchaning terlab-pishib, harsillab omoch tortayotganini ko‘z o‘ngimga keltiraman. Hazilkash odamlar ham ko‘p-da.
Ketyapman. Daraxtlarning olachalpoq soyasi boshimni silaydi, yo‘lkaga yastanib oladi va oyog‘im ostidan sassiz sirg‘anib o‘tadi. Ko‘kragim chuqurlashib-kengayib ketganu to‘yib-to‘yib yutayotganim salqin havo qaytib chiqmayotgandek… O‘tkinchilarni bir-bir to‘xtatib, quvontirgim keladi. O‘zib ketayotib bir cholga tavoze bilan salom berdim, qo‘limni ko‘ksimga bosib, bosh egdim. Cholning ko‘zoynaklari yalt etdi, bir zum menga ag‘rayib qoldi. Keyin alqadi: “Yaxshi joylardan ato qilsin!” Bo‘lmasa-chi? Sal o‘tmay yo‘limda bir qiz uchradi. “Yaxshimisiz?”, dedim. U istig‘no bilan labini burdi, terila-terila sichqonning dumidek ingichka bo‘lib ketgan qoshlarini chimirdi. Yaxshi joylarda yaxshi qizlar yetishadi-da.
Ketyapman. Gullar. Qizg‘in ochilgan, lovillab turgan gullar! Ko‘zga jazillab uradi, yig‘laging keladi — shu qadar rasida. Shundoq ro‘paramda “yo‘l topibmiz — yuribmiz, pul topibmiz — ichibmiz”, deganlardan biri yalp etib uchib tushdi. O‘tirib olib qo‘liga diqqat bilan tikilgach, rosa so‘kindi. Boshini silkib pishqirdi-da, “Eh, Saodat, Saodat, hozir boramanu…” deya g‘uldiradi. Keyin o‘mganini ko‘taraman deb, to‘rt oyoqlab qoldi, o‘rnidan turishga ko‘zi yetmadi, chog‘i, emaklab borib daraxtni quchoqladi, unga osilib kaddini tikladi. Oxiri gandiraklaygandiraklay yo‘lga tushdi. Qizig‘-a?
Ketyapman. Tepamda ko‘m-ko‘k osmon, qarshimda qirmizi quyosh. Qitig‘i kelgan tentakka o‘xshab benihoya xursandman, kulib yuboray deyman. Negaligini bilmayman, bilishni ham istamayman. O‘z-o‘zidan, hech bir sababsiz zavqim toshadi. Allaqanday kuy dimog‘imda g‘ivirlaydi, xirgoyi qilaman, Tezroq uyga yetib, o‘g‘ilchamni qiyqirtirib o‘ynatgim, varanglatib plastinka qo‘ygim, xullas, qandaydir ayyuhannos solib, olamni boshimga ko‘targim keladi. Ichimga sig‘mayapman.
Ortimdan kimdir kelyapti: “tap-tup”, “tap-tup”. Shoshilyapti. Mendan o‘tib ketmoqchi. Ko‘ramiz!
“Tap-tup” tobora tezlashadi. Qadam tashlashiga qaraganda, bo‘yi pastroqqa o‘xshaydi. Pishillashiga qaraganda, tez yurib o‘rganmagan. Ko‘z qirimni tashladim — yelkamdan quyiroqda bir yapasqi burun yuzib chiqdi, silkinib ortda qoldi, yana ko‘rindi. Yana… Qadamimni tezlataman, “tap-tup” ham kuchayadi. Eh-he, rostdan ham o‘zib o‘tmoqchi shekilli!
Burun yo‘qoldi, chiqdi, yo‘qoldi, chiqdi… Yelkamga yelimlab qo‘yilgandek, lipillab kelaverdi.
Unga sira e’tibor bermagandek, osmonga qarayman, yon-tevarakka ko‘z yugurtiraman. U tap-tuplab, tapir-tupurlab yo‘rg‘alaydi. Xuddi u emas, o‘zimning yelkam betartib pishillayotganga o‘xshaydi. Yerni gursillatib odim otishimdan, bo‘yim uzunligidan, shu odamning mendan o‘tib ketish uchun behuda chiranishidan xursand bo‘lib ketaman. Marhamat, yo‘l ochiq! Qitmirlik qilayotganim yo‘q, oyog‘idan chalayotganim yo‘q. G‘ashiga ham tegmayapman. Qoqilib yiqilishini ham tilamayapman. Qaytangga dalda beryapman. O‘tib ketsin, marhamat!
