V.Sokolov. Vaziyatni qo‘lga olaylik (1989)

Nihoyat Farg‘ona vodiysidagi ur-yiqitlar, o‘t qo‘yish-u odamkushliklarning yuraklarni ezib yuboradigan qayg‘uli xabarlari barham topdi. Biroq qaror topa boshlagan osoyishtalikning qat’iyligiga ishonish mushkul…

Xo‘sh, shu kunlarda O‘zbekistonda nimalar bo‘layotir? Matbuot go‘yo bizni ko‘pdan-ko‘p, tezkor xat-xabarlar bilan ta’minlab turganday tuyuladi, lekin fojiali raqamlar oqimi, voqealar bayoni, suratlar o‘z-o‘zidan hali hech narsani ochiq-oydin ko‘rsatib berayotgani yo‘q.

Keling, gapni matbuot janjalni qanday sharhlayotganidan boshlaylik. Matbuot qayta-qayta, zo‘r berib, konfliktni qutquga uchgan bebosh millatchilarning ishi deb, voqeani millatlararo janjal, deb talqin etayotir. Biroq menga ko‘rgan-bilganim, shaxsiy tajribamdan ayonki, o‘zbeklar qo‘shnisining millati va hatto e’tiqodiga unchalik ahamiyat berib o‘tirishmaydi, avvalo, uning insoniy fazilatlariga qarab muomala qilishadi. Bu bir necha-yuz yillar mobaynida shakllangan an’ana. Mana shunday an’ana sharofatidan O‘zbekiston urush yillari hech bir og‘irlik chekmay ko‘plab xalqlarni bag‘riga olgan, uy-joy bergan, yedirib-ichirganki, ko‘pchiligining kimligini o‘zlari ham bilmaydilar. Xo‘sh, o‘zbek millatining tabiati qisqa muddat mobaynida shunday fojiali tomonga o‘zgarib ketishi mumkinmidi? Yo‘q, albatta. U holda o‘zbek yoshlari birikib chiqishining sababi qayerda? Nega endi aynan turklarga qarshi; axir, bu yerga ko‘chirilganlar orasida e’tiqodi va tiliga ko‘ra o‘zbeklarga eng yaqini turklar edi-ku? Bu haqda men ko‘p kishilar bilan gaplashdim. «Bilmaymiz», «O‘zimizgayam qorong‘i», — degan javoblar oldim. Ba’zan «turklar bezor qilishdi» daganlar ham bo‘ldi. Bular ham masalani aniq ochmaydi.

Nazarimda, Farg‘onadagi fojialarni millatlar o‘rtasidagi kelishmovchilik dab emas, balki jamoalar orasidagi tanglik oqibati, deb qarasak ko‘p narsa oydinlashadi. Orada judayam muhim farq bor. Masalan, bir yil muqaddam O‘zbekistonda, Samarqand oblastida bir millatga mansub ikkita dahqonlar jamoasi o‘rtasida ur-yiqit boshlanib ketishiga sal qoldi — yer uchun talashib shunday bo‘ldi. Farg‘onada ham, agar e’tibor berib kuzatilsa, janjalning ildizi dinga ham, tilga ham, ikki millatning madaniyatiga ham bog‘liq emas, sabab oxir-oqibat yerda, yer yildan-yilga yetmay qolayotir, o‘g‘illarga uy tiklash, ko‘payib borayotgan bola-chaqani boqish mushkullashayotir. Statistikadagi ko‘rsatkich qandayligini bilmadim-u, O‘zbekistonda, bu yerdagi jamoaning fikricha, mesxeti turklari mahalliy aholiga qoraganda o‘rtacha olganda jon boshiga katta hovli-joyga, yerga egalik qiladi. Mesxetilarning o‘zbek dehqonlariga qaraganda badavlatligining boisi aynan shunda. Aksincha, ulkan mehnatsevarlik qobiliyati-yu yoxud dehqonchilik madaniyati yuksakligini bu o‘rinda ro‘kach qilish noo‘rin.

