Norboy Xudoyberganov. Birlikka undovchi so‘z (1990)

Keyingi paytlarda birlik, hamkorlik, ittifoq bo‘lib yashash, ishlash va kurashish xakida juda ko‘p gapirilyapti. Ittifoq prezidenti, jumhuriyat rahbarlaridan tortib oddiy fuqarogacha shu masala yuzasidan qizg‘in bahs yuritishmoqda. Farg‘onalik Sh. Zuhriddinov fikri bilan tanishamiz: «Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar», deydi dono xalqimiz. Jumhuriyatimizdagi barcha kuchlar birlashib, yakdillik bilan qat’iy harakat qilingan taqdirdagina O‘zbekiston otlig‘ kemamiz do‘st xalqlar kemalari qatori olg‘a suzishi mumkin. Taraqqiyotning bundan boshka yo‘li yo‘q».

Qarang-a, tarakqiyotning bundan boshqa yo‘li yo‘q deb bong urilyaptiki, bunga umuman ko‘shilish mumkin. Shu ma’noda «Bo‘linganni…» deb atalgan B. Bobojonov, O. Rahimlarning maqolasini («Yoshlik», 8-son, 1990 yil) qiziqish bilan o‘qib chiqdim. Negaki, unda bir-biridan ajralib, bo‘linib ketgan bir qancha joylardagi, aniqrog‘i, Xorazm, Qoraqalpog‘iston xamda Toshhovuz viloyatlaridagi axoli yaratgan boyliklarning ayrim «bo‘ri»lar tomonidan talanganligi to‘g‘risida ishonarli mulohazalar aytiladi. Maqolani o‘qish barobarida bo‘linganni bo‘ri yeganiga yana bir karra ishonch hosil qilamiz. Lekin qani o‘sha bo‘rilar, ularning jazosini beraylik, deb o‘ylaganda bunga javob topa olmasdan dog‘da qolasan. Axir, har uch viloyatdagi to‘qaylar yo‘kotilgandan keyin birorta bo‘rini misol uchun ham topolmaysiz-ku! Majoziy ma’nodagi bo‘rilar-chi? Afsuski, ularni ham barmoq bilan ko‘rsatib, bo‘linganingizdan keyin mana shularga yem bo‘lgansiz deb aniq fikr aytolmaysiz. To‘g‘risi, Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Toshhovuz yeri, tabiati, umuman iqtisodiy, ijtimoiy-ma’naviy xayotini stalinchilik, brejnevchilik, kompartiya yakkahokimligi inqirozga, halokat yoqasiga olib keldiki, mana shu manfiy kuchlar o‘ziga xos «bo‘ri»lar vazifasini a’lo darajada qoyil qilib bajardi. Lekin buni xadeb gapiraverish insofdanmi? Axir, kommunistik partiya xam yakkahokimligidan voz kechib, ko‘p partiyalilikka yo‘l ochib berdi-ku?! Stalinizm bir ovozdan yakdillik bilan qoralandi, ma’muriy-buyruqbozlik singari illatlar tugatilishi uchun inqilobiy qayta qurish davom etayotir.

Ha, tilimizga erk berilib, dilimizda to‘planib yotgan dardu hasratlarni to‘kib tashlayapmiz. Axir, «Bo‘linganni…» makolasida dahshatli fojialar to‘g‘risida ochnq-oydin so‘zlanib, hozir «ommaviy qirilish xavfi tug‘ilayotir. Xorazmda…» deb dodu faryod qilinayotgani tasodifiy emas-ku?