Hademay uyga yetaman. Sizga aytsam, xotinim xotin emas, butun boshli bir xazina — uyda hech vaqo yo‘q kezlarda qupquruq havodan bo‘lsa ham chuchvara tugib bera oladi. Men-ku, uyga shoshilyapman, bu qayoqqa oshiqadi? Shularni, ayni paytda uni oldinga o‘tkazib yubormaslikni o‘ylab yanada tezroq yuraman.
Xumpar, sira orqada qolay demaydi. Xdyronman, kulgim qistaydi. Muncha chiranmasa? Xdy, ana o‘tib ketdi ham deylik. Xo‘sh, shu bilan biri ikki bo‘ladi-mi? Yoki bo‘yiga bo‘y qo‘shiladimi? Lekin kim bo‘lsa ham yaxshi odamga o‘xshaydi. Tirishqoq, kurashchan ko‘rinadi. Bunaqalar quntli, zahmatkash, o‘z so‘zining ustidan chiqadigan bo‘ladi. Birovga osonlikcha haq bermaydi, o‘zini xafa qildirib qo‘ymaydi.
Og‘ayni, menga juda yoqib qolding-ku! Qani, otni qamchila. Past bo‘y, mayda qadam bo‘la turib mendan o‘zolsang, xudo haqqi, juda quvonaman. Omad tilayman. Ey sen, rostdan ham ushlagan joyingdal kesasan shekilli. Lekin men ham chakki emasman, og‘ayni. Uncha-munchaga yengilmayman. Qeyin, mundoq qaddiqomatni ham solishtir. Sendan qancha uzunman? Zo‘rg‘a yelkamdan kelasanu yana oldinga o‘tmoqchisan. Sening ikki qadamingni men bitta qilib tashlayapman. Qara, men bemalol, go‘yo seni payqamagandek, sen bilan bahslashmagandek, bamaylixotir ketyapman. Sen-chi, pitir-pitir qilasan, pishillaysan, lekin yo‘ling unmaydi. Charchading ham. Imkondan tashqari narsa yo‘qligini bilasanmi? “Laylakka yetaman deb chumchuqning buti yirilibdi”, degan gapni nahotki eshitmagan bo‘lsang?
Ko‘nglimda ana shunaqa serzavq o‘ylar. O‘zishuvdan zavqlanib ketganman. Ochig‘i, hali uning aftini ko‘rmagan bo‘lsam ham ko‘nglimga juda-juda o‘rnashdi.
Birdan qo‘l siltab, orqada qolib ketsa-ya deb, tashvishlanib ham qo‘yaman. Unga xayolan dalda beraman, g‘alabaga undayman. U ham bo‘sh kelmayapti.
Qaramasam ham payqab kelyapman: o‘zay-o‘zay deyapti-yu, chog‘i yetmayapti. Jo‘rttaga sekinlab qo‘yaman— u oldinga o‘tib oladi. Keyin uncha zo‘r bermay unga yetib olaman-da, o‘tib ketaman. Ikki-uch marta shunday qilaman.
Bu odamning tirishqoqligidan quvonaman. U pishillagani, pildirab yo‘rg‘alagani sari ko‘nglim quvonchga to‘ladi: odamlar sizning zo‘rligingizni maqtamasin, zo‘r ekanligingizni amalda tan olsin!..
To‘satdan unga minnatdorchilik bildirgim, bironta yaxshi gap aytib, yelkasiga do‘stona qoqib qo‘ygim keldi. Qolaversa, natijasi uch karra aniq bo‘lgan musobaqadan ham ko‘nglim soviyotgan edi.
Shu niyatda unga o‘girildim…
Nima ko‘rdim deng? Biqqi, pakana, qopqora, yapasqi burun yigit menga olayib qarab turibdi. Yuzida, ko‘zida yovvoyi mushukni eslatadigan yirtqich bir ifoda bor:
— Ha?—dedi u.
Seskanib tushdim. Zo‘rg‘a o‘zimni qo‘lga oldim.
— Hech narsa.
Bo‘yni qariyb bilinmaydi, boshi, yelkaning davomidek, qapishib ketgan. Bir ko‘zi qiyaroq suzilgan.
— Qaydan kelyapsan?— dedi u oshkora tahdid bilan.
— Ishdan – dedim sal cho‘chinqirab.
“Hozir janjallashamnz!” degan yoqimsiz, xavotirli fikr miyamdan sovuq g‘imirlab o‘tdi.
— Qayerda ishlaysan?— deb yana savol berdi u.
— Nima edi?—dedim, keyin ataylab — uni ham senlash uchun ko‘shib ko‘ydim.— Sening o‘zing-chi?
— Men sendan so‘rayapman,— dedi u.
