Mazkur monografiya shu davrgacha ilmiy iste’molga kiritilmagan keng ko‘lamli arxiv hujjatlari, vaqtli matbuot va turli adabiyotlarni o‘rganish asosida yaratilgan bo‘lib, unda chor Rossiyasi va sovet imperiyasining bir asrdan ortiq hukm surgan davrida Turkiston va O‘zbekistonning milliy boyliklarini talab ketish jarayoni tahlil qilinib, uning mohiyati ochib beriladi. Shuning bilan birga, mustamlakachilik siyosati bir bo‘lgan ikki tuzumdan o‘zbek xalqining chekkan aziyatlari, uning moddiy turmush va ma’naviyatiga yetkazilgan ulkan zarar haqida guvohlik beruvchi manbalar shohidligida bu tarixning achchiq sahifalari yoritiladi.
Ushbu asar tariximiz fanida yangi bir pog‘ona bo‘libgina qolmay, balki yaqin o‘tmish tarixi haqidagi xolis haqiqatni bilishga, milliy boyliklarimizni ko‘z qorachig‘idek avaylab saqlashga, bugungi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, chorizm davridan buyon kamsitib kelingan yurtimizning aslida naqadar boy ma’naviyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Kitob Vatanimiz tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.
MUNDARIJA
Kirish
I bob. Chorizm va sovet-totalitar tuzumlari mustabid siyosatining talovchilik tabiati
1-§. Chorizmning O‘rta Osiyo mintaqasidagi strategik rejalari va mustamlakachilik siyosati
2-§. Sovet mustabid tuzumi chorizm mustamlakachilik siyosatining vorisi va davomchisi
II bob. O‘zbekistonning tabiiy, xom ashyo va inson resurslarining ommaviy ekspluatatsiya qilinishi
1-§. Chor imperiyasining Turkiston moddiy va tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish siyosati
2-§. Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi. Foydali qazilmalar markazni boyitish xizmatida
3-§. Sovet davrida paxta yakkahokimligining qaror topishi va uning oqibatlari
III bob. O‘zbek xalqining ma’naviy kuch-qudratini zaiflashtirish siyosati. Ikki tuzum usullarining mohiyatan birligi
1-§. O‘zbek xalqi madaniyati tarixiga qisqacha sharh
2-§. Milliy-madaniy boyliklarning hududdan zo‘ravonlik bilan olib ketilishi
3-§. Mustabid tuzumning o‘zbek xalqining madaniy-ma’naviy merosiga bo‘lgan huquqini cheklash siyosati
III bobga ilovalar
Xulosa