Shunisi dahshatli ediki, dabdababozlik, ko‘zbo‘yamachilik, poraxo‘rlik illatlari avj olgan paytlarda og‘ir kasalga chalinib, o‘lim bo‘sag‘asida turganingda xam albatta benihoya baxtliman, cheksiz farovonlik gashtini suryapman, deb partiya va hukumatimizga minnatdorchilik bildirishga majbur edik. Axir, paxta yakkahokimligi butun yerimizni yemirib, Orolni halokatga olib kelayotgan bir paytda bu xaqda lom-mim deyish norasmiy suratda ta’kiklangan edi-ku! Qayta qurish jarayoni boshlanishi bilanok dardu fojialarimizni baralla e’tirof etishga imkon tug‘ildiki, buning ijobiy hodisa ekanligi shubhasizdir. Biroq kasalning nimada ekanligi oshkor etilsa-yu uni to‘la davolab olinmasa, bundan hech kanday naf unmaydi-ku! Xozir Orol halokati, paxta yakkaxoknmligining daxshatli oqibatlari, qisqasi, ommaviy qirilish havfi tug‘ilayotgaiini aytishning o‘zngina yetarli emas. Chunki bu dardu balolar, fojialardan qutulib, yangi taraqqiyot yo‘liga kirmagunimizcha ahvolimiz xech kachon ijobiy tomonga o‘zgarmaydi. Yangi taraqqiyot yo‘liga o‘tish uchun esa haqiqatan xam birlik, xamjihatlik juda-juda zarur, ammo kimlar nima uchun, kanday niyatda birlashadi? Yukorida tilga olingan farg‘onalik Sh. Zuhriddinov aytganidek, «jumhuriyatimizdagi barcha kuchlar birlashib, yakdillik bilan qat’iy xarakat qilishi» mumkinmi? Axir, kuchlar ijobiy yoki salbiy mazmun kasb etib, biri ikkinchisiga o‘t bilan suv, tun bilan kundek zid, qarama-qarshi bo‘lishi mumkin emasmi? Yoki halol,mard, iste’dodli odamlar yoki ijodkorlar, g‘oyatda bo‘sh, zaif, qo‘rqoq, qabih shaxslar yoxud iste’dodsiz qalamkashlar o‘rtasida ittifoq tuziladimi? Bordi-yu, tuzilsa, bundan kim kanday foyda undiradi?

Ko‘ryapsizmi, birlashaylik,axil yashaylik, deb bong urish bilan samarali ish qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun birinchi galda hamjihatlik bilan xamjihatlikning farqi, mohiyatini anglab olishimiz darkor. Masalaga chuqur hamda jiddiy yondoshmasangiz, yaxshi niyatingiz qora yerga ko‘milganday yo‘qolib ketadi. «Bo‘linganni…» maqolasidagi Xorazm vohasini halokatdan qutqarish uchun tavsiya etilgan chora-tadbirlarning bir qanchasini qo‘llab-quvvatlayman. Ayniqsa, «Xorazm vohasida»gi O‘zbekiston SSRning Xorazm viloyati, Qorakalpog‘iston muxtor jumhuriyati va Turkmaniston SSRning Toshhovuz viloyatini bitta ma’muriy hududga birlashtirish kerak» degan taklifda foydali ma’no va yetarli asos mavjud, biroq masalaning bir jihatini hisobga olmasak vaziyatni yanada chigallashtirib yuborish hech gap emas. Men bu yerda o‘sha tilga olingan viloyatlarda yashayotgan qoraqalpoqlar bilan turkmanlar taqdirini belgilash muammosini nazarda tutyapman. Chunki, shunday nohiyalar borki (masalan, Taxtako‘pir yoki Chimboy), ularda bir-biriga o‘ta yaqin, qon-qarindosh elat farzandlari istiqomat qilishadi, ular ham mustaqil hududga birlashishga haqlidir. Ammo og‘ir axvoldan butunlay qutulish, vaziyatni tubdan o‘zgartirish uchun bundan ham muhimrok, axamiyatliroq omil mavjudki, bu haqda ToshDU talabasi M. Yusupova juda to‘g‘ri mulohaza yuritadi: «Menimcha, mustaqillikka erishish yo‘lining ayni paytda eng afzal ko‘rinishi —O‘rta Osiyo hududida joylashgan besh egizak jumhuriyat ishtirokida Turkiston federatsiyasini tuzishdir. Ana o‘shanda hamjihatlikka tayangan jumhuriyatlarning iktisodiy va siyosiy jabhalari ma’lum ma’noda o‘z imkoniyatlarini bir ildizdan bahra topgan xalqimizning turmush tarzini yaxshilashga chog‘langan bo‘lur edi» («Yoshlik», 9-son, 1990, 3-bet).

