Po‘lat Mo‘min. O‘zbek qo‘shiq she’riyati sultoni

Po‘lat Mo‘min. O‘zbek qo‘shiq she’riyati sultoni – Po‘lat Mo‘min zamondoshlari xotirasida (esdaliklar, xotiralar, voqealar) [Matn] tuzuvchilar Ozod Mo‘min Xo‘ja, Tabassum Mo‘minova. – Toshkent: Akademnashr, 2022. – 208 b.

Ushbu kitobda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Po‘lat Mo‘minning ijodi, hayot faoliyati, shaxsi va boshqa odamiylik qirralari to‘g‘risidagi esdaliklar jamlangan. To‘plam ijodkorning hayoti, ma’naviyati va jamiyatda tutgan o‘rni to‘g‘risida qiziqqan kitobxonlarga, yosh qalamkashlarga, adabiyotshunoslarga atroflicha ma’lumot beradi.

MUNDARIJA

Xudoyberdi To‘xtaboyev. O‘zbek bolalar adabiyotida o‘z maktabini yaratgan ijodkor
Haydar Muhammad. O‘zbek qo‘shiq she’riyati sultoni
Nadim Norxo‘jayev. Satrlaridan kuy chiquvchi shoir
Anvar Obidjon. Tarbiya muallimi
Xayrulla Lutfullayev. Yuksak mahoratli shoir
Temur Ubaydullo. Mo‘minu beozor inson
Nuriddin Aminjonov. Mehribonlarim
Abdulla Sher. Po‘lat Mo‘min aytgan yo‘l
Ashurali Jo‘rayev. She’riyatimizning ham Po‘lat, ham Mo‘min shoiri
Shukur Dadash. Taxallus xosiyati
Berdi Rahmat. Xalq mehri – buyuk kuch
Umida Abduazimova. Mo‘minlikka yetkazsin
Yangiboy Qo‘chqorov. Yetuk shoir o‘z xalqiga umrbod xizmat qiladi
Mamasoli Jumaboyev. Odob va oftob kuychisi
Mirvosil Odilov. El sevgan shoir
Muhabbat Hamidova. Otamizdek mehribon edi
Nabijon Soliyev. E’tiqodi mustahkam inson
Tabassum Mo‘minova. Dunyodan hech kimsa ketmasin benom
Ozod Mo‘min Xo‘ja. Chin Mo‘min edingiz
Ozod Mo‘min Xo‘ja. Po‘lat Mo‘minning ayrim mashhur qo‘shiqlari yaratilish tarixi
Indamadi
Roziman
Ey Muhabbat
Ustozlar
Shifokorlar
Ibo bilan kelibdi
O‘ylatdimmi-ey
Men sevaman, sen sevasanmu
Urmasin
Po‘lat Mo‘min: Bir vaqtlar ijodkorlik xavfli kasb edi. Atoqli shoir o‘z ustozlari haqida
Po‘lat Mo‘min esdaliklari
Asosiy qism
Bolalarga yozganim-yozgan
Mutlaqo G‘afur G‘ulom
«Soyuz»dan tashqarida urishsin
Oybegimiz, Oybegimiz
Qirs-qirs qilmoqda
Tegmagani yaxshi
Rus tilini o‘zi chiqarganday
Mehri bor, qahri bor Abdulla Qahhor
O‘rik gullaganda
Ustozning oq fotihasi
Bolalarni maqtash yaxshi
Quddus Muhammadiy
Yomonni ham yomon demas erdilar
Muloyim Mirtemir edilar
Ijod-fanda Izzat topgan Sulton
Izzat Sulton
Temirning Po‘latga po‘pisasi
Rahmat akaga «rahmat»deb yuraman
Shuhratning shuhrati
Oz va soz yozar edi u
Ota duosining mustajobi
Otangga rahmat derdilar otam
Xulosa