Mansurxon Toirov. O‘zbekcha orzu (2014)

Ziyolilarimizdan birining o‘zbekcha orzu haqidagi fikrini o‘qib, qo‘limga qalam olishga majbur bo‘ldim. Muallif dalillari nochorlik qilganmi yokn boshqa sababmi, bu mavzuda biroz tor fikrlagan.
O‘zbekcha orzu shakllanganiga ko‘p vaqt bo‘ldi. Uni Abdulla Qodiriy kabi siymolar timsolida ko‘rish mumkin. Siz mendan so‘rarsiz: «Abdulla Qodiriylar qilgan orzu nima edi?» deb. Javob beraman: Mustaqillik! Yurtimiz mustaqilligi, xalqimiz mustaqilligi. Biz u orzuga erishdik. Qo‘l- oyog‘imizdan, tilimizu dilimizdan ko‘rinar va ko‘rinmas kishanlar yechildi. Ba’zi birovlar «mustaqillikka erishdik, endi bo‘ldi, orzuimizga yetishdik», der. Yo‘q! Biz mustaqilligimizni mustahkamlashimiz kerak va shu yo‘ldan borayapmiz. Mana shu bizning o‘zbekcha orzuimiz bo‘ladi. Mustaqillikni asrashimiz uchun, avvalambor, iqtisodiyotimizni yaxshilash va yurtimizni ichki va tashqi dushmanlardan qo‘riqlashning uddasidan chiqish kerak.
Har sohada olamshumul yutuqlarga erishish, olamshumul kashfiyotlar qilish, Nobel mukofoti sovrindorlarini, sportda jahon va olimpiada chempionlarini tarbiyalash, me’morchilik san’atining noyob namunalarini uyg‘unlashtirgan holda jahonni lol qoldiradigan shaharlar qurish, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos demokratik jamiyat barpo qilish – shu emasmi, o‘zbekona orzu. Shaxmat tojini o‘zbek o‘g‘loni Rustam Qosimjonov kiyganida, jahon, olimpiada chempionlari yetishib chiqqanida ko‘ramiz o‘zbekona orzu tantanasini. Yurtimizga kelayotgan mehmonlarni, sayyohlarni lol qoldirayotgan binolar, inshootlarda ko‘ramiz orzumizning ro‘yobini. Birinchi sinf o‘quvchilari ingliz, frantsuz va nemis tillarini o‘rganish uchun bel bog‘lashdi. Ularning har biri olamni lol qoldiradigan insonlar bo‘lib yetishishiga, o‘zbekcha orzuni mustahkamlashishiga, O‘zbekiston nomini dunyoga yoyishiga ishonaman.
Yaqinda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti magistri, prezident stipendianti, qator fanlar bo‘yicha olimpiadalar g‘olibi Javlonbek Ishchonovning ona Vatanga bag‘ishlab yozgan inshosiga ko‘zim tushib qoldi. Quyida undan namuna kelgirmoqchiman:
«Er yuzida bevatan odam yo‘qdir. Vatansiz bo‘lishdan o‘zi asrasin. Vatani bor bo‘la turib jahon bo‘ylab bosh ko‘tarib yura olmayotganlar ozmuichami!? Har qanday yurtning yoshlari, kelajak avlodi o‘z yurtining o‘tmishdagi va hozirgi davrdagi olib borayotgan hayot tarzi uchun u yoki bu ko‘rinishda o‘zini ma’sul sezishadi. Inson go‘zallikning farhiga borgan kunidan boshlab odamiylikka, yaxshi-yomonning farqiga borgan kunidan boshlab donolikka qadam qo‘yadi. Shu nuqtai nazardan Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat, u bilan g‘ururlanish ma’lum darajada inson qalbining eng nozik yerlarida asralgan va o‘ta kuchli va asosli e’tiqodga suyangan bo‘lishi shartdir.
Jahonning biror-bir mamlakatida millatlar bizning mamlakatdagichalik ittifoq, bir yoqadan bosh chiqarib murosa bilan yashamasa kerak, bunga ayniqsa, ko‘p millatli, kundan kunga chiroyiga chiroy qo‘shilib borayotgan poytaxtimiz – buyuk Toshkent misoldir.
Vatanga muhabbat bo‘lishi uchun, avvalambor, kishida Vatan tuyg‘usi shakllangan bo‘lishi kerak.
Biz, yoshlar uchun ayniqsa barcha yo‘llar ochiq. Bir paytlardagi olimlarimizga nisbatan imkoniyatlarimiz kattaroq, ular kashf qilolmagan kashfiyotlarni ocha olamiz. Vatan! Sen mening g‘ururimsan!».