Ana, gap qayerda! Demak, birlik, xamjihatlik jumhuriyatimizning iktisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy mustaqilligini ta’minlashga karatilgandan keyingina xalqimiznnng farovonligini tayin etish yo‘lida xaqiqiy birlik, o‘zaro ittifoqchilik mavjud bo‘lishi mumkin. Shunday birlik va ittifoqchilik negizida esa faqat sog‘lom, musaffo ijobiy kuchlar turishi darkor. Axir, salbiy kuchlar, iste’dodsiz, kabih, iflos kimsalar bir-birlari bilan birlashmaydi, deyish aslo mumkin emas-ku? Yo‘q, aslida mana shunday kuchlar juda osonlikcha va tez ittifoq tuzib, o‘zlarining qora, manfur niyatlarini amalga oshiradilar-ku!

Endi boshingizdan do‘ppini olib bir o‘ylab ko‘ring: mana, besh yildan buyon qayta qurish, oshkoralik, demokratiyalash jarayoni davom etyapti. Biroq xammaning oldida baralla shu jarayonga qarshiman, menga jamiyatimizning eski tuzilishi yoqadi, yangilashning xech qanday zarurati yo‘q, deb bor ovozi bilan hayqiradigan odam bormi?

Aslida shunday odamlargina emas, balki barcha bosqichlardagi raxbarlar xali ko‘pchilikni tashkil etadi-yu, biroq ular kalbini ochib, xaqiqiy istak, orzularini oshkor etolmaydi. Chunki jamiyatimizning barcha sohalaridagi poklanish, yangilanish jarayonini boshlab bergan M. Gorbachev hamon hokimiyat tepasida o‘sha siyosatni amalga oshirishga boshchilik qilmoqda. Shunday ekan, o‘ynashmagin arbob bilan, seni urar har bob bilan degan hikmatni esdan chiqaradigan anoyilar ko‘p emas. Ammo Butunittifoqimiz sardorini «o‘ng»dan ham, «so‘l»dan ham tanqid kilish tobora avj oldirilmokda. Agar bu ahvolga jiddiy yondoshilsa, «o‘ng» tanqidchilarning stalinchilik, partiya yakkaxokimligi tarafdori ekanligini tushunish qiyin emas. «So‘l»lar esa chinakamiga inqilobiy qayta qurishni amalga oshirib, oshkoralik, demokratiyalash g‘alabasiga erishish yo‘lida kurashayotganligini hech kim inkor etolmaydi. Aytaylik, shaxsan o‘zim ko‘proq «so‘l»larga xayrixohman, hatto tarafdorman, biroq bu — ular qanday takliflarni o‘rtaga tashlasa, bularning xammasiga qo‘shilishim shart degani emas. Negaki, «so‘llar» bilan «so‘llar»ning farqi bor. Ularning ichida o‘zligini mohirona niqoblab yurib, biror qulay sharoit bo‘lsa, darrov «o‘nglar» tomonga o‘tib ketadiganlari xam uchraydi. Shuningdek, «o‘ng»lar ichida ham biror zarurat yuzasidan yoki e’tiqodi o‘zgarishi bilan «so‘llar» tomoniga o‘tadiganlari yo‘q deb bo‘lmaydi. Afsuski, 60—70 yillarda men tugul M. Qo‘shjonov. O. Sharafiddinov hammamiz L. Qayumov xamda uning fikrdoshlari H. Abdusamatov, S. Mirvaliyevlar bilan qo‘shilib, bir qancha hollarda Hamza-yu Yashin, Uyg‘un-u Hamid Olimjon kabi o‘nlab ijodkorlarning ilohiylashtirilishida goh bevosita, goh bilvosita ozroq yoki ko‘proq ishtirok etganimiz rostki, buni hozir juda qattiq iztiroblar chekib eslaymiz.

