O‘zbekictonda falcafa fani taraqqiyotiga katta hicca qo‘shgan olimlardan biri akademik Muzaffar Xayrullayevdir. Olim akademik Ibrohim Mo‘minov rahbarligida Abu Nacr Forobiyning ulkan ilmiy merocini tahlil etib, alloma yashagan davrni Markaziy Ociyo fani tarixida o‘ziga xoc uyg‘onish davri cifatida baholaydi.
Bu davr bir tomondan Markaziy Ociyoda shakllangan iclom madaniyati ta’cirida ilm-fan taraqqiyotiga e’tiborning kuchaygan davri bo‘lsa, ikkinchidan, yurtimizda buyuk mutafakkirlar merosining qadimgi xalqlar, jumladan, yunon falsafasi an’analari bilan chatishib ketganligi hamda mazkur merosni arabchaga tarjima qila oladigan yuqori malakali olimlarning yetishib chiqqanligi bilan alohida ahamiyatga ega edi.
Abu Nasr Forobiyning o‘zi ham juda ko‘p qadimiy tillarni yaxshi egallagan, xotirasi nihoyatda kuchli shaxs bo‘lgan. M.Xayrullayevning ta’kidlashicha, “arab madaniyati, arab fani, arab falsafasi nomi ostida dunyoga tanilgan mutafakkirlarning aksariyati Markaziy Osiyodan – bizning yurtimizdan chiqqan olimlar edi. Ularning alohida bir xususiyati – xotirasining kuchliligida edi”. Bu hodisaning sababini biz Abu Rayhon Beruniyning “Osori al boqiya (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar)” asarida ham uchratamiz. Markaziy Osiyoga bostirib kelgan bosqinchilar har safar ajdodlarining bilimlarini egallagan olimlarni qilichdan o‘tkazishgan, yozma manbalarini esa gulxanga tashlashgan. Natijada qimmatli fikrlar bayon qilingan asarlar yo‘qolib ketmasligi uchun odamlar ularni xotirada saqlashga majbur bo‘lishadi. Shu tariqa Markaziy Osiyoda yod olish san’ati vujudga kelgan. Butun boshli yirik epik asarlarni yoddan aytadigan baxshilar ham paydo bo‘lgan. Qimmatli fikrlarni she’rga solib hikoya qilish rasmga aylangan. Shu sababli xotirasi kuchli kishilar paydo bo‘lgan. Kuchli xotira ko‘p tillarni oson egallashga imkon beradi. Shu bois qadimgi ajdodlarimiz kamida uch-to‘rt tilda erkin gaplasha olgan. Bu ilm-fan taraqqiyotida, ayniqsa, tarjima sohasida juda qo‘l kelgan.
Ota-bobolarimiz qadimgi suriyon, yahudiy, yunon, sanskrit va boshqa unutilib ketayotgan tillardan ham qimmatli asarlarni o‘z tillariga tarjima qilishgan. Ayniqsa, bu odat Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelib, Qur’oni karimni yod olish ehtiyoji vujudga kelgan davrlarda hamda shu din orqali ilm-ma’rifatni egallashga keng yo‘l ochilgandan so‘ng nihoyatda keng ommalashdi.
Bu davrda ko‘plab asarlar, jumladan, qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun, Arastu, Arximed, Yevklid, Gipparx, Gippokrat, Ptolomey va boshqalarning asarlari ham arab tiliga tarjima qilina boshladi. Bu bir tomondan islom diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlarda ilm-fanning rivojlanishiga, ikkinchi tomondan keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham antik davr fan va madaniyatining qayta jonlanishiga zamin bo‘ldi.
Muzaffar Xayrullayev bu davrni “Sharq uyg‘onish davri” deb atadi. Totalitar kommunistik mafkura oqni qora deb, O‘rta Osiyo xalqlarini “madaniyati past, qoloq, turmush tarzi ibtidoiy darajadagi feodal munosabatlar ta’sirida qotib qolgan” tarzidagi g‘ayri ilmiy baholashni zo‘r berib targ‘ib etayotgan bir davrda bu haqiqatdan ham ilmiy jasorat edi. M.Xayrullayevning bu jacorati o‘sha davrda keng e’tirof etilgandi. Jumladan, o‘tgan acrning yetmishinchi yillari boshida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Hozirgi zamon fanlarining falsafiy muammolari” mavzusidagi ilmiy-nazariy konferentsiyada Moskvada nashr etiladigan “Filosofskiye nauki” jurnalining bosh muharriri V.S.Gott so‘z olib, “Muzaffar Xayrullayevning falsafa tarixiga, falsafiy fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqiqatdan ham tahsinga loyiq. U falsafa tarixida forobiyshunoslik yo‘nalishini taraqqiy ettirib, fanda butun boshli ilmiy maktab yaratishga erishdi», degan edi.
M.Xayrullayev aspiranturada mantiq ilmi bo‘yicha tadqiqot olib borgan va shu fanning ravnaq topishi yo‘lida buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy katta ishlarni amalga oshirganini chuqur anglab yetgan. Dahaqiqat, Abu Nasr Forobiy Aristoteldan keyin mantiq ilmini yuqori cho‘qqiga ko‘tara olgan eng yirik mutafakkirdir. Ayniqsa, Forobiyning sillogizmlar nazariyasiga qo‘shgan hissasi mantiq fani tarixida alohida ahamiyatga ega. M.Xayrullayev Forobiyning ulkan ilmiy merosini bitta ilmiy tadqiqot instituti doirasida amalga oshirish mumkin emasligini tushunib yetib, hamkorlikka falsafa va huquq institutidan tashqari Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, moskvalik va olmaotalik olimlarni ham da’vat etadi. Forobiy asarlari qo‘lyozmalarini o‘rganish uchun butun boshli tarjimonlar guruhini shakllantiradi. Ular Forobiyning arab tilida yozilgan qo‘lyozmalarini peshma-pesh tarjima qilib, sharhlar yozishadi.