Xo‘sh, biz farzandlarimiz qalbida Vatanga nisbatan yonib turgan muhabbatni o‘z vaqtida anglab yetayapmizmi? Ularni bu borada qo‘llab-quvvatlayapmizmi?
Oddiy bir misol: nabiralarimdan biri birinchi sinfga borganida ikki olib kela boshladi. Uydagi hamma kattalar uni urishib, tanqid qilib tarbiyalashga tusha boshlashdi. Qarasam, bolaning ko‘ngli cho‘kayapti. U hali besh bilan ikkining farqiga yetmasa, baqir-chaqirdan nima foyda? Men oraga tushdim-da: «Shu ikkilaring menga kerak, qani bugun nechta ikki olib kelding», deya hamma ikkilarini qabul qilib ola boshladim. Oradan ikki-uch oy o‘tdi, bola maktabga ko‘nikdi, o‘qish nimaligini bildi, ikki bilan a’lo bahoni farqlay oladigan bo‘ldn. Asta-sekin ikkilar yo‘q bo‘lib, a’lo baholar ko‘payib, bugun elu yurtning eng oldi farzandlari qatori Turin universitetida o‘qimoqda. Darvoqe, Turin universitetiga o‘qishga kirish imtihonini 175 o‘ringa 2000 tacha abituriyent topshirishga chog‘langan edi, ya’ni 2000 tacha ingliz tilini suv qilib ichib yuborgan yoshlarimiz bel bog‘lashgandi.
Bizlar bir narsani unutmasligimiz kerak: hozirgi yoshlarning aksariyati sovet davridagi adolatsizliklar, yo‘qchilik, ocharchilik, qahatchilik, kamsitishlar, xo‘rliklar, qatag‘onlar haqida juda kam ma’lumotga ega, Shuning uchun sho‘rolar davrida qanday yomon yashaganimizni bugungi turmushimiz bilan qiyoslab, yoshlarimizga yetkazish burchimiz. Ko‘pincha avtobusga chiqa olmay, yo‘q taksiga pul topa olmay, qishning ayozli kunlarida yuk mashinasining tepasida ketmasmidik. Ayozli kunlarda avtobus bekatlarida sarg‘ayib turmasmidik. Bu aytilayotganlarning barisi Gagarin fazoni zabt etgani haqida olamga ayyuhannos solinayotgan o‘n yilliklarda ro‘y bergandi. Mana bugun O‘zbekiston yengil mashinalar, yuk mashinalari bilan va jamoat transporti, xususan avtobuslar bilan eng yaxshi ta’minlangan davlatga aylandi. Mersedes avtobuslari sobiq Ittifoq tarkibidan ajrab chiqqan qaysi mamlakatda bor?
2013 yilning o‘zida Toshkent avtobus parkiga 100 ta yangi Mersedes-bents avtobuslari keltirildi. 2014 yili Toshkent avtoparklariga 600 ta Isuzu avtobusi keltirilishi, albatta quvonchli voqeadir.
2013 yildan Markaziy Osiyoda yangi avlod «Boeing-787 Dreamliner» samolyotlarini ta’mirlash bo‘yicha Toshkentda markaz ochildi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» hozirgi paytda 15 ta «Boeing» samolyotin sotib olgan. 2016 yilgacha ikkita yangi avlod samolyoti « Boeing 787-800 Dreamliner» ham O‘zbeKistonniki bo‘ladi. Toshkent, Buxoro, Urganch, Samarqand kabi shaharlar qatori O‘zbekistonning yana besh shahri: Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qarshi va Termiz aeroportlari ham xalqaro aeroportlar maqomini oldi.
Mustaqillik yillarida 3465 nafar o‘qituvchi yuqori unvon, orden va medallar, jumladan, O‘zbekiston qahramoni unvoni bilan taqdirlandi. O‘qituvchilarning o‘rtacha maoshi 2006 yil birinchi sentyabridan 2013 yil birinchi sentyabrigacha 9 barobar oshdi. O‘qitish 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz va turkman tillarida olib borilmoqda. 533,7 ming umumta’lim maktablarining 9-sinfini bitiruvchilar qator akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida o‘qishlarini davom ettirmoqdalar. 2013 yil mobaynida men yashaydigan uydan 200 metrcha masofada zamonaviy sport kompleksi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bunday sport komplekslaridan O‘zbekistonda 2013 yili 71 tasi ishga tushirildi.