Turg‘unlik yillarida kompartiya yakkahokimligining tazyiqi ostida yuzaga kelgan sun’iy birlik faqat inqirozga olib kelganini bugun yaxshi ko‘rib turibmiz! Yana qanday birlik deng! Bir og‘izdan yakdillik bilan tasdiqlangan birlik! Shuning uchun o‘sha birlikka ozgina e’tiroz bildirsa bas, darrov tayziqu ta’qiblarga ko‘mib tashlanardi-ku!

O‘sha «jipslik», «birlik»ning tag‘in bir jihati bor ediki, hukumat va partiyaning eng quyi jabhalaridan boshlab, to eng yuqori pog‘onalaridagi rahbarlar sha’niga birorta jiddiy tanqidiy muloxaza bildirish norasmiy tarzda hech qanday so‘zsiz bajariladigan qat’iy qonun darajasiga ko‘tarildi. Ularning safiga yozuvchilar uyushmasi, adabiy, ijtimoiy-siyosiy matbuotning mas’ul mutasaddilari xam kiritildi. Ayni choqda A. Qahhor yoki O. Yokubov, P. Qodirov yoki A.Oripov, ayniqsa, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitratlarga istagancha bemalol tosh otishga keng yo‘l ochib berilgandi. «Tobutdan tovush», «Yulduzli tunlar», «Jannatga yul», «Gaplashadigan vaqtlar», «O‘lmas qoyalar» kabi xilma-xil saviyada yozilgan, lekin hayot haqiqatining hammasini emas, balki ozroq yo ko‘prok qismini mavjud ziddiyatlari bilan namoyon qilgan asarlar g‘oyaviy jihatdan buzuq, zararli deb keskin qoralanardiki, bunda xam «yakdillik» bo‘lishi talab qilinardi. Faqat ayrim yig‘inlardagina ularni himoya qilishga intilishlar ko‘zga chalinardi-yu, ammo darrov matbuotda bunga qat’iy «zarba» berilib, o‘sha «birlik» ko‘z qorachig‘iday «saqlanardi»…

Yo‘q, fakat adabiyot, san’at, tanqidchilikdagina emas, balki moddiy, ma’naviy-madaniy boyliklarni ishlab chiqarish, yaratish jarayoniga bevosita yoki bavosita alokador barcha jabhalarda sun’iy ravishda «yuqori»dan berilgan ko‘rsatmalar, buyruqlar asosida «hamjihatlik» hosil qilinardiki, buning bugun kanchalik dahshatli «o‘pirilishlar»ga olib kelgani hammamizga ayon-ku, axir! E’tibor bering-a, marksizm‑leninizm ta’limoti haddan tashqari iloxiylashtirilib, unga taalluqli bo‘lgan birorta fikrga e’tiroz bildirish, bahslashishga aslo yo‘l qo‘yilmasdi-ku! Quloq qilish natijasida kanchadan qancha juda aqlli, iste’dodli xalq farzandlarining hech qanday asossiz turmalarga qamalib, butunlay yo‘qotib yuborilgani to‘g‘risida gapirish aslo mumkin emas edi. Lekin shu yerda bir laxza 20—30 va 40-yillarning oxiri hamda 50 yillarning boshida ro‘y bergan dahshatli jinoyatlarni bir yokka qo‘ya turaylik.