Yaqin o‘rtada hech kim yo‘q edi. O‘zimni bosib oldim. Unga indamay tikilib turaverdim. Bor kuchimni to‘pladim, deb o‘yladim ichimda.
— Og‘ayni,— deb taqqa to‘xtadim, u ham to‘xtadi.— Orqamdan kim kelyapti ekan, deb senga karadim, xolos. Senga qarash taqiklangan bo‘lsa — ayt! Yo‘qsa — bor, yo‘lingdan qolma. Buncha tirg‘ilasan? Nima demoqchisan o‘zi?
U meni boshdan-oyoq kuzatib chiqdi, kutmaganimda birdan yumshadi:
— Endi, so‘rayapman-da,— dedi. Yana yo‘lga tushdik.
— O‘qituvchiman,— dedim, keyin yolg‘ondan qo‘shib qo‘ydim:— Fizkulturadan dars beraman.
U menga sinovchan qarab qo‘ydi.
— Men xolodilnik tuzataman,— dedi.— Chekishdan bormi?
— Chekmayman-da.
— Har kuni shu yerdan o‘tasanmi?— deb so‘radi u. Bu savol bermasa gapira olmaydi shekilli.
— Ha. Sen-chi?
— Men ham.
— Hech ko‘rmagan ekanman-da,— dedim shunchaki, gapni gapga ulash uchun.
— Nega?—deb xayron bo‘ldi u. — Hammavaqt budkaning oldida bolalar bilan pivo ichnb o‘tyaraman-ku. Baxti, Hakim, Hamid, Sherzod. Zo‘r bolalar! Haknmni taniysanmi?
— Yo‘q.
— Voy, nega? Upi bir ko‘rgan odam darrov taniydi. Sochi jingalak, labi do‘rdoq bola. Shuning uchun otini “Negr” qo‘yganmiz.
— Bilmadim, balki ko‘rgandirman,— dedim.
— Ko‘rgansan, ko‘rgansan, — dedi u. — Agar har kunn shu yerdan o‘tsang, ko‘rmasliging mumknn emas. Boksyor, mushti katta-katta. Mening qo‘limga bir yarimta keladi.
— Musobaqalarda qatnashadimi?
Voy, qiziqmisan! Musobaqada nima qiladi? Gaz suv sotadigan avtomatlarga qaraydi. Har kuni oltmish-etmish so‘mdan kam topmaydi. Qizlari ja ko‘p. Kelishgan bola-da! Zo‘r tashlashadi lekin. Yotib ham chikkan, — dedi, bu ham Hakim degan o‘rtog‘ining juda katta fazilatidek.
— Nega?—dednm qiziqqan bo‘lib.
— E, yigitchilik-da,— deb beparvo qo‘l siltadi u.— Avtobusda bitta olifta joy bo‘shatmabdi. O‘ziga ishongan-da. Lekin rosa urishgan. Bir hafta kasalxonada qon tuflab yotgan ekan.
— Iya, bu Hakimlaring ko‘pchilik bo‘lganmi?
— Ha-da. Uchovi zerikib yurganda shu bola to‘g‘ri kelib qolgan-da. Nima, Hakim urishsa, ular qarab tursinmi?
— Albatta,— dedim.
Nomard Hakimingni ham xudo ko‘tarsin!
— Ikkita qovurg‘asi sinib ketgan ekan. Yotqizib olib biqiniga tepgandan keyin… Jigari ezilib ketgandir.
Men indamadim.
— Endi quyon bo‘lay deb turganda xitlar kep qolgan. Nomardning yonida qizi ham bor ekan, shu dod solibdi-da. Hakim, Sherzod qo‘lga tushgan. Zokir qutulgan.
— Hakimning otasi qutqarib qololmadimi?
— E, nimasini aytasan! Rosa yugurdi, bo‘lmadi-da. Uch yil o‘tirib chiqdi. Alisher bir yil. O‘zlari ahmoq — odam ko‘p joyda urishadimi? Chetroqqa olib chiq, keyin dabdala qil-da, jo‘na — qani, kim topib olar ekan! Nima deding!
Quyosh botdi. Osmonning rangi siniqib, hammayoqni kulrang parda qoplab oldi. Yo‘ldan mashinalar shuvillab o‘tmoqda edi. Birdan ko‘nglim siqildi. Kechasi bilan daftar tekshirishim kerakligi esimga tushdi.
— Bugun pivo yo‘q ekan-da,— dedi u.— Mayli, vaqting bo‘lsa, chiqib tur. Quyib beraman. Azim deb so‘ra meni. Hammasi biladi.
U burilib ketdi. Ko‘kragini shishirib, boshini baland ko‘targancha tor ko‘chaga kirib ketdi. Biron marta ham orqasiga o‘girilib qaramadi.