Agar ko‘chirib kaltirilgan jamoalarning bolalari mahalliy aholining bolalaridan ancha kamligini, yer maydoni oiladan kolxozda ishlaydiganlar soniga qarab o‘lchab berilishini, oiladagi har bir tamoq hisobga olinmasligini nazarda tutsak, o‘z-o‘zidan «tub joyli» dehqonlarga o‘zining yerida non topib yeyish qiyinlashib ketganiga guvoh bo‘lamiz. Mana shu tabiiy, yillar mobaynida yetilib borgan norozilik balki zarur daqiqada: millatchilar qo‘li bilan boshqa millatga qarshi, bosqinchilar tufayli tartib-intizomga qarshi, g‘ayrikommunistlar ko‘magida boshqaruvdagi partiyaga qarshi, g‘ayrisovetchilar xuruji bilan davlatimizga qarshi burib yuborilgandir.

O‘zbekiston aholisining uchdan ikki qismi qishloq joylarda yashaydi, shuning uchun ham yerdan foydalanishda haqiqatga rioya qilish bu respublikada siyosiy va ijtimoiy osoyishtalikning, o‘lkaning SSSR xalqlari oilasidagi taraqqiyotining garovidir. Shundan kelib chiqib ijara, pudrat va boshqa yangiliklarni tartibga solib olishni kutib turmay, tez orada Farg‘ona vodiysida va O‘rta Osiyoning aholi zich yashaydigan vohalarida yerlarni shaxsiy yordamchi xo‘jalik hisobiga, yangi uy-joy qurishga va polizga ajratib berishni qat’iy yo‘lga qo‘yish zarur. Bu tartibot har bir bolaga, millatidan qat’i nazar, ikki-uch sotix ona yeri uning tasarrufida bo‘lishiga kafolat berishi karakki, kelajakda uning kolxozga munosabati keskinlashmasin. Bu tartibot har bir yosh oila o‘z uyini tiklash va o‘z go‘shasiga asos solishini, turmushini shaxsiy polizi ko‘magida yurgizib, qolganini ishlab chiqarishdan topib yashashini ta’min etishi kerak.

Agar tezkorlik bilan chora-tadbirlar qo‘llamasak, biror-bir kor-holning oldini ololmay qolamiz, deb qo‘rqaman, buning ustiga xaroblik keltiruvchi his-hayajonlar tobora ortib borayotir. To‘g‘ri, monokulturaga chek qo‘yish kerak, biroq mavjud ekin maydonini idora qiladigan toshkilot bu tadbirni yil sayin orqaga surib kelmoqda. Shuningdak, O‘rta Osiyo qishloqlaridagi yoshlarni ish bilan ta’minlashni kuchaytirish lozim, lekin davlat bu joylarda yirik korxonalar qurish uchun yetarli mablag‘ga ega emas. Faqat yer bilan, demakki, shaxsiy mulkchilikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bilan O‘rta Osiyo qishloqlaridagi kechiktirib bo‘lmaydigan bu ikki muammoni hal etish imkonini yaratish lozim.

Ishonchim komil, voqealarning bosh sababchisi — yer. Biroq Farg‘onadagi fojialar aniq kuchlar tomonidan uyushtirildi va amalga oshirildi; ularni topish, tekshirish voqea sabablarini aniqlashdan ko‘ra muhimroqdir. Qanday kimsaning qutqusiga uchdi ekan ur-yiqitga bosh qo‘shgan, kechagina bunday ishlar xayoliga ham kelmagan yoshlar? Bu boradagi fikrlar g‘oyatda xilma-xil. Matbuotdagi xabarlar ko‘lami baqiyos — sharpali «ekstremistlar»dan «ayrim partiya va sovet xodimlari»gacha ga «uyushgan jinoyatchilar to‘dasi»dan (buning nimaligini hech kim bilmaydi!) «diniy mutaassiblar» va «norasmiy gruppa vakillari»gacha (bu o‘rinda gap kim haqidaligi hammaga ayon) yozilayotir.