60-yillardayoq jumxuriyatimizda paxta maydonlarini keskin ko‘paytirib, Amu xamda Sirdaryo suvlari kamayib kyotib, Orolga o‘lim xavfi tug‘ilganini xech kim ko‘rmadi, bilmadi, deb aytish mumkin emas, lekin ko‘rib, bilib turganlarning og‘zi mahkam «qulflan»di, paxta yakkahokimligi, Orol fojiasi to‘g‘risida birorta achchiq gap aytishga aslo yo‘l qo‘yilmadi-ku! Ammo mamalakatimizga olti million tonna «oq oltin» berib, xammamiz «yaxshi yashaydigan» kommunistik jamiyatni quramiz, degan shioru chaqiriqlar «yakdillik» bilan ma’qullanib, matbuotda, radio, «oynai jaxon»da kecha-yu kunduz jaranglab turardi-ku!

Xullas, partiya va hukumat qanday qarorlar chiqarib, nimalarga da’vat etmasin, hammasi yagona, buzilmas «ittifoq» mevasi sifatida ko‘klarga ko‘tarilib maqtalardiki, bugun buni aslo unutmasligimiz darkor. Negaki, o‘sha qarorlar, shiorlar, chaqiriqlarda haqiqatning bir qismi ifodalanardi-yu, biroq so‘zda e’tirof etilib, amalda butunlay rad etilardi. Aniqrog‘i, so‘zlar baland pardalarda jaranglayverardi-yu, biroq ularning real ishlar bilan mustahkamlanishiga, ya’ni so‘z bilan ish birligini ta’minlashga mutlaqo e’tibor berilmasdi. Binobarin, so‘z bilan ish birligini ta’minlamasdan haqiqiy ittifoq bo‘lishi aslo mumkin emas. Axir, so‘zda mardu dono bo‘lish, adolatni ximoya qilish juda oson-ku! Chunki, bu uchun kurashish, zaxmat chekish, o‘zligingni fido qilish shart emas.

To‘xtang, to‘xtang, haqikatni aytish ham oson emas, deb qolishingiz tabiiyki, men bunga qo‘shilaman: aytaylik, jumhuriyatimizning siyosiy hamda iqtisodiy mustaqilligini yuzaga chiqaradigan deklaratsiyani qabul qilish uchun xam ozmuncha talashish-tortishish bo‘lmadi-ku! Zotan, to‘g‘ri gap tuqqaningga yokmaydi, deyishimiz bejiz emas. Biroq aytilgan to‘g‘ri gap, e’tirof etilgan adolat amalga oshirilmasa o‘z qadr-qimmatini yo‘kotadi. Shunga ko‘ra jumhuriyatimizning siyosiy hamda iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaydigan hujjatning qabul qilinishi tarixiy voqeadir, lekin bu tarixiy voqeani so‘zda e’tirof etyapmiz, xolos. Agar u amaliy ishlar, aniq rejalar, o‘tkir vositalar orkali amalga oshirilmasa, baribir hech kanday natijaga erisholmaymiz. Hozirgi kunda yaxshi niyatli ajoyib mehnatkashlar, dono ziyolilar, qahramon ijodkorlar, olimlar — barcha-barchasi mana shu mustakillikni ro‘yobga chiqarish yo‘lida birlashmoqliklari suv bilan havodek zarurdir. Lekin kim o‘zini men chinakam mehnatkashmasman, iste’dodsiz ijodkorman, qo‘rqoq ziyoliman, deb aytadi? Kim birlikka, ittifoqchilikka karshiman deb bong ura oladi?!

Gapning po‘st kallasini aytganda, bunga ko‘pchilik jur’at etolmaydi, biroq men zo‘rman, donoman, mardu matonatliman deb ko‘krakka urib gapirishga ishtiyoqmandlar ko‘plab topiladi. Shunday bo‘lsa, kimning kim ekanligini kanday bilamiz? E’tirof etish kerakki, shu qiyinchilikni bartaraf etib, murakkablikni yechmasdan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydiki, bunga jumxuriyatimiz prezidenti «oynai jaxon» orqali o‘zi olib borayotgan yig‘ini ishtirokchilariga, barcha teletomoshabinlarga qarata bir necha bor murojaat qilganida yana bir karra ishonch hosil qildim.

