Jumaniyoz Sharipov. Xorazm: roman — Toshkent, “Toshkent” badiiy adabiyot nashriyoti, 1965.
“Xorazm” romani o‘zining tarixiy ahamiyati bilan o‘zbek sovet adabiyoti xaritasida shu vaqtgacha davom etib kelayotgan bo‘shliqni ma’lum darajada to‘ldirishga xizmat qiladi. Zotan, sovet adabiyotining peshqadam namoyandalari — Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar», «Mehrobdan chayon» nomli tarixiy romanlarida Qo‘qon xonligi, Sadriddin Ayniy yaratgan «Qullar» romani va «Buxoro jallodlari», «Odina», «Doxunda», «Sudxo‘rning o‘limi» kabi qator povestlarda Buxoro amirligi davrida sodir bo‘lgan muhim ijtimoiy xarakterga ega voqea va hodisalar zo‘r mahorat bilan aks ettirilgan.