Shavkat Rahmon. Uyg‘oq tog‘lar: She’rlar. — Toshkent, Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.
Iqtidorli shoir Shavkat Rahmon «Rangin lahzalar», «Yurak qirralari», «Ochiq kunlar», «Gullayotgan tosh» she’riy kitoblari orkali she’riyat muxlislariga yaxshi tanish. U Garsia Lorkaning «Saylanma»sini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Shoirning «Uyg‘oq tog‘lar» majmuasiga Vaqt va Davr, Vatan va Ona muhabbati mavzuidagi lirik-falsafiy she’rlari o‘tgan nashrlardan saralanib olindi. Shuningdek, yangi she’rlaridan ham namunalar kiritildi.