Xo‘sh, el-yurtimizning oliy sardori nimalarga davat etib, qanday fikrlar, takliflarni o‘rtaga tashladi? Tabiiyki, ularning barchasiga bu o‘rinda munosabat bildirib o‘tishning iloji yo‘q. Men faqat bir nuqtaga diqqatingizni tortmoqchiman: u, aziz o‘rtoqlar, qani keling, men qabul kilgan farmonlarning qaysi birida qanday xato bor, ko‘rsatinglar, maslahat beringlar, ularni xech qanday e’tirozsiz tasdiqlayversanglar, ma’qullayversanglar, ahvolni o‘zgartirib bo‘lmaydi-ku, deb bir necha bor ta’kidladi. Eng muhimi shundaki, hurmatli I. Karimov jumhuriyatimizning oliy darajadagi rahbarlari ichida birinchi bo‘lib ochiq-oydin so‘zlashmasdan, baxslashmasdan, xaqiqatni topolmaymiz, xalqimizning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligini yuzaga chikarolmaymiz, demoqda.

Qarang-a, axir, bu o‘ziga xos jasorat-ku! Ammo bu jasorat amaliy ish, aniq faoliyat bilan isbotlanmasa, tasdiqlanmasa, chinakam ijobiy o‘zgarish bo‘lmaydi.

Afsuski, muhtaram prezidentimizning murojaatiga javoban labbay, men bahslashaman, deb maydonga otilib chiqayotganlarni ko‘rmayapmiz. Nima uchun shunday bo‘lyapti? Yoki o‘sha murojaat samimiy emasmi? Samimiy bo‘lsayam unga ishonishmayaptimi?

Bunga uzil-kesil «ha» yoki «yo‘q» deb javob qaytarish qiyin, lekin shunnsini aytish mumkinki, kariyb yetmish yil mobaynida juda ko‘p rahbarlarimiz so‘zda o‘zlarining xalq manfaatlarini ko‘zlab ish qilishlari, bu yo‘lda kimki, qanday fikr aytsa, yo‘l ochiq, hech kimga tazyik o‘tkazmaymiz, bizdagi erkinlik, hurlik jahonning birorta mamlakatida yo‘q, deb bong urishdi, aslida qanday «erkinlik», kanday «hurlik» yuzaga kelganini izohlab o‘tirishga hech qanday ehtiyoj yo‘q.

Mana shunday ikki yuzlamachi siyosat qon-qonimizga singib ketib, ko‘rqish, hadiksirash tuyg‘usini hosil qilgan.

Bir yil emas, besh yil emas, yetmish yildan ortiq vaqt ichida mana shu tuyg‘u shirin jonimizni saqlaydigan zo‘r qalqonga aylandi va bu qalqondan voz kechish uchun hali ancha muddat talab kilinadi.

Tan berishim zarurki, shaxsan o‘zim hali o‘sha tuyg‘udan to‘la xalos bo‘lolmayapman, ammo muhtaram prezidentimizning murojaatini samimiy deb tushunaman va shuning uchun ayrim mulohazalarimni o‘rtaga tashlashga jur’at etaman.

Shuni alohida uqtirishni istardimki, xalqimiz farovonligini ta’minlashga karatilgan bir qancha farmonlar e’lon kilindi. Xususan qishloq aholisiga uy-joy kurish, tomorqa uchun 25 sotixgacha yer berish, ularning chorvasi uchun kolxoz-sovxozlardan yem-xashak sotishni uyushtirish masalasining ijobiy xal kilinishiga imkoniyat tug‘dirildiki, bunga so‘zsiz xayrihohmiz. Lekin farmonlarning hamma yerda to‘la bajarilmayotganiga nimalar sabab bo‘lmoqda?