Ayni paytda bu taloto‘pda jamiyatga yetkazilgan ma’naviy zarbalarni hatto tasavvur qilish qiyin. Shunday taassurot tug‘iladiki, kimdir vaziyatii yumshatish uchun birikib ish yuritishi lozim bo‘lgan kuchlarni bir-biriga makkorlik bilan, uzluksiz ravishda to‘qnashtirayotir. Masalan, respublikada ayni paytda eng yirik va tanilgan norasmiy «Birlik» harakati nomiga ayb taqashga urinayotirlar — go‘yo uning elchilari o‘sha voqealar sodir bo‘lishidan bir necha kun avval Farg‘ona oblasti aholisini mesxeti turklaridan qasos olishga chaqirganmish. Shu «Birlik»ni yaqin-yaqinda Turkiya bilan, qayerda yashashidan qat’i nazar — barcha turklar bilan ziddiyatga olib boradigan yo‘lni bartaraf etishni ko‘zlagan panturkistik kayfiyatda ayblaganlarini unutib qo‘yishmoqda.

«Din mutaassiblari» va buzg‘unchilar ko‘targan «yashil bayroq»qa kelganda, aytish kerakki, bu norasmiylar qissasi haqidagi qo‘shib-chatishlardan ko‘ra ko‘proq xatarli yolg‘onlardir. O‘zbeklar — sunniy, mesxeti turklari — sunniy, e’tiqod va urfu odatlarda hech qanday farq yo‘q. Har ikkalasiga ham islom aroq ichishni, bangilikni birday taqiqlaydi. Islom johillikni taqiqlaydi. Islom musulmon joniga qasd qilishni butkul man etadi, shuningdek, o‘t qo‘yib toptashlarni, odamkushlikni man etadi. Xullas, o‘sha kunlardagi olomonning shafqatsizligi va adabsizliklari, bercha-barchasi boshqa dinlardagi kabi islomning ham axloqiy qonun-qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi.

Qo‘qonda imomlar Muhammad Rajab, Muxtorjon va G‘ulomjon shahar ijroqo‘mi raisini jabrdan asrab qoldilar. Pandu nasihatlarga quloq osmagan darg‘azab olomon unga yopishgan mahal imomlar «azon» aytib qichqirdilar. Bir daqiqalik sarosimada rais qutqarib qolindi. Marg‘ilonda ruhoiiylar mahallama-mahalla yurishib xalqni tinchlaitirishdi, keksalarga yoshlarni ko‘chaga chiqarmanglar, deb tayinlashdi. Farg‘onada ham, Qo‘qonda ham shunday qilishdi. Afsuslar bo‘lsimki, ularga har doim ham quloq solishgani yo‘q. Farg‘onada imomlar yoshlarga qarata: Allohdan qo‘rqingiz! — deya xitob etmshganda, ular javoban: o‘zi bo‘lmaganning nimasidan qo‘rqamiz? — deyishdi. Shunday ko‘rguliklar ham bo‘ldiki, qonu olovni ko‘rib jazaaaga tushgan yoshlarga shafqat tilab peshvoz chiqqan imomlarni yo‘ldan chetga surib chiqardilar, hattoki, o‘ldirmoqqa chog‘landilar.

Bu voqealarni to‘qilgan yolg‘on-yashiq gaplardan bilib olmadim, ular haqda «Literaturnaya gazeta» muxbiri bilan suhbatlashishga rozilik bildirgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari Diniy boshqarmasi hay’atining raisi muftiy Muhammadsodiq ibn Muhammadyusuf gapirib berdi:

— Men voqealarning avvalboshida Farg‘onada edim, ko‘p marta to‘palonchilarga murojaat qildim, afsuski, ularning aksariyati uchun ruhoniy — e’tibordagi shaxs emas. Bu hol g‘oyat qayg‘uli, lekin ahvol shunday. Siz u yerda kim boshlab berdi, deb so‘radingiz. Men, modomiki aniq ma’lumotga ega emas ekanman, qandaydir alohida guruhni qoralay olmayman. Axir, Qo‘qondagi yashml bayroq haqida eshitish ahli dinga noxushdir — bilish kerak uni kimlar ko‘targanini. Ro‘znomalardan Humayniy tilga olingan shiorlar borasida o‘qish ham ko‘ngilsiz holdir — bilish lozim, kim buni irod etdiykii, umuman, shunday bo‘lgani rostmi, o‘zi.

