Hozirgi ketish bizim uchun fano holda ko‘rinur. Kelajakdagi huquqimiz, bir tarafdan, siqiqlikda, bir tarafdan, badbaxt sarmoya, bir tarafdan, esiz saylov, bir tarafdan, xalq maishatini ta’min qiluv boron bo‘lmasa, hayvonotlarni zaif holdaliklari bir faqir bechoralarni ko‘zlarini yoshini ko‘rub, yetimlari bir karvon yurushni ko‘rub insofga kelaylik, chorasiga boqaylik, sababini olimlarimizdan so‘raylik. Mundoq hollarga sabab nima? Bizlarni ahvolimiz buyla bo‘ldi. Hayvonlarni rizqlari ham, bir tarafdan, qurub turubdur. U bechoralardan bizi boylardan nima qusur sinovlar bo‘ldiki, bizlarga barobar hamroh bo‘lub turubdurlar. Ular ham bizlarga munosabatchilik qilib turubdurlar, desak to‘g‘ri kelmas. Chunki unlar bashar emas. Unlarda nima gunoh, nima yomonlik, nima noinsoflik bor qabilidadurlar. Bizlarni axir nima ishimizni unlar yengil qilur, nafi zohir bizlarga madad yetkururlar. Bas, ma’lum bo‘lurki, bizlarni fe’li badlarimizni kasofati bo‘lurmikin? Chunki unlarda manmanlik yo‘q-da. Kattasan, kichiksan, boysan, «Kimsan?» yo‘q edi. Har qayusinlari umuman ixvat yashayurlar. Bizlar amal etmagan ishlarimizni unlardan ta’lim olur eduk. Ajab ishlar qiluvga qaysi tarafga boqsak, o‘zg‘a rasm ko‘rinur. Bizlar umidimiz shul ediki, endigi yashamog‘imiz kunba-kun o‘zgarub, firib yedik, noshar’iy ishlarimiz bo‘lsa, nechukdir tayin edurmiz. Bizlarga nima… qo‘yildi. Qalbga bilimni yo‘lini ochaylik. Oyga, yerga sidqidil amal qilaylik.
Janobi haq ixlosiyasig‘a umrbod ekandur. Ruhoniylarimizdan ushbu xitobnomalar etayluk, xo‘rlikni qat’iy munglashub-da bu so‘zlarni kattalarga targ‘ib qilayluk, hamma doril yetimlar, teatrlar, doril hamshiralar tayyorlanub turubdur, xayriyalar barpo bo‘lub turubdur. Bu bechora yoshlar qo‘llaridan kelgan harakatlar-da ettiribdurlar. Qaysi ishni qilsunlar: xalqqa ozuq topsunlarmi, chalkash ish chorasiga boqsunlarmi? Biz bechoralarga xalqdan ta’na eshitsunlarmi, bir guruh insofga keldukmi? Bizdan lozim kecha-kunduz harakat bo‘lmoq, og‘iz birlan bo‘lsun, yurak quti birlan yo‘l ko‘rubmi, yuribmi, bir taraf birlan birlik harakat bo‘lsa, huquq qayda, ozuq qayda, huquqdan murod, davlat saodatdir. Albatta, davlat ittifoqdadir. Manim aqlim bor, man so‘z biladurgon deb xilvata… yo‘qdir. Ana kimni so‘zi bo‘lsa, kimni miyasi bo‘lsa, ketsun sho‘roi isloma ochuq xona turubdur. Yuzni teskari qilub har joyda noloyiq so‘zlar so‘zlaganni soya… bo‘lsa kerak…