Shu haqda bosh qotirganda meni quyidagi o‘ylar tashvishga solmoqda: nega endi 25 sotixgacha yer ajratilsin, deyilgan? Axir, mehnatkashga 5—6 sotixini berib ham, mana, buyruqni qoyillatib bajardik, deyish mumkin-ku? Bordi-yu, dehqonlarimizga 20—25 sotixdan yer berilsin, deb aniq ko‘rsatilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi. Ayni choqda aniq ko‘rsatmaning bajarilishini talab qilish xam to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilardi. Dehqonlar chorvasiga yem-xashak sotish haqidagi farmonning ham o‘ylab ko‘radigan joylari bor: gap shundaki kolxoz‑sovxozlarning o‘zlaridagi chorvachilik qoloqlik botqog‘iga botib qolgani haqida, buning muhim bir sababi sifatida yem-xashak yetishmasligi, yem-xashak yetishtirishga ajratilgan yerlar paxta maydonlariga qo‘shib yuborilgani xususida ko‘p vaqtdan beri dod-voy solayotganimiz xammaga ayon. Shunday ekan, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryoda bo‘lganimda bir kancha kolxoz, sovxoz rahbarlarining o‘zimizga yetmayotgan yem‑xashakning bir qismini qishloq ahliga sotyapmiz-u, biroq bundan o‘zimiz ham zarar ko‘ryapmiz, bizlar bergan ozuqalardan kolxozchilar, sovxoz ishchilarining chorvasi xam gurkirab o‘smayapti chunki, ularning ehtiyojlarini to‘la qondirolmaymiz-ku, deb nolishlari bejiz emasdir balki…

Qarang-a, gap yana paxta yakkahokimligini tugatishga kelib taqalyapti. Zotan ahvolning boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Chunki bu yakkaxokimlik dehkonchilikni rivojlantirish uchun kerakli yerlarning ko‘p qismini bedavo kasalga chalintirdi, Orolning nasibasini qirqdi. Shuning uchun endi muhtaram prezidentimiz paxta yakkahokimligini uzil-kesil tugatib, Orolni saqlash uchun yanada kulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan farmon chikarishini orzu qilmoqdaman.

Tabiiyki, farmon chiqarishning o‘zigina ahvolni tubdan o‘zgartirmaydi. Har qanday adolatli, haqqoniy qaror yoki buyruq amalga oshirilib, salmoqli natijalar keltirmasa, o‘z qadr-qimmatini yo‘qotadi. Aytaylik, jumhuriyatimizning siyosiy, iktisodiy mustaqilligini ta’minlaydigan juda yaxshi deklaratsiya qabul qilganimizga ham ancha vaqt bo‘ldi-yu, biroq uning haligacha birorta salmoqli «mevasi»ni tatib ko‘rganimiz yo‘q. Ona tilimizning davlat tili sifatida qabul qilinganiga, mana, bir yildan oshdi, ammo jumxuriyatimizning aksari joylari, tarmoqlarida, xususan aeroflot, harbiy xizmat, xuquqshunoslik idoralarida o‘zbekchani o‘rganish, milliy mutaxassislardan keng foydalanish masalalari toqat kilib bo‘lmaydigan darajada oqsab yotibdi-ku! Bordi-yu, ana shunday illatlarni tag-tomiri bilan yo‘qotib, jumhuriyatimizning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligini o‘rna tishga karatilgan kurashda birlik, ahillik yuzaga keltirilsa, ana shunday ittifoq xosil qilish niyati, tuyg‘usini xalqimizning har bir aqlli, dono farzandiga singdirib yuborib, jangovarlik, kurashchanlik ruhini hosil kilsak, ko‘zlangan yuksak cho‘qqilarni zabt etib, olamshumul g‘alabalarni qo‘lga kiritamiz.

“Yoshlik” jurnali, 1990 yil 12son