Abdug‘afur Rasulov. Kashshofa nima? Quralay-chi? (1990)

Yoshlarimiz, o‘smirlarimiz tili naqadar nochorligi xususida gapirmasa ham bo‘ladi. O‘rta maktabni tugatayotgan yigit-qiz hayvon, dovdaraxt, o‘t-o‘lan, qushlardan nari borsa 15—18 tasining nomini biladi. Vaholanki, mutaxassislar yuzlab hayvonlar nomini, daraxtlar turini, sabzalar atamasini tutilmasdan qalashtirib tashlaydilar. Bizda chorvachilik terminlari, rang atamalari davomi…

Haydarbek Bobobekov. Zinnat — Qurbonjon dodxohning taxallusi (1989)

O‘tgan asr Farg‘ona viloyatida ko‘plab olimlar, shoiru fozillar yashagani tarixdan ma’lum. Nomi bizning zamondoshlarga ma’lumu mashhur shoirlardan tashqari Boqixonto‘ra, Yoriy Ho‘qanday, Zoriy, Muhsiniy, Nasimiy, Nozil, Pisandiy, Rojiy, Sadoiy, Umidiy, Shukuriy singari yana o‘nlab nazm sohiblari bo‘lganki, ulardan qolgan badiiy merosni davomi…

Chingiz Aytmatov: “Shafqatsizlik zavq, ilhom bilan tasvirlanmasligi kerak” (1977)

— Chingiz To‘raqulovich, adabiyot olamga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Shu haqda fikringiz? — Adabiyot ish-harakatlarni yaqqol ko‘rsatib turadigan sxema emas. Adabiyot — aynan emas, bilvosita, murakkablashgan ko‘rinishda taqlid qilish, o‘xshash uchun namuna bo‘la oladi. Ba’zan, «Bu kitobdan o‘rgansa bo‘ladi, bu kitob­dan davomi…

Yoqubbek Yakvalxo‘jayev. Odamlar va yetimlar (1989)

KPSS Markaziy Komiteti o‘zining 1987 yil 9 avgustdagi yig‘ilishida yetim bolalar bilan ish olib borishdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi chora-tadbirlarni ko‘rib chiqqan edi. Jumladan ularda quyidagilar alohida ta’kidlanadi. «Tirik yetimlikka, ayniqsa toqat qilib bo‘lmaydi. Bu sotsializmning insonparvarlik printsiplariga yotdir. davomi…

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: “Iymonsizlik – jinoyat manbai” (1991)

SAVOL: Muftiy hazratlari, jinoyatchilik chidab bo‘lmas darajada avj olib ketganligidan xalqning sabr kosasi to‘ldi. Bu haqda din rahbarlarining fikri qanday? Jumhuriyatimizdagi ahvolni qanday baholaysiz? JAVOB: Bismillaxir rohmanir rohim! Fikringizga yuz foiz qo‘shilaman. Haqiqatdan ham jinoyatchilik haddan ziyod avj olib, xalqning davomi…