Shu tariqa Forobiy zamondoshlari va Forobiy haqida izlanishlar olib borgan keyingi davr olimlarining ham ilmiy merosi tadqiq etila boshladi. O‘zbekistonda o‘rta asrlar falsafa tarixini tadqiq etuvchi ijodiy maktab shakllandi.
Biz Muzaffar Xayrullayevni yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan jonkuyar uctoz va murabbiy, mas’uliyatli rahbar sifatida bilamiz. U 1970 yilning boshlarida Toshkent Davlat universiteti falsafa bo‘limi talabalariga “O‘rta va Yaqin sharq falsafasi tarixi” bo‘yicha maxsus kursdan saboq bergan. Kamina ham shu kursni tinglash sharafiga muyassar bo‘lganman. Ustozning jussasi kichik, ko‘zlari yonib turar, harakatlari chaqqon, gaplari vazmin va fikrlarida mantiq kuchli bo‘lardi. Murakkab masalalarni ham sodda va tushunarli qilib ifoda eta olar va ma’ruzalarini mahorat bilan o‘qirdi. Auditoriyaning holatini sinchkovlik bilan kuzatib turar, agar tinglovchilarning toliqqanini sezsa, ma’ruzani bir joyda to‘xtatib, “Endi bir rivoyat eshitinglar”, deb mavzuga aloqador biror sharqona rivoyatni hikoya qilar edi. Bu usul tinglovchilarning charchog‘ini olardi.
Ustoz ilm yo‘lida hech kimdan qimmatli maslahatini ayamasdi. Uning uchun laborant ham, kichik ilmiy xodim ham, akademik ham birday edi. Shu sababli, kattayu kichik ilm ahli hech tortinmasdan M.Xayrullayevning qabuliga kirib kelaverardi. Ustoz haqiqiy fan fidoyilarini hurmat qilar va ularga ilm bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoit yaratib berardi. Bu haqda profeccor A.Fayzullayev shunday degan edi: “Muzaffar Muhiddinovichni rahbarligida ishlash rohat. Ilmda muvaffaqiyatga erishsang maqtoviga sazovor bo‘lasan, ishlashga barcha sharoitlarni yaratib qo‘yadi, kamchilikka yo‘l qo‘ysang, seni koyish o‘rniga, kamchiliklarni o‘zi tuzatib qo‘ya qoladi. Sen esa, yo‘l qo‘ygan xatoyingga o‘zing xijolat chekib, bunday xatoga qayta yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lasan. Xayrullayev ana shunday bag‘ri keng insondir”.
M.Xayrullayev Markaziy Osiyoda yashab o‘tgan mutafakkirlarning kelib chiqishi haqida gap borganda “ular Markaziy Osiyolik sharq mutafakkirlaridir”, degan nuqtai nazarni qat’iy turib himoya qilar edi. Lekin, o‘tgan asrning 70-80 yillarida ro‘y berayotgan milliy uyg‘onish jarayoni ta’sirida har bir respublika ziyolilari “bu – bizning bobokalonimiz, bunisi esa seniki” qabilidagi ayirmachilik siyosatini avj oldirishgan, buning oqibatida hammamiz uchun birday qadrdon bobokalonlarimizni bo‘lishib olish boshlangandi. Lekin, shunga qaramasdan M.Xayrullayev: “Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarning etnik kelib chiqishi birdir. O‘tmishda o‘tgan har bir mutafakkir o‘zbekka ham, tojikka ham, qozoqqa ham, qirg‘izga ham, turkmanga ham, qoraqalpoqga ham birday aziz va ular har birimizning bobokalonimizdir. Biz “bo‘lib tashla va ularning ustidan hukmronlik qil”, degan siyosatga qarshi birlashish, hamjihatlashish yo‘lidan borishimiz kerak. Shunda bizning ustimizda hukm yuritishga jur’at qila olishmaydi”, degan qat’iy pozitsiyada turardi.
Ustozning bu fikrlari bugungi mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimiz olimlari uchun ham dolzarb ahamiyatga ega yondashuvdir. Prezidentimiz Iclom Karimov mustaqillikning ilk davrlaridanoq “Turkiston – umumiy uyimiz” shiorini ilgari surganlari bejiz emac.
M.Xayrullayev Markaziy Osiyo mutafakkirlari merosini tadqiq etish asosida, mintaqamizda bundan ming yillar ilgari ham taraqqiy etgan yaxlit, monolit madaniy qatlam bo‘lganligi va biz Markaziy Osiyo xalqlari ana shu yuksak madaniy merosning qonuniy vorislari ekanligimizni keng ilmiy jamoatchilik oldida atroflicha acoclab bergan olimlardan biri cifatida bugungi yoshlar uchun ibrat bo‘lishga munocibdir.
Uning ilmiy mehnatlari muctaqillik yillarida munocib baholanib, Beruniy nomidagi davlat mukofoti hamda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangani ham fikrimizga dalil bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Baxtiyor To‘rayev,
falsafa fanlari doktori
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2011 yil 46-sonidan olindi.