Men bu hodisalar boshdanoxir o‘rganilishi tarafdoriman, gunoh qilganlarning shaxsi aniqlansin, ismu shariflari birma-bir aytilsin, ana shundan so‘ng xulosa chiqarilsin. Taxminlarga yo‘l qo‘ymoq xatarlidir. Taxminu tusmollar olovga lampa moy quyish bilan barobar, boz ustiga bu ayni gunohkor bandalarning bekinib qolishlariga ko‘mak beradi. Taftishlar bir yoqli bo‘lguncha vahhobiylarni, «Birlik»ni yoki boshqa biror-bir insoniy bo‘lmasin gunohkorga chiqarib, so‘z aytishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.

— Shu kunlari ruhoniylar nima bilan mashg‘ul?

— Toshkent viloyatida, boshqa joylarda, ya’niki turklar qolib yashab turgan muzofotlarda imomlarimiz hoziru nozir. Kishilarga ko‘ngil berishib, tinchlantirishga urinishmoqda. Bu bizning ayni paytdagi asosiy xizmatimiz. Tojikiston qozisi Akbarjon mana ikkinchi haftadirki Ashtdalar, Farg‘onadan bu yerga turklar olib kelingan. Namanganda ham, Aidijonda ham ko‘p ishlar qilayapmiz, maqsad shuki, bu joylarga ham janjal to‘lqini yetib kelmasin. Oldin o‘tgan haftadan beri respublikamizning jamiki machitlarida juma namozlari Farg‘ona hodisasiga bag‘ishlandi, biz ularda asosiy diqqat-e’tiborni dindorlarning boshqa millatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarida bo‘lishlari lozimligiga jalb etayapmiz.

Muftiyning so‘ziga amal qilib, biz ham fojianing asosiy javobgarlari haqida taxmin gaplar aytishdan tiyilamiz. Biroq bir muammoni — huquq-tartibot idoralaridan, Ichki Ishlar Ministrligi vakillari xabarida qayd etilganidek, vodiyda ne miqdor qurol-yarog‘, ustiga-ustak, ora-sira qo‘shin qurollari ham yig‘ilib qolganini, yondiruachi suyuqlik to‘latilgan qanchadan-qamcha shisha idishlar tayyorlangani-yu oxir-oqibat necha bosh tajribakor, ashaddiy jmnoyatchilarning to‘planganlarini nima sababdan ko‘zdan qochirganlarini — ayni shuni bugun so‘rab-surishtirish lozimdir.

O‘zbekiston SSR Oliy Soveti raisi R. G‘. G‘ulomov ahvolni shunday sharhladi:

— Minglab odamlar o‘z-o‘zidan oyoqqa turib ketmaydi. Hammasi oldindan pishitilgan. Farg‘ona vodiysida, umuman, O‘zbekistonda rashidovchilik, usmonxo‘jayevchilikning kasrlari haliyam bor, bunday kimsalar eski tartiblar qaytib kelishi uchun har qanday qilg‘ilikdan toymaydilar. Ular uchiga chiqqan jinoyatchilar bilan bosh qo‘shishga tayyor, mag‘lub bo‘lganlari alamiga qasos olsa, qayta qurishga to‘g‘anoq solsa bas. Tergovchilar asosiy aybdorlarni topishlari va ularni xalq hukmiga olib chiqishlari, bu hodisalarni tashkil etganlarning asl maqsadlarini ochib tashlashlari shart.

— Voqealarning davomi qanday kechadi, deb o‘ylaysiz, Rasul G‘ulomovich?

— Hozir sokinlik. Magar yaqin orada vaziyat qo‘lga olinmas ekan, keng ko‘lamli iqtisodiy tadbirlar amalga oshirilmas ekan — bo‘ron boshlanadi.

«Literaturnaya gazeta», 1989 yil, 21 iyun

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, 1989 yil, 23 iyun