Prezident Islom Karimovning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi yuzasidan adabiyot va san’at ahli, taniqli olimlar hamda yosh ijodkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatni qiziqish bilai o‘qib chiqdim («O‘zAS», 2012 yil, 27 yanvar, 4-son.). Unda ta’kidlanganidek, «O‘zbekiston mustaqillnkka erishish ostonasida» – tarixchilar uchun eng ishonchli manba, siyosatshunoslar uchun Vatan va xalq manfaati ustuvorligiga oid kontseptsiya, faylasuflar uchun dunyoda turli qarama-qarshiliklar kuchaygan hozirgi tahlikali vaziyatda tarixiy shaxsiing o‘rni va ahamiyatiga oid yangicha dunyoqarash nazariyasi, ijodkorlar uchun dramatik voqealar jarayonida inson shaxsi va qiyofasini badiiy idrok etishga doir hujjatlar majmuasi, har bir fuqaro, ayniqsa yoshlar uchun Vatanni sevish, himoya qilish, asrash, elu yurtga xizmat qilishning ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi».
Darhaqiqat, Yurtboshimizning mamlakatimiz mustaqilligi arafasida va mustaqillikning dastlabki davrida olib borgan jo‘shqin va serqirra faoliyatini aks ettiradigan ma’ruza va nutqlar, suhbat, maqola va intervyularni o‘qir ekanmai, bundan yigirma yil avvalgi qaltis tarixiy burilish lahzalari ko‘z o‘ngimda gavdalanadi.
O‘shanda men Sankt-Peterburgdagi Fizika-texnika instituti doktoranti edim. Matbuotda O‘zbekiston haqida biror narsa chiqibdi, deyilsa yoki kimdir diyorimiz haqida gap boshlasa, suratim xotirjam ko‘rinsa ham, siyratimda quyun ko‘tarilgandek bo‘lardi. Yurtimiz va uniig farzandlari, xalqimizni yomonotliq qilishga qaratilgai maqola va suqbatlar jonimdan o‘tib ketardi. Xayriyatki, 1988 yili «Izvestiya» gazetasining 12 fevral va «Pravda» gazetasining 13 fevral sonida mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatovning O‘zbekiston va o‘zbek xalqi sha’ni ulug‘lab yozilgan maqolasi chop etildi.
Do‘st og‘ir kunda bilinadi, deydi xalqimiz. O‘sha adolatsizlik avj olgan yillarda Chingiz Aytmatovdek adibning chiqishi toptalgan g‘ururimizni biroz. bo‘lsa-da, tikladi.
1988 yilning yozi. Bola-chaqamni ko‘rib kelay, deb Leningraddan Toshkentga kelgan kunlarim. O‘zbekiston televideniyesi birinchi dasturida Moskvadan kelgan bir muxbirning Toshkent viloyati xo‘jaliklaridan tayyorlagan lavhasini ko‘rib o‘tiribman. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu kolxoz dehqonlarining aksariyatini mesxeti turklar tashkil qilarkan. Muxbir: «Bu kolxozda mesxeti turklari ko‘pchilik, kolxoz raisi esa o‘zbeklardan ekan, bu sizlarning nafsoniyatingizga tegmaydimi? U sizlarni kamsitmaydimi? Nima o‘z millatdoshlaringdan raislikka yaroqli odam yo‘qmi?», degan savollarni qatorlashtirib tashladi. Uning bunday g‘alamislarcha bergan savollaridan yuragnm «shig‘» etib ketdi. Endi o‘ylab qarasam, o‘sha paytda sho‘ro mafkurasi nog‘orasiga o‘ynagan muxbirlar ko‘p bo‘lgan ekan.
Tarixan qisqa davrda xalqimiz o‘zligini, buyuk ajdodlarini tanidi. Muruntovda yangi-yangi oltin saralash korxonalari, Qarshi va Buxoro cho‘llarida esa yirnk neft va gaz tozalash majmualari barpo etildi. Mamlakat g‘alla va neft mustaqilligiga erishdi. Poyonsiz sahrolaru yuksak tog‘lar osha ozod mamlakat istiqboliga xizmat qnluvchi yangi temir yo‘l va avtotrassalar qurilib, ishga tushirildi. Mustaqil taraqqiyot xalqimizning qaddini ko‘tarib, jahon ko‘lamidagi obro‘-e’tiborini oshirdi. Yaqin o‘tmishimiz – O‘zbekiston xalqining hayot-mamoti hal bo‘layotgan tarixiy burilish pallasida ro‘y bergan voqealarni bilmasdan, ularning mohiyatini chuqur anglamasdan turib el-yurtning istiqlolga erishish yo‘lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi.
O‘zbekcha orzuning ro‘yobga chiqishida ichki va tashqi to‘siqlar bormi? Albatta bor. Biroq ularni yenga oladigan kuchimiz, salohiyatnmiz, yurtimiz chegaralarini har qanday dushmandan qo‘riqlay oladigan qudratli armiyamiz bor. Qolaversa, eng katta boyligimiz – mehnatkash xalqimiz, yuksak marralarni ko‘zlagan yoshlarimiz bor.

“Vatanparvar” gazetasida chop etilgan.