Unga anqayib yo‘lka chetidagi temir beton to‘siqqa qoqildim. Chiqib qolgan qayqi simi oyog‘imga juda yomon urildi. Shimimning pochasini shimarsam, oyog‘imning bir enlik joyi qipqizil shilinibdi. Xayriyat, shim yirtilmabdi.
Uyga atigi bir bekat qolgan bo‘lsa-da, itar-itar bilan tramvayga ilinib oldim. Tramvay g‘ala-g‘ovur, dim ekan, nafasim qaytib, bir zumda terga botdim. Ter ko‘zimni achishtirdi. Qimdir oyog‘imni ezg‘ilab bosdi.
Oqsoqlana-oqsoqlana keta turib cho‘ntagimni kavlasam, ro‘molcha yo‘q. Befarosat xotin, nuqul ovqatni o‘ylaydi. Gumbaz bo‘lib semirib ketgan. Ho‘y, son tegmagan, o‘quvchilarimning ko‘z o‘ngida yuzimni qog‘ozga artamanmi! Burnim-purnim qonab ketsa nima bo‘ladi! Qachon aql bitadi senga? Doim: go‘shg, kartoshka, piyoz… Lag‘monga cho‘zilgan xamir olib kelishim kerak emish! Ana, gapni qarang: erkak boshim bilan shaharning o‘rtasida xamir ko‘tarib yuray! E, o‘rgildim sendaqa xotindan! Bitta bolani eplab boqolmaydi, doim chirqillatgani-chirqillatgan. Yana bola tarbiyasini o‘rgatadigan konsultatsiyalarga qatnaydilar!
To eshikka yetguncha xotinimga dag‘dag‘a qildim. Ichimda.
Uyga kirgach, yechina solib, to‘g‘ri vannaxonaga o‘tdim. Uzoq yuvindim. Sal yengil tortib chiqdim.
Ovqatlanib o‘tirib, yo‘ldagi voqeani xotinimga aytib bermoqchi bo‘ldim.
— Hozir kelayotib bir yigit bilan kim tez yurishdan bahslashib qolsak bo‘ladimi!
Xotinim piq etib kulib yubordi. Jahlim chiqib ketdi.
— Nega kulasan?
— Piyoda yurishdanmi?
— Samolyotdami bo‘lmasa?— dedim jahlimga hay berib.— Qarasam, mendan o‘tib ketmoqchi. Eh-he, yo‘l bo‘lsin, dedim-da… — Xotinimning hali ham iljayib turganini ko‘rib, birdan gapirgim kelmay qoldi.— Choydan quy! .
— Keyin-chi!
— Keyinmi? Keyin hech gap bo‘lgani yo‘q… Nega bu kayvoni kampirlarga o‘xshab sallai dastor qilib qolding?
Endi jahlimni bosolmay qoldim.
— Boya bosh yuvgandim. Qurimayapti,— deb ming‘irladi xotinim.
— Kir sochiqdan boshqa narsa yo‘q ekanmi?! Yana dasturxon tepasida! Tur, ko‘zimdan yo‘qot! Qachon son kiradi senga?
Xotinim yig‘lamsirab, indamay o‘rnidan qo‘zg‘aldi.
Negadir sirao‘zimni bosib ololmadim, baqiraverdim:
— Qachon tartib kiradi bu uyga! Nega supurgini tikka qilib qo‘yding? Un kun bo‘ldi polga suv tegmaganiga. Shifonerning changini qara, otingni yozsa bo‘ladi…
O‘g‘lim narigi uyda uxlab yotgan edi, chirillab yig‘lab yubordi.
Yarim soatdan keyin xotinimga hasrat qildim.
— Ke, qo‘y, hadeb tumshuq qilaverma. Kayfiyatim yomon edi. Shunaqa paytda… bilasan-ku, seni qistoqqa olaman-da. Xo‘sh, sendan boshqa kimga baqiray? “Eru xotin — qo‘sh ho‘kiz” deb qadimgilar bekorga aytishmagan. Turmushning og‘irligini nazarda tutishgan. Omochning bir tomonini sen tortmasang…
O‘z-o‘zimdan xafa bo‘lib ketdim: bolaligim qachon qoladi? Kap-katta odam, ota bo‘laturib, ko‘chada yurgan kimqayoqdagi bezori bilan o‘zishib yuribman-a. Yaxshi hamki, o‘zi pasayib qoldi. Mushtlashib, biqin-miqinimga pichoq tortib yuborsa, holim ne kechardi?
O‘zim shu haqda o‘ylayapman-u, xotinimga mening ham asabim temirdan emasligi haqida kuyinib uqtiryapman…